19-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlarni va shaharlarda tumanlarni tuzish hamda tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
bo‘ysunuvidagi shaharlarni va shaharlarda tumanlarni tuzish va tugatish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga
muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan
komissiya xulosasi;
tuman yoki shahar chegaralarining va tuman yoki shahar tarkibiga hududlari
o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi
hamda tuman yoki shahar chegaralari chizig‘ining tavsifi (tuman yoki shaharni tuzish
to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan tuman yoki shahar hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-
hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar
chegaralari chizig‘ining tavsifi (tuman yoki shaharni tugatish to‘g‘risidagi taklifga
ilova qilinadi);
tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar
va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish
to‘g‘risidagi taklifi kelib tushgandan keyin o‘n kun ichida uni Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga
rozilik berish masalasini ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari o‘ttiz kun ichida ushbu
masalani ko‘rib chiqadi va tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish
masalasi bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish
to‘g‘risidagi qarorlari kelib tushgandan keyin o‘n kun ichida tuman yoki shaharni
tuzish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.