O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

29-modda. 
Davlat tili rasmiy amal qiladigan sohalarda o‘zbek adabiy tilining mavjud ilmiy 
qonun-qoidalariga to‘la rioya etiladi. 
30-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi mazkur Qonunning 
turmushga tadbiq etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti va 
uning Doimiy til komissiyasi zimmasiga yuklanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Raisi M. IBROHIMOV 
O


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI 
TO‘G‘RISIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy 
tuzilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 
3-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
viloyat 
bo‘ysunuvidagi 
shaharlar 
(Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
bo‘ysunuvidagi shaharlar) — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida o‘ttiz ming 
kishi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyatga, rivojlangan infratuzilmaga ega, 
shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari; 
ma’muriy-hududiy tuzilish — O‘zbekiston Respublikasi hududini ma’muriy-
hududiy birliklarga bo‘lish; 
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari — ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish, 
tugatish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy-hududiy birliklarning 
ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish, ma’muriy-hududiy birliklarning 
bo‘ysunuvini o‘zgartirish; 
respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining qarorlari bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan, strategik ahamiyatga, yirik 
sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy 
va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari; 
tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 
yetti ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega 
bo‘lgan aholi punktlari; 
tumanlar — viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi, qoida 
tariqasida, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat bo‘lgan ma’muriy 
hududiy birliklar; 
chegara chizig‘ining tavsifi — chegara chizig‘ining yo‘nalishi va ma’muriy-
hududiy birlik chegaralarining kartografik chizmasida ko‘rsatilgan, chegara chizig‘ini 
burilish nuqtalarining koordinatalari, shuningdek joyning tegishli topografik 
elementlari bilan bog‘laydigan chegara nuqtalari o‘rtasidagi masofa ko‘rsatilgan holda, 
chegara chizig‘ining o‘tish tavsifini o‘z ichiga olgan asosiy hujjat; 
shaharlardagi 
tumanlar 
— shaharlarning ma’muriy-hududiy birlik 
maqomidagi, aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yigirma ming kishi bo‘lgan, 
fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan qismi; 


shaharchalar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida ikki ming kishi 
bo‘lgan, sanoat korxonalari, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar 
yaqinida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi 
punktlari; 
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari — viloyatlar, 
tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi; 
qishloqlar va ovullar — tumanlar hududida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan 
(mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi punktlari. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish