6.Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy komissiyaga kim rahbarlik qiladi.
A) O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
B) O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripov
V) O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri birinchi o'rinbosari A. Ramatov
7.Birinchi yo'nalishda nechta band qamrab olinadi?
A) 4 ta
B) 3 ta
V) 5 ta
8.Birinchi yo'nalishning maqsadi?
A) demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda parlament hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish
B) sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash
V) makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish suratlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish
9.Birinchi yo'nalish bandlari to'g'ri keltirilgan qatorni toping?
A) Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish.Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
B)Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish.Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish.
V) Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish.
10.Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo'nalishining ikkinchi bandida qanday vazifalar qamrab olingan?
A) davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o'zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
B) jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish.
V) davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |