Jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash maqsadida
bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yo‘lakli tizim
qo‘llanilishi mumkin.
Ikki yo‘lakli tizimning qo‘llanilishi bojxona operatsiyalarini
bajarish uchun notijorat
maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yo‘lakning
bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini
nazarda tutadi.
“Yashil” yo‘lak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan,
jismoniy
shaxslarning notijorat maqsadlardagi qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini
bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy hisoblanadi. Mazkur tovarlar og‘zaki
tarzda deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonun hujjatlariga muvofiq
taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonun
hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig‘i
solinmaydigan olib kirish
normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno.
Jismoniy shaxsning “yashil” yo‘lak orqali o‘tishi bojxona maqsadlari uchun ushbu
shaxsda yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar yo‘qligini bojxona organiga
ma’lum qilish deb qaraladi.
“Qizil” yo‘lak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy
shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan
bagajidagi
tovarlarini, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra
amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy
hisoblanadi.
“Yashil” yo‘lakda bojxona nazorati ayrim shakllarining qo‘llanilmasligi jismoniy shaxslar
bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilganligini
anglatmaydi.
Bojxona chegarasidan o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizim qo‘llanilishining talablari
va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Jismoniy shaxsning alohida bagajda notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlari
ularni olib o‘tayotgan shaxs yoki ishonchnoma asosida ish olib boruvchi boshqa shaxs
tomonidan deklaratsiyalanishi mumkin. Bojxona organiga ma’lum qilinadigan ma’lumotlarning
to‘g‘riligi uchun javobgarlik tovarlarni deklaratsiyalayotgan shaxsning zimmasida bo‘ladi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning alohida ketayotgan bagajidagi tovarlar uning ota-
onasi, vasiylari yoki homiylari
tomonidan yoxud ota-onasi, vasiylari yoki homiylarining
ishonchnomasiga binoan ish olib boruvchi shaxslar tomonidan deklaratsiyalanishi kerak.
Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun
mo‘ljallangan
tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi
tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda (bundan pochta va kuryerlik jo‘natmalari
mustasno) ushbu Kodeksda belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: