O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlari



Download 270,63 Kb.
bet78/161
Sana31.12.2021
Hajmi270,63 Kb.
#215670
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   161
Bog'liq
BUDJET KODEKSI

92-modda. Budjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlari

Kelgusi davr uchun budjet so‘rovlari:



Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga — joriy yilning 1-iyunigacha;



(92-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)

budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1-iyuligacha;

davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1-iyuligacha taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining prognozi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 15-iyunigacha taqdim etadi.



93-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini tayyorlash muddatlari

Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari:

tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25-iyunidan kechiktirmay;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joriy yilning 1-iyulidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini tayyorlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: Mazkur kodeksning 35, 52, 94, 95, 99, 142-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” gi PQ-3042-sonli qarori.


Download 270,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish