O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

23-modda. Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi 
to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish 
Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma 
faqat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi 
guvohnomaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi ommaviy axborot 
vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish 
uchun asos bo‘ladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ommaviy axborot vositasi 
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish 
haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi shart. 
Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi 
guvohnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi ma’lumot ommaviy axborot 
vositalarida e’lon qilinishi kerak. 
24-modda. Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini to‘xtatib turish 
yoki tugatish 


Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish 
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning arizasi asosida sudning qaroriga ko‘ra amalga 
oshiriladi. 
Muassis ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tahririyat ustavida 
(nizomida) yoki muassis va tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan 
hollarda hamda tartibda to‘xtatib turish yoki tugatishga haqlidir. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Muassis ommaviy axborot vositasining chiqarilishini to‘xtatib turish yoki 
tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin o‘z qarori haqida ro‘yxatdan 
o‘tkazuvchi organni uch kun ichida yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali 
elektron shaklda xabardor etishi shart. Mazkur xabarnoma ushbu ommaviy axborot 
vositasi chiqarilishining to‘xtatib turilishi yoki tugatilishidan oldingi so‘nggi 
chiqarilishlaridan biriga joylashtirilishi kerak. 
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-
apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini sud qaroriga ko‘ra to‘xtatib turish 
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tahririyatga nisbatan chiqarilgan 
ogohlantirishga sabab bo‘lgan qonunchilik buzilishi takroriy yozma ogohlantirishdan 
keyin bir oy ichida bartaraf etilmagan taqdirda amalga oshiriladi. 
Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini qayta boshlash ro‘yxatdan 
o‘tkazuvchi organ aniqlagan qonunchilik buzilishlari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi 
ma’lumotlar muassis va (yoki) tahririyat tomonidan sudga taqdim etilganidan keyin 
sud qaroriga asosan amalga oshiriladi. 
(24-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari 
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tugatish to‘g‘risida sud 
tomonidan qaror chiqarish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin: 
Oldingi tahrirga qarang. 
ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari tahririyat 
tomonidan muntazam ravishda buzib kelinganligi, bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi 
organ tomonidan muassis va (yoki) tahririyat nomiga ilgari yozma ogohlantirishlar 
yuborilganligi; 
(24-modda 
oltinchi 
qismining 
ikkinchi 
xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
sudning ommaviy axborot vositasini chiqarishni to‘xtatib turish haqidagi qarori 
bajarilmaganligi; 
ommaviy axborot vositasining olti oydan ziyod vaqt mobaynida 
chiqarilmaganligi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
qonunchilikda belgilangan boshqa hollar. 


(24-modda 
oltinchi 
qismining 
beshinchi 
xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tugatish uning ro‘yxatdan 
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilishiga sabab bo‘ladi. 
Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tugatish to‘g‘risida muassis 
tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, tahririyat muassisning ruxsati bilan xuddi 
shunday nomdagi ommaviy axborot vositasini belgilangan tartibda ta’sis etishga 
haqlidir. Bunday holda ommaviy axborot vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab 
qilinadi. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish