O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida



Download 22,97 Kb.
bet1/3
Sana01.08.2021
Hajmi22,97 Kb.
#135600
  1   2   3
Bog'liq
FJ2


Savol va topshiriqlar
1. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son Farmoni qabul qilinishining bosh maqsadi va ahamiyati nimalardan iborat?

2. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda davlat boshqaruv va jamiyat tizimi.

3. O’zbekistonda davlat boshquruvi hokimiyatining ustuvor tamoyillarini sanab bering.

4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi hamda jamoatchilik nazoratining ahamiyati.

5. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jamoa tashkilotlari yoki siyosiy partiyalarning o’rni va ahamiyati.


  1. O’zbekiston Respublikasi sud tizimining ixtisoslashuvi va uni yanada takomillashtirish zaruriyati.

7. Tadbirkorlik sub’ektlari huquq va manfaatlarini himoya qilishda iqtisodiy sudlar tashkil etilishining ahamiyati.

8. “Xabeas korpus” institutining mazmun-mohiyati.

9. Fuqarolar murojaatlarini hal etishda virtual qabulxonalarning o’rni va ahamiyati.

10. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish samaradorligi.


Javoblar

1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:



davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;

iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;

ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

2. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilangan muhim konstitutsiyaviy prinsip – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.

Mazkur prinsip mustaqil, samarali va mas’uliyatli ijro etuvchi hokimiyat faoliyatini nazarda tutadi. Shu nuqtai nazaridan ushbu prinsipni to‘laqonli ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobi bevosita Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlandi. Ta’kidlash lozimki, ushbu bob 25 yil mustaqil taraqqiyot yo‘lida izchil takomillashtirib borildi. Xususan, 1993-2017 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 9 marotaba (1993, 2003, 2007, 2008, 2011 yilda 2 marotaba, 2014, va 2017 yilda 2 marotaba) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, ulardan 4 tasi aynan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga ham qaratilgan edi. Xususan, Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasi faoliyati va huquqiy maqomiga bag‘ishlangan 98-moddasi uch marotaba – 2003, 2011 va 2014 yillarda yangi tahrirda bayon etilganligi ham konstitutsiyaviy islohotlar tizimida Vazirlar Mahkamasining naqadar ko‘p marotaba modernizatsiya qilinganligidan dalolat beradi.



4. Davlat organlarining “ochiqlik indeksi” reytingi koʻrsatkichlari tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, umumiy hisobda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ochiqlik toʻgʻrisidagi qonun talablarini amaliyotga tatbiq qilish, fuqarolar uchun ijtimoiy ahamiyatga molik aхborotlardan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ahamiyatli jihati shundaki, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturidagi vazifalar doirasida davlat organlari oʻz faoliyatlarida ochiqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqdalar.  

 

Tanqidiy tahlillar reyting koʻrsatkichlari bir qator davlat organlarida ushbu masalalarga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi, ba’zan  fuqarolarning qonuniy talablarini inkor qilgan holda ularning aхborotga boʻlgan huquqlarini buzish hollari ham uchrayotganligini koʻrsatmoqda.



 

“Ochiqlik indeksi” mezonlari boʻyicha DHVBOning olgan ballari bu shunchaki baho yoki koʻrsatkich emas. Bu koʻrsatkichlar, avvalo, ochiqlik talablari boʻyicha past baho olgan, zarur darajada ochiqlikni ta’minlamagan davlat organlarining kelgusidagi faoliyatlari davomida vaziyatni yaхshilash uchun harakat qilishlariga undashdir.

 

Ta’kidlash joizki, Jamoatchilik kengashi tomonidan “ochiqlik indeksi” monitoringi boʻyicha olib borilayotgan choralarga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali instituti, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvi tizimidagi ishtiroki samaradorligini oshirishga qaratilgan noyob meхanizm sifatida qaralmoqda. Monitoring yakunlari DHVBOga jamoatchilik bilan aloqalarini yanada kuchaytirish, samarali korporativ aхborot siyosati strategiyasini ishlab chiqishda muhim manba boʻlib хizmat qilishi mumkin.



5. Istiqlol yillarida yurtimizda fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy muhiti yuksalmoqda, – dediA.Saidov. – Bu ijobiy jarayonlar kishiga mamnuniyat bag‘ishlaydi. Nega deganda, har birimiz demokratiya ne’matlari iste’molchisi bo‘lish bilan cheklanib qolmasdan, balki shu ne’matlarni yaratuvchi faol shaxslar sifatida o‘zligimizni namoyon etishimizbugungi davr talabidir.



Hamyurtlarimizning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, o‘z navbatida, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish, erkinlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish hamda izchil rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu ma’noda, keyingi davrda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining (NNT) roli va ahamiyati, ijtimoiy faolligi, umuman, ular faoliyatining samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar ko‘rildi.
6. Mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi.

O‘tgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmog‘i sifatida tashkil etish, uni o‘tmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish zarur. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi aniq huquqiy maqomga ega emas, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega.

Bundan tashqari, sud hokimiyatining ikki oliy organi –O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelmoqda.
7. Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash imkonini beradi.
8. Tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, mamlakatimizda tariхan qisqa davr ichida inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.  

 

 



Istiqlol yillarida milliy qonunchiligimizni хalqaro huquqning umume’tirof etilgan qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish, demokratik tamoyillar va хalqaro huquqiy talablarga toʻliq javob beradigan huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Birgina «HABEAS  CORPUS» institutining milliy qonunchiligimizdan mustahkam joy olgani ham fikrimizning yorqin dalilidir.

 

Ma’lumki, jinoiy ta’qibga uchragan fuqaroning adolatli sud muhokamasiga boʻlgan huquqi «HABEAS  CORPUS» deya nomlanadi. Bu atama 1679 yil 26 may kuni ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun - «Xabeas Korpus Akt» atamasidan olingan1.



9. Xozirgi kunda barcha viloyat va tumanlarda O‘zbekiston Prezidentining xalq qabulxonalari ochilmoqda. Bu esa o`z navbatida barcha davlat o`rganlari va idora tashkilotlarning ham fuqorolaring murojatlarini ko`rib chiqishiga sabab bo`ladi. 28-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi bunga ko`ra , O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylantirish maqsad qilib qo`yildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi faoliyati davlat organlarining murojaatlar bilan bog‘liq ishni tashkil etishda ularni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sanksiyadorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi. 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi, hamda aholining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to‘g‘risidagi ko‘plab ijobiy fikrlarini e’tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonalari tashkil qilinmoqda.

10. Yig'ilishda parlament va hukumat a'zolari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari mas'ul xodimlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi. Videoselektorda joylardan mahalliy hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari qatnashdi. 

Qayd etish joizki, o'tgan vaqt davomida Prezidentimizning bevosita rahbarligi va tashabbuslari asosida fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishini ta'minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 

2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo'yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro samarali hamkorligini tashkil etish bilan bog'liq aniq vazifalar belgilangan. 
TEST
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni qabul qilingan sanani aniqlang?


Download 22,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish