II bo‘lim.
Budjet tizimi budjetlari
5-bob. Davlat budjeti
34-modda. Davlat budjeti tuzilmasi
Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 35, 51, 70 va 71-moddalari.
35-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tuzilmasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi.
Viloyatlar mahalliy budjetlari tuzilmasiga viloyat budjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi.
Toshkent shahar mahalliy budjeti tuzilmasiga shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning budjetlari kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 34, 52, 93, 94, 99, 142 va 168-moddalari.
6-bob. Davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari
Do'stlaringiz bilan baham: |