O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

Oldingi tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi raislarining; 
(5-moddaning birinchi qismi 3-bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R 
QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 


respublika davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining; 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining; 
Oldingi tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining; 
(5-modda birinchi qismi 3-bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 
47-modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining; 
(5-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-
sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining; 
(5-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 
18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan 
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-
son, 47-modda) 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining; 
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining; 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi 
raislarining; 
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining; 
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik 
muassasalari, 
shuningdek 
xalqaro 
tashkilotlar 
huzuridagi 
vakolatxonalari 
boshliqlarining xizmat xonalarida; 
Oldingi tahrirga qarang. 
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan bayram kunlarida 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va 
shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko‘chalarda, 
maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda; 
(5-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, xalq deputatlari 
Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida — ovoz berish 
o‘tkazilayotgan binolar va xonalarda
Oldingi tahrirga qarang. 
6) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik 
muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarida 
yoki hududlarida va transport vositalarida — xalqaro huquq normalariga, diplomatik 


protokol qoidalariga hamda vakolatxonalar va muassasalar joylashgan davlatning 
qonunchiligiga muvofiq; 
(5-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
7) xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy 
delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga
shuningdek O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq 
transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yo‘nalishi bo‘yicha va boshqa 
tashrif obyektlarida; 
8) rasmiy shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, 
O‘zbekiston Respublikasining boshqa rasmiy delegatsiyalari rahbarlari, O‘zbekiston 
Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek 
xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlari tushgan chet eldagi dengiz 
va daryo kemalarida, boshqa transport vositalarida; 
9) O‘zbekiston Respublikasi kemalar qatnovi inspeksiyasining kemalar 
reyestrida ro‘yxatga olingan dengiz va daryo kemalarida
10) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy birlashmalarida, 
qo‘shilmalarida va qismlarida, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarida — O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq; 
11) doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish 
punktlarida; 
12) sport maydonlarida — O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy 
terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda 
xalqaro sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi sport terma 
komandalarining vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazish 
vaqtida ko‘tariladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i unga nisbatan lozim darajadagi 
hurmat ta’minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida 
ko‘tarilishi mumkin. 
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish