O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O'ZGARTISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITISH TO'G'RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 9 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012 yil 5 dekabrda ma'qullangan
1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida»gi 425–XII-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 1, 43-modda; 1993 yil, № 5, 236-modda; 1994 yil, № 11-12, 285-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 153-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda; 2011 yil, № 4, 97-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning ettinchi xatboshisidagi «monopoliyaga qarshi qonunlar» degan so'zlar «raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning 1-bandidagi «yakkahokimlikka qarshi qonunlar» degan so'zlar «raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:
1) 41-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to'ldirilsin:
«Tadbirkorlik sub'ektlarining o'zlariga ko'rsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bog'liq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'lmaydi»;
2) 661-moddaning birinchi qismidagi «1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish)» degan so'zlar «180-moddasida (soxta bankrotlik), 181-moddasida (bankrotlikni yashirish), 1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot to'plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish)» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
3) 79-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:
«Ushbu Kodeksning 178 — 184, 185 — 1852, 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda ko'p zarar etkazmaganda, ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida to'rtdan bir qismi o'tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin»;
ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to'rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
4) 183-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«183-modda. Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish
Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etmaslik yoki bila turib haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni taqdim etish, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish to'g'risidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi ko'rsatmalarini bajarishdan bo'yin tovlash yoki o'z vaqtida bajarmaslik, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi»;
5) 223-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O'sha harakatlar:
a) chegarani yorib o'tish yo'li bilan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan;
d) O'zbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa»;
6) sakkizinchi bo'limdagi «ancha miqdor», «ancha miqdordagi zarar», «juda ko'p zarar», «juda ko'p miqdor», «ko'p bo'lmagan zarar», «ko'p miqdor», «ko'p miqdordagi zarar» atamalarining huquqiy ma'nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ancha miqdor — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo'lgan miqdor»;
«Ancha miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo'lgan miqdordagi zarar»;
«Juda ko'p zarar — eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari va undan ortiq bo'lgan miqdordagi zarar»;
«Juda ko'p miqdor — eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari va undan ortiq bo'lgan miqdor»;
«Ko'p bo'lmagan zarar — eng kam oylik ish haqining o'ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo'lgan miqdordagi zarar»;
«Ko'p miqdor — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo'lgan miqdor»;
«Ko'p miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo'lgan miqdordagi zarar».
3-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 248-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda) 325-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:
«Jinoyat kodeksining 167, 170, 172, 173-moddalarida nazarda tutilgan va ustav fondida davlat ulushi bo'lmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to'g'risidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko'ra qo'zg'atiladi».
4-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:
1) 61-modda:
uchinchi qismidagi «eng kam ish haqining besh baravaridan» degan so'zlar «eng kam ish haqining o'ttiz baravaridan» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to'rtinchi qism bilan to'ldirilsin:
«Ustav fondida davlat ulushi bo'lmagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mol-mulkini ularning xodimi tomonidan o'g'irlash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste'mol qilish yoki firibgarlik yo'li bilan sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish faqat mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko'ra javobgarlikka sabab bo'ladi»;
2) quyidagi mazmundagi 1764-modda bilan to'ldirilsin:
«1764-modda. Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish
Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo'lga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun mas'ul bo'lgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan to'liq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yo'lovchilarni tashish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi»;
3) 178-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«178-modda. Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonun hujjatlarini va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish
Monopoliyaga qarshi organga va iste'molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni taqdim etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish to'g'risidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi ko'rsatmalarini bajarishdan bo'yin tovlash yoki o'z vaqtida bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Aktsiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi»;
4) 223-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasi «vaqtincha yoki doimiy propiskasiz» degan so'zlardan keyin «yoxud turgan joyi bo'yicha hisobda turmasdan» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;
uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas'ul bo'lgan shaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy bo'lmagan pasport bilan yoxud vaqtincha yoki doimiy propiskasiz, turgan joyi bo'yicha hisobda turmasdan yashashiga yo'l qo'yishi, xuddi shuningdek fuqarolarning o'z turar joylarida pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo'yicha hisobda turmagan shaxslar yashab turishiga yo'l qo'yishi»;
to'rtinchi qismining dispozitsiyasi «vaqtincha yoki doimiy propiskasiz» degan so'zlardan keyin «yoxud turgan joyi bo'yicha hisobda turmasdan» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;
5) 245-moddaning birinchi qismi «1763» raqamidan keyin «1764» raqami bilan to'ldirilsin;
6) 249-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«249-modda. Davlat yong'in nazorati organlari
Davlat yong'in nazorati organlariga ushbu Kodeksning 84, 124, 211-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat yong'in nazorati organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va ma'muriy jazo qo'llashga quyidagilar haqli:
O'zbekiston Respublikasi yong'in nazorati bo'yicha bosh davlat inspektori va uning o'rinbosarlari — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o'ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong'in va portlash xavfi yuqori bo'lgan ob'ektlardagi hamda transportdagi yong'in nazorati bo'yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o'rinbosarlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi yong'in nazorati bo'yicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — fuqarolarga eng kam ish haqining to'rt baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — sakkiz baravarigacha miqdorda jarima solishga;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o'ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong'in va portlash xavfi yuqori bo'lgan ob'ektlardagi hamda transportdagi yong'in nazorati bo'yicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari — fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravarigacha miqdorda jarima solishga;
tumanlar (shaharlar), o'ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong'in va portlash xavfi yuqori bo'lgan ob'ektlardagi, transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari yong'in nazorati bo'yicha katta davlat inspektorlari va ularning o'rinbosarlari — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga;
tumanlar (shaharlar), o'ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong'in va portlash xavfi yuqori bo'lgan ob'ektlardagi, transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari yong'in nazorati bo'yicha davlat inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravarigacha miqdorda jarima solishga»;
7) 258-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki qo'shinlar boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning o'rinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya stantsiyasi boshlig'i va katta epidemiolog-vrach)» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
8) 283-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Agar fuqaro o'zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e'tiroz bildirmasa hamda unga joyning o'zida solinadigan jarimaning miqdori eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan oshmasa, yo'l harakati qoidalarining buzilishi to'g'risidagi ishlar yuzasidan esa faqat ushbu Kodeks 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzilmaydi»;
9) 287-moddaning:
1-bandidagi «1763, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 185, 186, 187, 188, 189, 1891, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 203, 204, 205, 209, 210, 218, 220, 224-moddalarida» degan so'zlar «1763-moddasida, 1764-moddasining ikkinchi qismida, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 185, 186, 187, 188, 189, 1891, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 203, 204, 205, 209, 210, 218, 220, 224-moddalarida» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
4-bandidagi «chegara va ichki qo'shinlarining» degan so'zlar «va chegara qo'shinlarining» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
8-bandidagi «1763, 1861, 198-moddalarida» degan so'zlar «1763-moddasida, 1764-moddasining ikkinchi qismida, 1861, 198-moddalarida» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
10) 291-modda:
birinchi qismining:
«a» bandidagi «126, 131, 135, 1351-moddalarida» degan so'zlar «126-moddasida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo'lmasa va to'xtash yoki to'xtab turish qoidalarining buzilishi yo'l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131, 135, 1351-moddalarida» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
«b» bandidagi «chegara qo'shinlari va ichki qo'shinlarning» degan so'zlar «va chegara qo'shinlarining» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va chegara qo'shinlarining transport vositalaridan tashqari) saqlab turish joylariga olib borish, joylashtirish va saqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi».
5-modda. O'zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi 154–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 247-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 496-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda) quyidagi o'zgartishlar va qo'shimcha kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining to'rtinchi xatboshisidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
2) 17-moddaning:
ettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar uchun iqtisodiy normativlarni hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun moliyaviy va kassa operatsiyalarini o'tkazish, buxgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko'rib chiqadi»;
sakkizinchi xatboshisidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
3) VIII bo'limning nomidagi «KREDIT UYuShMALARI» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
4) 50-moddaning:
nomi va birinchi qismidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Markaziy bank banklarni, kredit byurolarini ro'yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolari faoliyatini va qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklarni, kredit byurolarini ro'yxatga olish, banklarga, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar to'g'risidagi axborot e'lon qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda tanishib chiqish uchun ochiqdir»;
to'rtinchi qismidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar «banklar» degan so'z bilan almashtirilsin;
5) 51-modda:
birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «kredit uyushmalari va» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining ikkinchi, to'rtinchi, sakkizinchi, o'ninchi xatboshilaridagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
oltinchi qismidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
6) 52-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:
«Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy iqtisodiy normativlarni belgilaydi»;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
7) 53-moddaning:
to'rtinchi qismidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar to'g'risidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank:
mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga;
lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir.
Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanktsiyalar qo'llash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi».
6-modda. O'zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106, 109-moddalar) 868-moddasining ikkinchi qismidagi «monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga» degan so'zlar «raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlariga» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan 548–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 2, 36-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 4, 178-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda) 76-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«76-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi muddati
Tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan hamda barcha zarur hujjatlar va ma'lumotlar taqdim etilgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur muddat boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va transport vositalari nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan vaqtni o'z ichiga olmaydi».
8-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida»gi 600–I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5-6, 84-modda; 2003 yil, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 472-modda) 25-moddasining birinchi qismidagi «tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va» degan so'zlar chiqarib tashlansin.
9-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida»gi 717–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 8-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 3, 119-modda; 2007 yil, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2010 yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 9, 248-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:
1) 9-modda:
quyidagi mazmundagi to'rtinchi qism bilan to'ldirilsin:
«Tadbirkorlik sub'ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub'ektining faoliyati to'g'risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo'lgan boshqa hujjatlarni o'rganish hamda tahlil etish asosida o'tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo'yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin»;
to'rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 102-modda bilan to'ldirilsin:
«102-modda. Tadbirkorlik sub'ektini rejali tekshiruv o'tkazish boshlanishi haqida xabardor qilish
Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv o'tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o'tkazish boshlanishidan kamida o'ttiz kalendarь kun oldin tadbirkorlik sub'ektini tekshiruvdan o'tkazish muddatlari va predmetini ko'rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart»;
3) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Nazorat tartibida tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda bir ish kuni ichida amalga oshiriladi»;
4) 18-moddaning to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari birlashmalarining a'zosi bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari so'roviga ko'ra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin».
10-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan «Investitsiya faoliyati to'g'risida»gi 719–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 10-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
1) 9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining» degan so'zlar «raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarining» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
2) 13-moddaning ikkinchi qismidagi «monopol holatni» degan so'zlar «ustun mavqeni» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
11-modda. O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «Telekommunikatsiyalar to'g'risida»gi 822–I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 219-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 311-modda; 2006 yil, № 4, 157-modda; 2007 yil, № 9, 414-modda; 2011 yil, № 12/2, 366-modda) 12-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«12-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni rivojlantirish»;
ikkinchi qismidagi «g'irrom raqobat hollariga barham berish va monopol faoliyatini cheklash» degan so'zlar «insofsiz raqobat va raqobatni cheklash hollariga barham berish» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining o'zbekcha matnidagi «G'irrom raqobat» degan so'zlar «Insofsiz raqobat» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro'yxati to'g'risida»gi 222–II-sonli Qarorining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 6-7, 105-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda) 1-ilovasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
qirq to'qqizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
elliginchi — etmish beshinchi xatboshilari tegishincha qirq to'qqizinchi — etmish to'rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
13-modda. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi 258–II-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 169-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
1) 56-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ko'chmas mulkni, shu jumladan er uchastkasini, qurilishi tugallanmagan ob'ektlarni, ko'chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, er uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish rieltorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalarini, intellektual faoliyat natijalariga va shaxsiylashtirish vositalariga bo'lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu qismda ko'rsatilgan mol-mulkni realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiq auktsion savdolarida amalga oshiriladi»;
to'rtinchi qismidagi «va birjalarni» degan so'zlar «shuningdek rieltorlik tashkilotlarini va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
2) 63-moddaning:
birinchi qismidagi «birjalar tomonidan» degan so'zlar «rieltorlik tashkilotlari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi «birja» degan so'z «rieltorlik tashkiloti va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilot» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
14-modda. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan «Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida»gi 267–II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 178-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 9, 418-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda) 24-moddasiga quyidagi o'zgartish va qo'shimcha kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:
«Tovar belgisi egasining harakatlari belgilangan tartibda insofsiz raqobat fakti deb topilgan taqdirda, tovar belgisiga doir guvohnoma uning ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar rasmiy axborotnomada e'lon qilingan sanadan e'tiboran uch yil ichida to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin»;
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va to'rtinchi qismlar deb hisoblansin.
15-modda. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan «Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida»gi 310–II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 1, 10-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda) 14-moddasining oltinchi qismidagi «Jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan paytga qadar» degan so'zlar «Jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan paytga qadar» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
16-modda. O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida»gi 660–II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 9, 160-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 167-modda; 2009 yil, № 4, 139-modda) 12-moddasining ikkinchi xatboshisidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin.
17-modda. O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyulda qabul qilingan «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi O'RQ–42-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 7, 372-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda) 56-moddasining to'rtinchi qismidagi «monopoliyaga qarshi qaratilgan qonun hujjatlarida» degan so'zlar «raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarida» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
18-modda. O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrda qabul qilingan «Mikromoliyalash to'g'risida»gi O'RQ–50-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 492-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning matnidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
2) 19-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«19-modda. Mikrokreditni, mikroqarzni muddatidan ilgari qaytarish va mikrolizing ob'ektining qiymatini muddatidan ilgari to'lash
Qarz oluvchi olingan mikrokredit, mikroqarz summasini muddatidan ilgari qaytarishga yoki mikrolizing ob'ektining qiymatini muddatidan ilgari to'lashga, shuningdek ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni (lizing beruvchining foizli daromadini) to'lashga haqli».
19-modda. O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 sentyabrda qabul qilingan «Mikrokredit tashkilotlari to'g'risida»gi O'RQ–53-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 495-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi «va diniy tashkilotlar» degan so'zlar «diniy tashkilotlar, boshqa mikrokredit tashkilotlari va lombardlar» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddaning birinchi qismidagi «Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
3) 10-moddaning to'rtinchi xatboshisidagi «notarial tartibda tasdiqlangan» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
4) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«12-modda. Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to'g'risidagi qonun hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;
mikrokredit tashkiloti tomonidan uning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
mikrokredit tashkiloti to'lovga qobiliyatsiz bo'lib qolganda;
mikrokredit tashkilotlari to'g'risidagi qonun hujjatlarining, belgilangan iqtisodiy normativlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot ma'lumotlari buzib ko'rsatilganda;
mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e'tiboran olti oydan ortiq kechikkanda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi qaror qonunga muvofiq boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mikrokredit tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) o'zgargan hollarda amalga oshiriladi.
Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, litsenziya bekor qilinadi.
Litsenziyaning bekor qilinishi mikrokredit tashkilotining ilgari amalga oshirgan operatsiyalari haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmaydi»;
5) quyidagi mazmundagi 121 va 122-moddalar bilan to'ldirilsin:
«121-modda. Mikrokredit tashkilotining huquqlari
Mikrokredit tashkiloti:
qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini ta'minlash sharti bilan yoki bunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatishga;
buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmat ko'rsatishni asoslantirilgan holda rad etishga;
mikromoliyaviy xizmat ko'rsatish va shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan so'rab olishga;
maqsadli mikrokredit o'z vaqtida to'lanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga;
maslahat va axborot xizmatlari ko'rsatishga;
mikrokredit tashkilotining qarz oluvchilari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga;
mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish uchun ushbu Qonunga muvofiq mablag'lar jalb etishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
122-modda. Mikrokredit tashkilotining majburiyatlari
Mikrokredit tashkiloti:
buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari to'g'risida, shu jumladan shartnoma bo'yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq barcha xarajatlar to'g'risida, shuningdek ko'rsatiladigan mikromoliyaviy xizmat bo'yicha foiz stavkasi haqida to'g'ri hamda to'liq axborotni yozma shaklda xabar qilishi;
shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatishi;
shartnoma bo'yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida qarz oluvchiga etkazilgan zararning o'rnini qoplashi;
belgilangan eng kam miqdordan past bo'lmagan ustav fondiga ega bo'lishi;
moliyaviy va kassa operatsiyalari o'tkazish qoidalariga, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi;
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa hujjatlarni yuritishi;
hisobotni belgilangan tartibda o'z vaqtida taqdim etishi;
tekshirish o'tkazish uchun yuborilgan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati to'g'risidagi boshqa axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlashi shart.
Mikrokredit tashkilotining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin»;
6) 13-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Mikrokredit tashkiloti:
qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga;
jismoniy shaxslardan qarz mablag'larini jalb qilishga, bundan o'z muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno;
o'z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo'yicha kafil bo'lishga yoki kafolat beruvchi bo'lishga, shuningdek ularga o'z majburiyatlari bajarilishini ta'minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas»;
7) 15-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«15-modda. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga doir vakolatlari
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari o'tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek iqtisodiy normativlarni belgilaydi;
ko'rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash tartibini tasdiqlaydi;
mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to'g'risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar beradi;
mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan o'tkazishga doir talablarni belgilaydi;
mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;
mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to'g'risidagi qonun hujjatlari talablari va belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha jarima undiradi;
mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o'tkazishni uch oygacha bo'lgan muddatga cheklaydi;
mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to'xtatib turadi yoki tugatadi yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtiradi va bekor qiladi»;
8) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan to'ldirilsin:
«151-modda. Ichki audit xizmati
Aktivlarining balans qiymati bir milliard so'mdan ortiq bo'lgan mikrokredit tashkilotida mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining qarori bilan ichki audit xizmati tashkil etiladi.
Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining faqat yuqori boshqaruv organiga hisobdordir. Ichki audit xizmatining rahbari va boshqa xodimlari mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tayinlanadi.
Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va filiallari ishini ular tomonidan qonun hujjatlariga, ta'sis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida ma'lumotlar to'liq hamda to'g'ri aks ettirilishi ta'minlanishini, moliya-xo'jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarni, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish va monitoring qilish yo'li bilan nazorat qilishni hamda baholashni amalga oshiradi.
Ichki audit xizmati o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi»;
9) 16-moddaning birinchi qismidagi «qonun hujjatlarida» degan so'zlar «O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
10) quyidagi mazmundagi 161-modda bilan to'ldirilsin:
«161-modda. Mikrokredit tashkilotlarida axborotning maxfiyligi
Mikrokredit tashkilotlari o'z qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy operatsiyalari hamda hisobvaraqlari bo'yicha axborotning maxfiyligini kafolatlaydi. Mikrokredit tashkilotining boshqaruv organlari a'zolari, ichki audit xizmati va ijro etuvchi organi xodimlari mikrokredit tashkilotining, uning qarz oluvchilarining operatsiyalari va hisobvaraqlari bo'yicha, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalar bo'yicha sirni saqlashi shart.
Maxfiy axborot o'ziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan bu axborot o'ziga ma'lum bo'lib qolgan shaxslar uni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
Mikrokredit tashkilotlariga nisbatan bank siri to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar qo'llaniladi».
20-modda. O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O'RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:
1) 22-moddaning o'n ikkinchi xatboshisidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
2) 65-modda quyidagi mazmundagi to'rtinchi qism bilan to'ldirilsin:
«Soliq qarzini undirish uchun sud ijrochilari tomonidan inkasso topshiriqnomalari qo'yilayotganda davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzining shunga o'xshash summasiga qo'yilgan inkasso topshiriqnomalarining ijrosi bekor qilinadi»;
3) 87-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari birlashmalarining a'zosi bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining soliq tekshiruvlari tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari so'roviga ko'ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin»;
4) 91-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to'ldirilsin:
«Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o'tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o'tkazish boshlanishidan kamida o'ttiz kalendarь kun oldin tadbirkorlik sub'ektini tekshiruvdan o'tkazish muddatlari va predmetini ko'rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Tadbirkorlik sub'ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub'ektining faoliyati to'g'risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo'lgan boshqa hujjatlarni o'rganish hamda tahlil etish asosida o'tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo'yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin»;
ikkinchi — o'n birinchi qismlari tegishincha to'rtinchi — o'n uchinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 176-moddaning 8-bandi «xususiy korxona mulkdori» degan so'zlardan keyin «oilaviy korxona ishtirokchisi» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;
6) 179-moddaning:
6-bandi «xususiy korxona mulkdori» degan so'zlardan keyin «oilaviy korxona ishtirokchisi hamda» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;
17-bandidagi «banklar va kredit uyushmalaridagi» degan so'zlar «banklardagi» degan so'z bilan almashtirilsin;
7) 328-moddaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«7) O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik va ro'yxatdan chiqarganlik, turgan joyi bo'yicha hisobga olganlik uchun, shuningdek chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va ro'yxatdan chiqarganlik uchun»;
8) 335-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisidagi «(yashash joyini qayd etganlik)» degan so'zlar «yoxud turgan joyi bo'yicha hisobga olganlik» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
9) 340-moddaning oltinchi qismi «turar joyga qayd etganlik» degan so'zlardan keyin «va turgan joyi bo'yicha hisobga olganlik» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;
10) 351-moddaning birinchi qismidagi «bundan ushbu Kodeksning 350-moddasi birinchi qismining 2-bandida ko'rsatilganlar mustasno» degan so'zlar «bundan ushbu Kodeksning 350-moddasi birinchi qismining 2-bandida ko'rsatilganlar hamda oilaviy korxona mustasno» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
11) 356-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishdan o'tkazishga, laboratoriya testlari va sinovlarini o'tkazish uchun komplekslar olishga, biroq soliq solinadigan bazaning ko'pi bilan 25 foiziga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida ko'rsatilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan boshlab, texnologik asbob-uskuna bo'yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab besh yil ichida amalga oshiriladi».
21-modda. O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi O'RQ–163-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 354-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda) 39-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Emitent:
a) qimmatli qog'ozlar emissiya risolasini va emitentning yillik hisobotini barcha manfaatdor shaxslar tanishib chiqishi uchun taqdim etishi;
b) qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga:
qimmatli qog'ozlar emissiya risolasining matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, to'rtinchi, beshinchi va o'n ikkinchi xatboshilarida ko'rsatilgan axborotni qimmatli qog'ozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida, bundan qimmatli qog'ozlarni xususiy joylashtirish mustasno;
emitentning yillik hisobotini aktsiyadorlarning yoki emitentning boshqa oliy boshqaruv organining yillik umumiy yig'ilishi o'tkazilganidan keyin ikki hafta ichida;
emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yil va to'qqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida;
emitentning faoliyatidagi muhim fakt haqidagi xabarni u yuz bergan sanadan e'tiboran ikki ish kuni ichida joylashtirish yo'li bilan oshkor qilishi shart».
22-modda. Quyidagilar o'z kuchini yo'qotgan deb topilsin:
1) O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan «Kredit uyushmalari to'g'risida»gi 355–II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 4-5, 65-modda);
2) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan «Kredit uyushmalari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 356–II-sonli Qarori (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 4-5, 66-modda);
3) O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 4 aprelda qabul qilingan «Kredit uyushmalari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'RQ–29-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 155-modda);
4) O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrda qabul qilingan «Soliq to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'RQ–197-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 640-modda) 32-moddasi.
23-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.
24-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Do'stlaringiz bilan baham: |