O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona organining ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risidagi qarori



Download 265,06 Kb.
bet169/189
Sana31.03.2022
Hajmi265,06 Kb.
#520854
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   189
Bog'liq
Bojxona kodeksi

356-modda. Bojxona organining ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risidagi qarori
Bojxona organi ariza kelib tushgan va zarur hujjatlar taqdim etilgan kunning ertasidan e’tiboran o‘n ish kuni ichida to‘lovchining ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra qaror qabul qiladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risidagi arizada va taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning bojxona organi tomonidan qo‘shimcha tekshiruvini amalga oshirish zarurati tug‘ilganda, arizani ko‘rib chiqish o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bojxona organi arizachini yozma shaklda xabardor qiladi. Yozma xabardan keyin arizachi bojxona organi bilan birga o‘zaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.
Bojxona organi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda arizachini qabul qilingan qaror haqida rad etishning asoslantirilgan sabablarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
357-modda. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish tartib-taomili
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvida avval hisoblangan bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish mazkur summalarni quyidagi tartibda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
to‘lovchining arizada ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga;
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
to‘lov amalga oshirilgan valyutada;
dastlabki pul mablag‘lari hisobiga;
bojxona organlari oldidagi boshqa majburiyat bo‘yicha bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash uchun.
To‘lovchida bojxona to‘lovlarini, shuningdek penyani yoki foizlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik bo‘lgan taqdirda, bojxona organi qarzdorlikni to‘lovchining roziligi bilan ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summasi hisobidan to‘lanishini amalga oshiradi. Bunda ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summasi to‘lovchiga ushbu qarzdorlik miqdoridagi bojxona to‘lovlarini, penyani yoki foizlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik chegirib tashlangan holda qaytariladi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalari qaytarilayotganda ular uchun foizlar to‘lanmaydi va qaytarilayotgan to‘lov summasi indeksatsiyalanmaydi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish bojxona to‘lovlari turi bo‘yicha bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan, tovarlari bojxona jihatidan rasmiylashtirilgan boshqa to‘lovchilarning mablag‘laridan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lardan amalga oshiriladi.

Download 265,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish