O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar stretegiyasi to’g’risida



Download 61,5 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2022
Hajmi61,5 Kb.
#261614
  1   2

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar stretegiyasi to’g’risida”gi Farmoni.
PF-4947 07.02.2017 Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi);
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) tasdiqlandi.
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.
Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1 310 ta taklif va mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, 2017-yil 23 — 27-yanvar kunlari Toshkent shahrida media-haftalik va xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda 1 300 dan ortiq mutaxassis va ekspert, jamoatchilikning, ommaviy axborot vositalarining, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning vakillari ishtirok etishdi.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.
Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi belgilangan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
2. Ta’lim sifatini boshqarish davlat tizimi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ―Ta‘lim to‘g‘risida gi qonunlarni amalga oshirish, talim tizimi oily o‘quv yurti hamda maktab isloxotida belgilangan ulkan vazifalarni bajarish ta‘lim tarbiya sifatini yaxshilash pedagogik jarayonni boshqarish va idora qilish, o`quvchilar jamoasi faoliyatini yo‘lga qoyish va rahbarlik qilish shu kundagi tarbiya texnologiyasini amalga oshirish ota-onalar va jamoatchilikni tarbiya ishlariga jalb etish va ular bilan yaqin hamkorlik o`rnata olish o‘qituvchi oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardir. Bu vazifalarni muvoffaqiyatli hal etish o`qituvchi kadrlar tayyorlashning g`oyaviy, siyosiy, professional darajasini yuqori ko`tarishni talab qiladi. Talim tizimi sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutstiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi ro‘yobga chiqariladi.Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi standartlari orqali sifatli ta‘lim olish, shuningdek ta‘lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.Ta‘lim xizmatlarining iste‘molchisi sifatida shaxsga davlat ta‘lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‘rish kafolatlanadi. Ta‘lim olish jarayonida shaxs davlat ta‘lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.Shaxs ta‘lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta‘lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi va tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi.
Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlar asosida ta`minlanadi va quyidagi ta‘lim turlarini o`z ichiga oladi.
- Maktabgacha ta`lim.
- Umumiy o`rta ta‘lim.
- O`rta maxsus kasb-hunar ta‘limi.
- Oliy ta‘lim.
- Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim.
- Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
Ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi.


3. Ta’lim sifatining nazorat va o‘lchov tizimi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorning 14-bandida Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari tarkibida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tashkil etilishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi qarordan kelib chiqib Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” tashkil qilindi.
Bo‘limning asosiy maqsadi ta’lim sifatini aniqlash, ta’lim sifatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, Universitetning milliy va xalqaro reytingini oshirish yo‘nalishida ishlarni muvofiqlashtirish va olib borish, universitetning va uning tuzilmalarida ta’lim sifatini oshirishning yo‘nalishlarini belgilab berishga qaratiladi.
Universitetda ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va universitetdagi o‘quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo‘yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Bo‘lim o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va Universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.
4 Ta’lim sifatining nazorat va o‘lchov tizimi.
“Портфолио” тушунчаси ХV-ХVI асрларда Ғарбий Европадан кириб келган бўлиб, уйғониш даврида архитекторлар ўз буюртмачиларига қурилиш лойиҳаларини тайёр ва ҳомаки вариантларини "портфолио" деб номланган алоҳида папкада тақдим этишган. Ушбу папкада тақдим этилган ҳужжатлар талабгорда қурилиш лойиҳасининг касбий сифатлари ҳақида таассурот ҳосил қилган. Ҳозирги вақтда эса бизнес оламида портфолио фирманинг ютуқларини кўрсатиш, фотосуратчи ва фотомоделлар соҳасида эса – суратлар албоми сифатида ишлатилади. Портфолиони таълим соҳасида қўллаш ғояси, 80-йилларнинг ўрталарида АҚШда пайдо бўлди. АҚШ ва Канададан сўнг, портфолио ғояси Европа ва Японияда оммалашди, ХХI асрнинг бошларида эса бу ғоя Россияда кенг тарқалди ва ҳозирги кунда бу ғоя Ўзбекистонда ҳам кенг ёйилмоқда. Портфолио (ингл. – портфел, зарур ишлар ва ҳужжатлар учун папка. франс. – баён қилмоқ, ифода этмоқ, ташимоқ. итал. – ҳужжатлар солинган папка) – бу ҳужжатлар, иш намуналари, фотосуратлар, тақдим этилаётган имкониятларни тасаввур эта олиш имкониятини берувчи материаллар, мутахассис хизматлари тўпламидан иборат. Педагогнинг портфолиоси қуйидаги имкониятларга эга:
• педагогнинг маълум бир вақт оралиғида эришган касбий ютуқлари ва фаолият натижаларини қайд этиш усули; • фаолияти давомида касбий соҳадаги эришилган ютуқларини намойиш этувчи мажмуа;
• педагогнинг дарс бераётган фани бўйича ўқув материалларини талабаларга етказиб берувчи восита;
• педагог ва талабалар ўртасидаги ўқув мулоқотини таъминлашга хизмат қилувчи тизим;
• талабалар билан тескари алоқани ўрнатишга хизмат қилувчи ҳамда билимларни ўзлаштириш жараёнини мониторинг қилиш тизими.
Педагогнинг портфолиоси таълим муассасалари раҳбарияти учун ўқитувчиларнинг иш фаолияти унумдорлигини мониторингини олиб бориш ва яна ҳам муҳим томони ўқитувчиларни ўз-ўзини кузатиш ва ўз устида ишлаши учун муҳим восита ҳисобланади. Турли манбалардаги маълумотларга кўра педагог портфолиоси – бу ўқитувчининг аниқ фактлар асосида ёзилган педагогик сифати ва ютуқлари ҳисобланади. Бундан ташқари портфолиода ўқитувчининг индивидуал ютуқлари, турли лойиҳаларда қатнашганликлари, талабаларининг фан олимпиадалари, танловлар, мусобақаларда ғолиб бўлганликлари қайд этиб борилади. Шу билан бирга педагог портфолиоси педагогик-психологик диагностика натижалари, талабалар учун фанлар бўйича назорат қилиш топшириқ ва тестларини қамраб олади. Портфолио жорий этилиши билан педагогик фаолиятни баҳолашнинг ва ўзўзига баҳо беришнинг кўп функцияли воситаси шаклланади. Бунда портфолио қатор педагогик масалаларни ечишда ёрдам беради: Портфолио (ингл. – портфел, зарур ишлар ва хужжатлар учун папка. франс. – баён қилмоқ, ифода этмоқ, ташимоқ. итал. – ҳужжатлар солинган папка) педагогнинг маълум бир вақт оралиғида эришган касбий ютуқлари ва фаолият натижаларини қайд этиш усули; фаолияти
5. O‘quv yutuqlarini baholash xalqaro Assotsiatsiyasining sekretariati (IEA, Niderlandiya).

Download 61,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish