O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i



Download 0,77 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#330708
Bog'liq
bayroq (2)

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i

O‘zbekiston bayrog‘i (rasmiy atalishi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi O‘zbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini e'lon qilganidan so‘ng 1991-yilning 18-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.

TA’SIS QILINGAN : 1990-YIL 20-AVGUST

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi matoda aks etgan bo‘lib, uchta asosiy gorizontal rangdor bo‘laklarga bo‘lingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu bo‘laklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — lojuvard — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.

Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland dovonlardan oshib oʻtishi kerak. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.

Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.

Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.

Har bir marosim va bayramlarda bayroqning o’rni yetakchi.

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi. Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang — poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli. Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi.

U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar — vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

O’ZBEKISTON BAYROG’I HAQIDA SHE’RLAR

O'zbekiston bayrog'i

  • Qalbimiz to‘la surur, To‘tiyo yurt tuprog‘i, Hilpirab turar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i. Rangi hayot misoli, Yulduzlari hiloli, Mustaqillik timsoli, O‘zbekiston bayrog‘i. Naqorat: Iftixor dilimizda, U yo‘ldosh yo‘limizda, Yuksalar qo‘limizda, O‘zbekiston bayrog‘i.
  • Gumbazlarda, yuksakda, Peshtoqlarda, falakda, Ko‘ngillarda, yurakda, O‘zbekiston bayrog‘i.
  • Rangi hayot misoli, Yulduzlari hiloli, Mustaqillik timsoli, O‘zbekiston bayrog‘i. Naqorat.
  • Iftixor dilimizda, U yo‘ldosh yo‘limizda, Yuksalar qo‘limizda, O‘zbekiston bayrog‘i.

O’ZBEKISTON BAYROG‘I Har qanday lashkarning ham O’z tug‘i, yalovi bor, Sen qaysi saltanatdan, Sen qaysi davlatdan kam. Qo‘rg‘onlar qatorida Bir qo‘rg‘onsan ustuvor, Vallamat, tug‘dor yurtim, Muhtasham Respublikam. O’ylayman, ha, olamda Nisbiy erur ko‘p holat, Zamona g‘alviridan Har narsa o‘taverar.

  • O’ZBEKISTON BAYROG‘I Har qanday lashkarning ham O’z tug‘i, yalovi bor, Sen qaysi saltanatdan, Sen qaysi davlatdan kam. Qo‘rg‘onlar qatorida Bir qo‘rg‘onsan ustuvor, Vallamat, tug‘dor yurtim, Muhtasham Respublikam. O’ylayman, ha, olamda Nisbiy erur ko‘p holat, Zamona g‘alviridan Har narsa o‘taverar.
  • Tarix uchun va lekin Kim ham bergay kafolat, Yakka inson bir yo‘lchi: Kelaru ketaberar. Qadim-qadim zamonda Yunonlik haykaltarosh, Bir san’at yaratibdi, Maqsadi - bir burda non. Haykal esa asrlar Sinoviga bermish dosh, Bugun uni ko‘klarga Ko‘tarar butkul jahon

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish