153-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining
uskunalarini va ehtiyot qismlarini vaqtincha olib chiqish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib chiqiladigan
va ular bilan qaytarib olib kirish uchun mo‘ljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov
berish va ularni himoyalash uskunalari, transport vositalaridan alohida foydalanish
mumkinligi yoki mumkin emasligidan qat’i nazar, vaqtincha olib chiqilgan taqdirda ular
bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilishi lozim.
Tijorat maqsadlarida foydalanishga vaqtincha olib chiqilgan transport vositasiga
o‘rnatilgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida ta’mirlash yoki texnik xizmat
ko‘rsatilayotganda foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar vaqtincha
olib chiqilgan taqdirda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilishi lozim.
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining almashtirilgan
uskunalari va ehtiyot qismlari bojxona to‘lovlari to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari
qo‘llanilmagan holda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |