O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Shaharchalarning, qishloqlarning va ovullarning chegaralarini



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

27-modda. Shaharchalarning, qishloqlarning va ovullarning chegaralarini 
o‘zgartirish 
Shaharchalarning, qishloqlarning va ovullarning chegaralarini o‘zgartirish xalq 
deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining 
iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. 
Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni 
taqdim etadi: 
shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va 
maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; 
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharcha, qishloq yoki ovulning 
chegaralarini o‘zgartirish masalasiga doir qarori; 
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; 
shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shaharcha, qishloq yoki 
ovulning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan 


ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shaharcha, 
qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining tavsifi; 
shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq 
tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. 
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining shaharcha, 
qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma 
kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad 
etadi. 
28-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi 
shaharlar, shaharchalar, qishloqlar 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida 
tuman 
bo‘ysunuvidagi 
shaharlar, 
shaharchalar, qishloqlar va ovullarning chegaralarini o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida 
amalga oshiriladi. 
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga 
quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va 
maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; 
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shahar, shaharcha, qishloq yoki 
ovulning chegaralarini o‘zgartirish masalasiga doir qarori; 
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; 
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shahar, shaharcha, 
qishloq yoki ovulning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari 
o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi 
hamda shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining tavsifi; 
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish bilan 
bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining 
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi 
iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi 
va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. 
Tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning 
chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi shahar, shaharcha, qishloq yoki 
ovulning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va 
ushbu 
moddaning ikkinchi 
qismida nazarda 
tutilgan 
hujjatlar 
bilan 
birga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish