Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiiya so`zlarning tuzilishi va o`zgarishi, so`z turkumlarini o`rganuvchi sohadir. So`z turkumlari va ularning xususiyatlarini tekshirish morfologiyaning muhim vazifalaridandir. Ma`lumki, so`zlar turli grammatik ma`nolarni ifodaladi. Grammatik ma`no ifodalashiga ko`ra so`zlar har xil shakllarda bo`ladi. So`zlardagi bunday shakllarni ham morfologiya o`rganadi. Morfologiya atamasining morfo -shakl, logos -so`z ekanligi ham uning so`z shakllari haqidagi ta`limot ekanligini ko`rsatadi.
Til sathi sifatida morfologiya nisbatan gamrovdor bo`lib, so`z shakllari, so`zlarning tuzilishi va o`zgarishi, so`z turkumlari, ularning qonuniyatlarini o`rganuvchi ta`limotdir.
So`z shakllari. So`z shakllari hodisasi tilshunoslikdagi o`ziga xos hodisalardan biridir. Unda ma`lum so`zning o`z lug`aviy ma`nosini saqlagan holda turli shakllarda qo`llanilishi tushuniladi. Masalan, kitob, kitobi, kitobdan, kitobimiz.
So`z shakllarining o`zgarishi dastlab shu so`zning lug`aviy ma`nosiga daxldor bo`lib, uni qaysi turkumga mansubligini belgilaydi va shu turkumga xos qo`shimchalar asosida o`z shaklini o`zgarturadi.
Masalan, daraxt, odam, gul so`zlari ot turkumiga xos bo`lib o`z shaklini otga xos bo`lgan kelishik, egalik, ko`plik qo`shimchalarini olgan holda o`zgartiradi: daraxtim, daraxtlar, daraxtning. Sifat turkumida xos so`zlar esa shu turkumga xos daraja hosil qiluvchi bositalarni qabul qilgan holda o`z shaklini o`zgartiradi. Masalan, qizil, qizg`ish, qizilroq. So`z shakllarini o`zgarishidagi bu holat belgilangan, turg`un holat emas. So`z shakllarini o`zgarishi uchun asos bo`ladigan qo`shimchalar, so`zlarning muayyan turkumda taalluqli ekanligini belgilashda muhim bo`lsa -da, boshqa turkumga xos qo`shimchalarni ayniqsa, otlardagi kelishik, egalik ba`zan ko`plik qo`shimchalarini boshqa turkumdagi so`zlar olgan holda o`z shaklini o`zgartradi. Masalan, kattaning, kattalar, mening, ko`pdan va boshqalar .
So`z shakllaning o`zgarrishi ikki holatni yuzaga keltiradi. Birinchidan, so`z shakli o`zgarganda, so`zdagi asosiy ma`noga qo`shimcha ravishda grammatik ma`no ifodalanadi. Masalan, bolalar so`zidagi --lar qo`shimchasi orqali ifodalangan ma`no ko`plik ma`nosidir. Ikkinchidan, so`z shakllining o`zgarishi gapda so`zlarning o`zaro birikishini ta`minlaydi: ishdan kelmoq birikmasidagi -dan qo`shimchasi ushbu so`zlarni biriktirgan.
Ko`rinadiki, so`z shakllarini o`zgarishi natijasida morfologik shakl va sintaktik shakl vujudga keladi. Morfologik shakl yasovchi qo`shimchalar yordamida, sintaktik shakl esa so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar orqali hosil bo`ladi. Bundan tashqari tilda so`z yasalishi uchun xizmat qiladigan so`z yasovchi qo`shimchalar mavjud bo`lib, ular bir butun holda so`zning morfologik tuzilishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |