8-modda. Budjet tizimining yagonaligi prinsipi
Budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona bo‘lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
9-modda. Budjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi
Budjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‘lishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68 — 75-moddalari, mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |