O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan nizomlar



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan nizomlar, 
qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar 
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi bo‘lgan 
nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, 
doktrinalar, dasturlar (“yo‘l xaritalari”) va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin. 
Nizom davlat organlari va tashkilotlarning, ular tarkibiy bo‘linmalarining 
maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini 
tashkil etish tartibini, shuningdek u yoki bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solish tartibini belgilaydi. 
Qoidalar biror-bir faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni belgilaydi. 
Yo‘riqnoma normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashning aniqlashtiruvchi 
jihatlarini belgilaydi. 
Reglament davlat organlari va tashkilotlarning ish tartibini, shuningdek davlat 
organlari va tashkilotlar tomonidan ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish 
tartibini belgilaydi. 
Strategiya mamlakat yoki muhim tarmoqlarni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda 
rivojlantirishning eng asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. 


Konsepsiya u yoki bu sohadagi davlat siyosatining eng muhim ustuvorliklarini, 
maqsadlarini, asosiy yo‘nalishlarini, vazifalarini va amalga oshirilish mexanizmlarini 
belgilaydi. 
Doktrina O‘zbekiston Respublikasining u yoki bu sohadagi milliy 
manfaatlarini ta’minlash maqsadlari, vazifalari, prinsiplari va asosiy yo‘nalishlarini 
belgilaydi. 
Dastur (“Yo‘l xaritasi”) u yoki bu sohadagi davlat siyosatining maqsadlariga 
erishilishini ta’minlaydigan tadbirlar (vazifalar, amalga oshirish muddatlari, 
moliyalashtirish manbalari va mas’ul ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
tadbirlar) va mexanizmlar tizimini belgilaydi. 
18-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati 
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul 
qilgan organlarning vakolatlariga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, 
shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi. 
Normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan 
normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak. 
Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda yuqoriroq 
yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi. 
Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida 
tafovutlar bo‘lgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat qoidalari 
amal qiladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol 
mustasno. 
Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat 
qo‘mitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy 
jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat 
bir xil maqomdagi boshqa vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tomonidan qabul 
qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘ladi. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish