Maxsus qism VI bo‘lim.
Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda tasdiqlash 16-bob. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini tuzish tartibi Oldingi tahrirga qarang. 83-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish Navbatdagi yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga budjet mo‘ljallari o‘rta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish:
budjet so‘rovini tuzish tartibini yuborishni;
budjet so‘rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni;
budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son) 84-modda. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlar Davlat budjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, budjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so‘ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 25 — 29-moddalari. 85-modda. Budjet so‘rovi Budjet so‘rovi:
budjet tashkilotining, budjet mablag‘lari oluvchining va budjet mablag‘larini taqsimlovchining budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi, o‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobotni;
xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo‘ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko‘rsatilgan reyestrini;
budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;
budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun budjet buyurtmasini o‘z ichiga oladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar budjet so‘rovi bilan bir vaqtda tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining kelgusi davr uchun prognozlarini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang. Budjet so‘rovini tuzish tartibi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(85-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)