Teologik nazariya — davlatni xudo yaratgan degan gʻoyani ilgari suradi, teokratik davlat tarafdorlari fikrini aks ettiradi.
Patriarxal nazariya — davlat kattalashib ketgan oiladan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Nazariya dastlab Yunonistonda paydo boʻlgan va Aristotel asarlarida asoslab berilgan. XVII asrga kelib ingliz olimi Filmerning „Patriarx“ asarida rivojlantirilgan.
Shartnoma nazariyasi — XYII- XYIII asrlarda tarqalgan boʻlib, unga koʻra davlat-oʻzaro kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti boʻlib, ana shu shartnoma asosida ular oʻzlarining erkinliklari va hokimiyatning bir qismini davlatga beradilar. Nazariyani Grotsiy, Spinoza, Lokk, Gobbs, Russo, Radishshev rivojlantirgan.
Zoʻrlik nazariyasi— davlatning kelib chiqishi zoʻrlikka asoslanadi, bir xalqning boshqa xalqni bosib olishi bilan davlat tashkil topgan deb tushuntiriladi. Uning asoschilari — Gumplovish, Kautskiy.
Irrigatsiya nazariyasi — Qadimgi Sharqda yirik irrigatsiya inshootlari qurilishi jarayonida davlat paydo boʻlgan deb tushuntiradi. Nemis olimi Vittfogelning „Sharq istibdodi“ asarida bayon etilgan.
Sinfiylik nazariyasi — davlat jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralichi tufayli kelib chiqqan deb tushuntiradi. Asoschilari — Karl Marks, F.Engels, V.I.Lenin[2].
Tarixiy-materialistik nazariya - Ushbu ta'limotning dastlabki asoschilari L.Morgan, K.Marks, F.Engels va boshqalar. Davlat ibtidoiy jamiyatning tabiiy rivojlaninshi, evalutsiyasi oqibatida kelib chiqishini asoslashga intilish mavjud. Darhaqiqat, davlatchilikning dastlabki kurtaklari, hokimiyatning siyosatlashuvi asoslari, avvalo, ibtidoiy tuzum qa'rida, uning obyektiv rivojlanishi sharoitida paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi nafaqat davlat paydo bo‘lishining moddiy asosini, balki uning sotsial asoslarini ham ta'minlaydi
Davlat va uning belgilari, shakllari[tahrir]
Davlatning mohiyatini tushunishda uch asosiy nazariy yondashuv mavjud:
Ijtimoiy yondashuv;
Sinfiy yondashuv;
Siyosiy-huquqiy yondashuv.
Demak, davlat-umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning oʻzaro munosabatini tartibga soladi — ijtimoiy yondashuv. Davlat sinflarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli boʻlib xizmat qiladi — sinfiy yondashuv. Davlat jamiyatning va davlatning oʻzining hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir — siyosiy-huquqiy yondashuv. Davlat butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega boʻlgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega boʻlgan yagona siyosiy tashkilotdir.
Davlat-jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini va oʻzaro munosabatini tashkil etuvchi, yoʻnaltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir. Davlat-hokimiyatning bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali oʻz siyosatini amalga oshiradi[3].
Davlatning asosiy belgilari:[tahrir]
Davlat hokimiyatining, yaʼni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining mavjudligi.
Aholining hududlar boʻyicha uyushganligi. Maʼmuriy-hududiy birliklarda yashash.
Suverenitet-ichki va tashqi siyosatda toʻla mustaqil boʻlish.
Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy tuzumning mohiyatidan kelib chiqadigan va davlat tomonidan mustahkamlangan, ijro etilishi umumiy majburiy boʻlgan normalar, hulq-atvor qoidalari.
Soliqlarning mavjudligi. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam taʼminlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni toʻplash.
Umuminsoniy funksiyalarni bajarish. Hududni qoʻriqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish.
Davlatning asosiy funksiyalari:[tahrir]
Ichki funksiyalar-davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo`nalishlari:
a) regulyativ (tartibga solish, boshqarish); b) qoʻriqlash (saqlash, muhofaza qilish).
Tashqi funksiyalar — davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yoʻnalshilari;
a) Xalqaro hamkorlik-tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat; b) Mudofaa va xavfsizlik[4].
Davlatning shakllari:[tahrir]
I. Boshqaruv shakli: monarxiya va respublika. Monarxiya mutlaq va cheklangan shakllarda boʻladi (absolyut va konstitutsion).
Respublika prezidentlik va parlamentar respublika koʻrinishida boʻladi. Masalan, Saudiya Arabistoni (mutlaq monarxiya) Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya (cheklangan monarxiya, konstitutsion). AQSH, Oʻzbekiston Respublikasi (Prezidentlik) Avstriya, Italiya,Olmoniya (Parlamentar).
II. Davlat tuzumi shakli: — unitar; oddiy, yaxlit davlat. — federativ, murakkab, ittifoqdosh davlat. — konfederativ- maʼlum bir maqsad yoʻlida birlashgan davlatlar ittifoqi. Masalan, AQSH, GFR, RF, Braziliya, Hindiston davlatlari — federativdir. Shveysariya (1848-yilgacha), Evropa Ittifoqi — konfederativ. Oʻzbekiston — unitar davlat.
III. Siyosiy rejimga ko`ra davlat shakllari. — Demokratik (vakillik demokratiyasi, bevosita demokratiya). — Antidemokratik (fashistik, totalitar).
Davlat mexanizmi[tahrir]
Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat idoralari va muassasalari tizimi. Davlat idorasi (organi) — davlat mexanizmining qonunga muvofiq ravishda oʻz tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish boʻyisha aniq belgilangan vakolatiga ega boʻlgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari bilan uzviy aloqadorlikda boʻlgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |