O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi



Download 198,62 Kb.
bet68/111
Sana11.06.2022
Hajmi198,62 Kb.
#654989
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111
Bog'liq
New Microsoft Word Document

120-modda. Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi
Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi:
yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishni;
kassa xarajatlarini amalga oshirishni, shu jumladan budjetlararo transfertlarni o‘tkazishni;
Oldingi tahrirga qarang.
hisob va hisobotni;
ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi.
(120-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida hamda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘lari oluvchilarga turli darajadagi budjetlardan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar:
1) quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning:
budjet tashkilotlarining tarmog‘i, shtatlari va kontingentlari bo‘yicha reja bajarilmaganligi;
budjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to‘ldirilmaganligi;
kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar moliya yili yakuni bo‘yicha to‘liq o‘zlashtirilmaganligi;
budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilar faoliyati to‘xtatib turilganligi — to‘xtatib turilgan davr uchun;
2) budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, davlat moliyaviy nazorati bo‘yicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga xilof ravishda budjetdan ajratilgan mablag‘larning summalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
3) qonunchilik hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdorlarining qisqartirilishi summalariga;
(120-modda to‘rtinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining summalariga;
5) dotatsiyalar va subsidiyalarni to‘lash uchun mo‘ljallanib, ammo zarurati qolmagan summalariga kamaytiriladi.
Budjetdan ajratiladigan mablag‘larni ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq kamaytirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 109 va 112-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 22.11.2016-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i.

Download 198,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish