O’zbekiston Respublikasiga investisiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishlari


O’zbekiston Respublikasining investisiya dasturi



Download 330 Kb.
bet2/3
Sana28.05.2020
Hajmi330 Kb.
#57335
1   2   3
Bog'liq
ivestitsiya

4. O’zbekiston Respublikasining investisiya dasturi

Investisiya dasturi – bu respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom-ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublikaning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan, bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar tizimidir.

O’zbekiston Respublikasi investisiya dasturi respublikani ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish rejalarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investisiya siyosatining ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi. O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga erishish va zarur tarkibiy o’zgartirishlarni, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlovchi investisiyalarni jalb etish asosida uning dunyo iqtisodiyotiga integrasiyalanishi Dasturning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Quyidagilar Dasturning tarkibiy qismi hisoblanadi:

mablag’ bilan ta’minlash manbalari bo’yicha kapital qo’yilmalar rejasi; investisiya loyihalarining aniq dasturi; ustuvor investisiya takliflarining yig’ma ro’yxati.

Dastur o’zida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishni ta’minlashga mo’ljallangan iqtisodiy, tashkiliytexnik chora-tadbirlarning o’zaro bog’langan majmuini ifodalaydi.

Bunday chora-tadbirlarga:

a) dastur asosiy ko’rsatkichlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

prognozining boshqa bo’limlari va respublika Davlat byudjeti bilan o’zaro bog’liqligini ta’minlash;

b) dasturning obyektlarni ishga tushirish bo’yicha ko’rsatkichlarini mablag’

bilan ta’minlashning tasdiqlangan manbalari, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati quvvatlari bilan muvozanatlash;

v) yangi korxonalarni iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslangan holda joylashtirish hamda iqtisodiy tumanlar ixtisoslashtirilishi va kompleks rivojlantirilishi, tabiiy boyliklardan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmalaridan, mehnat resurslaridan yanada samaraliroq foydalanilishini hisobga olgan holda ishlab turgan korxonalarda qo’shimcha quvvatlar tashkil etish kiradi.

Dasturni shakllantirish davlat maqsadli dasturlari, iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini va alohida mintaqalarni rivojlantirish bo’yicha direktiv qarorlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarning takliflari asosida amalga oshiriladi. Dasturni ishlab chiqarish va ruyobga chiqarishga oid ishlarni muvofiqlashtirishni Vazirlar Maxkamasining Investisiya dasturlari departamenti amalga oshiradi. Dastur Nizom bilan tasdiqlangan investisiya loyihalarini tanlab olish mezonlari asosida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.

Dasturni ishlab chiqish uchun Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, korxonalar va tashkilotlarga investisiya loyihalarini tayyorlashga oid metodik ko’rsatmalarini va ularni taqdim etish muddatlarini yetkazadi. Ishlab chiqilgan Dastur Vazirlar Maxkamasining Ish tartibiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Quyidagilar Dasturga kiritish uchun (ekologik normalar va talablarga muvofiq kelishi uchun majburiy shartlar) investisiya loyihalarini tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:

1. Ishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar bo’yicha:

a) mahalliy xom-ashyo va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash ko’lamini

kengaytirish, ularni raqobatbardosh tayyor mahsulot darajasigacha yetkazish;

b) eksport potensialini rivojlantirishga mo’ljallangan rentabelli,

yuqori texnologiyali va resurslarni tejovchi ishlab chiqarishlarni tashkil eitsh;

v) kommunikasiyalar, sug’orish va ishlab chiqarish infratuzilmasining

zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;

g) iste’mol bozorini eng zarur tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirish; 2. Noishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar bo’yicha:

a) aholining ijtimoiy infratuzilmalar xizmatlariga bo’lgan birinchi

navbatdagi ehtiyojlarini qondirish;

b) noishlab chiqarish infratuzilmalari xizmatlari sifatini oshirish va

ular bilan aholini qamrab olishni ko’paytirish.

Bunda Dasturga kiritish uchun:

xorijiy investisiyalar va kreditlar ishtirokida amalga oshiriladigan

loyihalar;

qishloq joylarda va ishchi kuchi ortiqcha bo’lgan mintaqalarda

joylashtiriladigan loyihalar; eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarish loyihalari ustuvorlik huquqidan

foydalanadilar.

O’zbekistonda investisiya dasturining ustuvorliklarini belgilashda va mamlakatimizga chet el kapitalini jalb etishda davlatning ustuvorligi saqlanib qolmoqda.

O’zbekiston Respublikasi investisiya dasturi respublikani ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investisiya siyosatining ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi. Shu bilan birga, investisiya dasturi loyiha–qidiruv ishlaridan boshlab mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umumdavlat dasturlari bajarilishini ta’minlash uchun obyektni foydalanishga topshirishgacha bo’lgan bosqichlarni hisobga olgan holda, investisiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini va moliyalashtirish manbalarini hisobga olib, har yili dasturning asosiy ko’rsatkichlari aniqlashtirilgan va aniq ro’yxati yangilangan holda 3 yillik davrga shakllantiriladi.

Investisiya dasturini ishlab chiqishda yirik va o’ta muhim loyihalar alohida, katta bo’lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, qishloq vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).

Investisiya dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.

O’zbekiston Respublikasi investisiya dasturida nazarda tutilgan kapital qurilishni mablag’ bilan ta’minlash va uni kreditlash ishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorida ko’rsatilgan tadbirga asosan amalga oshiriladi. Unga muvofiq Investisiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag’ bilan ta’minlash har qaysi obyekt bo’yicha ajratilgan qo’yilmalar limitlar doirasida qat’iy amal qilgan holda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishning aniq mo’ljalli ro’yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro’yxati asosida amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi investisiya dasturi - bu davlat tomonidan xorijiy investisiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora–tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investisiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.

Dasturning aniq ro’yxatiga markazlashtirilgan manbalar, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investisiya loyihalari kiritiladi.

Aniq dasturni shakllantirish jarayoni har bir loyiha bo’yicha batafsil axborot tayyorlash, loyihani ustuvorligi bo’yicha tanlab olish va ro’yxatni shakllantirishdan iborat bo’ladi.

Dasturning yig’ma ro’yxatiga vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Toshkent shahar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxona va tashkilotlarning ustuvor investisiya takliflari kiritiladi. Buyutmachilar tasdiqlangan investisiya dasturi asosida vakolatli banklarda moliyalashtirishni rasmiylashtirish uchun har yili qurilishlarning aniq ro’yxatini va Dasturini amalga oshirishning ikkinchi va uchinchi yillariga kiritilgan obyektlar bo’yicha loyiha-qidiruv ishlarini aniq ro’yxatini aniqlashtiradilar.

Markazlashtirilgan manbalar va davlat korxonalari mablag’lari hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarining aniq ro’yxatlari Iqtisodiyot Vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda investorlar

(buyurtmachilar)tomonidan tasdiqlanadi. Boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro’yxatlari, investorlar (buyurtmachi) tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.

Kredit resurslarni jalb etgan holda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarining aniq ro’yxatlari tegishli kredit shartnomasi yoki kreditlovchi bankning yozma roziligi mavjud bo’lganda tasdiqlanadi. Qurilishning aniq ro’yxati birinchi yil mobaynida tanlov savdolari yoki yirik va strategik muhim investisiya loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish Kengashining alohida qarorlari bo’yicha aniqlashtirilishi mumkin. Istisno hollarda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tanlov savdolari natijalariga ko’ra «boshqa xarajatlar» limiti hisobiga asbob-uskunalar xarid qilish limiti aniqlashtirilishiga yo’l qo’yiladi.

Qurilishning titul ro’yxati tasdiqlangan limitlar doirasida qurilishning butun davriga tuziladi va Dastur tasdiqlangandan keyin 2 oydan kechiktirmasdan tanlov savdolari natijalariga ko’ra shakllantiriladi.

Dasturdagi qurilishning titul ro’yxati investor (buyurtmachi) tomonidan pudratchi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

Qurilishning tasdiqlangan ro’yxatidagi kapital qo’yilmalar limitlarida qurilish-montaj ishlari, asbob-uskunalar xarid qilish, loyiha qidiruv ishlari xarajatlari (pudratchi buyurtmachilar xarajatlari alohida ko’rsatiladi) qurilish yillari bo’yicha taqsimlangan holda ajratib ko’rsatiladi.

Har bir davlat, birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasiga mamlakat va chet el investorlarini jalb qilish uchun harakat qilmog’i lozim. Ushbu maqsadda muayyan investisiya dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, tegishli investision muhit yaratiladi.

Bugungi kunda respuplikamizda yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar davlat byudjeti mablag’lari, halqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag’lari hisobiga, byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan moliyalashtirilar ekan, albatta bu mablag’larning qaytarilishi va ma’lum miqdorda ularning foyda bilan ta’minlanishi talab etiladi. Ushbu mablag’larning muayyan foyda bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va tahlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, mol yetkazib beruvchilar, xususan, lizing sug’urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loyihalarning monitoringi olib boriladi.

Davlat monitoringi Dasturga kiritilgan investisiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratining asosiy mexanizmi hisoblanadi.

Quyidagilar Dasturga kiritilgan investisiya loyihalari monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:


  • investisiya loyihalarining va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investisiyalar hisobiga ruyobga chiqarilayotgan investisiya loyihalarining o’z vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, investisiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, Dasturda nazarda tutilgan investisiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq masalalarning o’z vaqtida hal qilinishi uchun ularning javobgarligini oshirish;

  • loyihalarni amalga oshirishda paydo bo’ladigan muammoli masalalarni kuzatib borish va ularning tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlash;

  • investisiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Davlat monitoringi loyihalari Dasturga kiritilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Vazirlar Maxkamasining Investisiya dasturi departamenti tomonidan tashkil etiladi.

Axborot berish tartibi, muddatlari, shuningdek Davlat monitoringini amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasining investisiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’laglardan foydlanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida malakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi.

Ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi, iqtisodiy o’sish sur’atlari, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining ko’tarilishi va butun infrastrukturaning rivojlanishi ko’p jihatdan investisiya va investisiya dasturiga bog’liq.

Investisiya dasturi davlatning investisiya mablag’larini mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar qilish vazifasidan iboratdir. Tashkiliy-huquqiy jihatdan davlat siyosatining bu sohasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatnining maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir.

Investisiya dasturining tashqi tomoni ham bo’lib, u xalq xo’jaligini zamonaviy texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini hal etish uchun iqtisodiyotga chet el investisiyalarini jalb etishni o’z ichiga oladi. Bu vazifani qo’shma korxonalar barpo qilish, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri xorijiy xususiy investisiyalardan foydalanish yo’li bilan hal etish mumkin. Shu munosabat bilan xorijiy investisiyalarni huquqiy tartibga solish masalalari dolzarblashadi.

Aniq, samarador va qa’tiy rioya qilinadigan qonunlariga ega bo’lgan ochiq va liberal investisiya dasturi xorijiy investisiyalarni jalb etishning qudratli qurolidir. Bunday siyosatni ishlab chiqish respublikaning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolishi kerak.

Xorijiy investisiya faqat ishlab chiqarish va bozor rivojlangan sharoitda, ya’ni xalqaro bozordagi sarmoya eksporti bungacha mavjud bo’lgan tovarlar eksportidan yuqori bo’lganda paydo bo’ladi.

Davlat investisiya jarayonini tashkil qiluvchi va asosiy investor bo’lib xizmat qilishi kerak, ijtimoiy siyosat nuqtai nazaridan bu uning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Investisiyalarning miqdoriy o’sishi ichki investisiya dasturi (mablag’larni noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga safarbar qilish) vositasida ta’minlanadi. Investisiyalar sifatining o’sishi ichki (fan va texnika yutuqlarini tadbiq qilish) va tegishli tashqi investisiya dasturi (xorijiy investisiyalar – texnik tarkibi va xususiyatiga ko’ra yuqoriroq bo’lganlarini jalb etish) vositasida ta’minlanadi. Ichki investisiya dasturi ham tashqi investisiya dasturi, ham har ikkalasini investisiyalashning turli manbalaridan turli shakllardagi investisiyalarni jalb etish zaruriyatini nazarda tutadi.

Investisiya dasturining mohiyati va mazmuni eng qulay huquqiy vositalarni topish – investisiya jarayoni va investisiyani huquqiy tartibga solishdan iborat. Rasional investisiya dasturini amalga oshirayotgan davlat ixtiyorida huquqiy tartibga solishning ikki vositasi mavjud: milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy.

Davlatning tashqi investisiya dasturi huquqiy nuqtai nazardan xorijiy investisiyalar uchun qulay huquqiy muhit yaratishdan iborat bo’lib, bu milliy huquqiy tartibot, milliy huquqiy shakllar va normalardan (qonunlar va boshqa me’yoriy aktlar) hamda xalqaro-huquqiy tartibot, xalqaro-huquqiy shakl va normalardan (ikki va ko’p tomonlama shartnomalar va bitimlar) foydalanishni nazarda tutadi. Bularning barchasida ham ichki, ham tashqi investisiya siyosatlari hisobga olinishi shart.

Investisiya dasturining aniq maqsadga yo’naltirilgan va ilmiy asoslangan asosiy vazifasi (funksiyasi) davlatning jamiyatda moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun investisiya mablag’larini safarbar qilish bo’yicha faoliyat yuritishidan iborat.

Investisiya faoliyati – bu investisiya kiritish va investisiyalarni amalga oshirish bo’yicha olib boriladigan amaliy harakatlarning yig’indisidir.

Investisiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investisiya munosabatlari subyektlarining (davlatlar, huquqiy va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy) investisiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. Investisiya faoliyati esa uning subyektlarining investisiyani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.

Davlat fuqaroviy va xalqaro xususiy huquq subyektlarining birortasi ega bo’lmagan xususiyatga ega. U bir vaqtning o’zida jamoat hokimiyatining egasi (ichki va tashqi siyosat yo’nalishlarini belgilaydi, davlat strategik dasturlarini, shu jumladan iqtisodiyotning strategik masalalarini hal etishga qaratilgan investisiya dasturlarini qabul qiladi) va xususiy huquq munosabatlari qatnashchisi (bu yerda uning investisiya faoliyatida ishtirok etishi ham nazarda tutilgan) hisoblanadi.

Shunday qilib, investisiya faoliyati tushunchasi investisiya dasturi tushunchasining tarkibiy qismi bo’lib, buni O’zbekiston Respublikasi «Investisiya faoliyati haqida»gi qonunning 14 va 15 moddalarida yorqin aks ettirgan.

Investisiya dasturi tovar-pul munosabatlarini takomillashtirish sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur siyosat rivojlangan tovar-pul munosabatlarida uncha katta ahamiyatga ega emas. Chunki o’z-o’zini boshqaruvchi iqtisodiyot sharoitida investisiya dasturi asosan tartibga soluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.

Ustuvor yo’nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchi ustuvor yo’nalish – ommaviy turar joy qurilishi;

ikkinchi ustuvor yo’nalish – zamonaviy kommunikasiya vositalari, transport va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va informasiya tarmoqlarini yaratish va modernizasiya qilish; uchinchi ustuvor yo’nalish – yuqori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jahon bozorlarida raqobatbardosh, import mollarining o’rnini bosa oladigan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish.

to’rtinchi ustuvor yo’nalish – zahiralarni tejovchi, ekologik toza texnologiyalar. Mineral boyliklarni yer ostidan qazib olish va tabiiy xom ashyoni to’liq va kompleks qayta ishlash uchun eng yangi fan-texnika yutuqlaridan foydalanish.

beshinchi ustuvor yo’nalish – fermerlik va dehqon xo’jaliklari tarmog’i, ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, transportirovka qilish, sotish va shifobaxsh qo’shilmalari bo’lgan ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha andozalarga amal qilgan holda nazorat qilish texnologiyasini o’zlashtirib olgan qayta ishlovchi va savdo korxonalarining ko’magi asosida ekologik toza oziqovqat mahsulotlarini chiqarish

Kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni yaratish va ularni kupaytirish uchun foydalanadigan mablag’ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga shakllantiriladi. Kapital qo’yilmalar ko’rsatkichlari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilda va prognozlashtirilayotgan yillarda sur’at, qurilishi tugallanmagan va ishga tushiriladigan obyektlar bo’yicha ishlar hajmi ajratib ko’rsatilgan holda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish qurilishlari bo’yicha ishlab chiqiladi.

Prognozda markazlashgan va markazlashmagan kapital qo’yilmalar manbalari hisobga olinishi zarur:

a) Markazlashgan kapital qo’yilmalar. U o’z navbatida quyidagilarni o’z

ichiga oladi:



  • davlat byudjet va nobyudjet fondlarining mablag’lari;

  • davlat kafolati asosida beriladigan chet el kreditlari va investisiyalari.

b) Markazlashmagan kapital qo’yilmalar:

Markazlashtirilgan investisiyalar hajmlari quyidagilar hisobiga belgilanadi:

  • Davlat byudjeti va davlat byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari – O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirish chog’ida belgilangan tartibda va yig’ma byudjet tarkibida tasdiqlanadi;

  • Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy investisiyalar va kreditlar – alohida ustuvor investisiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha Vazirlar Maxkamasi qarorlariga muvofiq.

Markazlashtirilgan investisiyalar qoidaga ko’ra, quyidagilarga ajratiladi:

− respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha investisiya loyihalarini, davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;

− nomi ko’rsatilgan uy-joy qurilishiga;

− yangi yerlarni o’zlashtirish va sug’oriladigan yerlarni tiklash, suv xo’jaligi qurilishi va kichik gidroenergetikani rivojlantirishga;

− aholi yashash joylarining, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilgan uyjoy mavzelarining muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;

− maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari obyektlari qurilishiga;

− davlat boshqaruv organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;

− davlat ilmiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;

− tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan ximoya qilish inshootlari qurilishiga.

Taqqoslama ro’yxat investisiyalarni jalb qilishga qaratilgan muhim yo’nalishlarni ko’rsatuvchi prospekt hisoblanadi. Taqqoslama ro’yxatga kiritilgan investisiya bo’yicha:

− doim monitoring va dastur tuzishning har bir bosqichiga injinering kuzatuvlaridan o’tadi;

− davlat kafolati ostida chet el kredit liniyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

Investision loyihalarning manziliy dasturi har yili ishlab chiqilib, moliyalashning asosiy manbalari asosida investision loyihalarning kerakli ro’yxatini o’z ichiga oladi.

Investision loyihalarning manziliy dasturiga kiritishning zarur shartlari mavjud:

texnik-iqtisodiy asoslarning mavjudligi;

shartnomada ko’rsatilgan kreditlarning vaqtida qoplanganligi va

moliyalashtirish manbalari tasdig’ining mavjudligi ham zarur.

O’zbekiston Respublikisi Vazirlar Mahkamasining 420-sonli «O’zbekiston Respublikasi investisiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish bo’yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida»gi qarori ishlab chiqildi. Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi investision dasturi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning muhim qismi bo’lib, davlat investisiya siyosatining asosiy yo’nalishlarini aks ettiradi. Dasturning asosiy maqsadi bo’lib, O’zbekiston iqtisodiyotini dinamik rivojlanishiga, zarur strukturaviy o’zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyotga yo’naltirilgan investisiyalar asosida jahon iqtisodiy tizimiga keng integrasiyalashuv, tabiiy mineral xom-ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga erishish hisoblanadi. Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:

kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari yordamida prognoz

qilish; muhim investision takliflarning taqqoslama ro’yxati; investision loyihalarning manziliy dasturi.

Dastur quyidagilarni amalga oshirishga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalar prognozini o’z ichiga oladi:

− tabiiy mineral xom-ashyo moliyaviy moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning samarasini oshirish;

− davlat byudjeti respublikaning ichki va tashqi qarzdorligi bilan bog’liqligi;

− moliyaviy mablag’lar bilan tasdiqlangan obyektlarni va kreditlar qaytarilishi, shuningdek, qurilish va qurish materiallari sanoatidagi kuchlarning balanslashtirishni kiritish;

− iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslangan yangi korxonalarni joylashtirish va regionlarning kompleks rivojlanishini hisobga olgan holda faoliyat yurituvchi korxonalarda qo’shimcha kuchlarni yaratish hamda ishlab chiqarish, noishlab chiqarish infrastrukturasidagi va mehnat resurslaridagi tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish.

O’zbekiston Respublikasida investisiya dasturini moliyalashtirishda asosan xorijiy investisiyalar katta o’rin egallaydi. Bundan tashqari byudjet va byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari ham alohida o’rin egallaydi.

O’zbekiston Respublikasi Investisiya dasturini amalga oshirishda dunyoning 25 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etmoqda. Investisiyalarni jalb etish vazifasini davlatimiz ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish asosida haqiqiy mulkdorlikni shakllantirish bilan bog’laydi.

Xorijiy investorlar O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi ko’rinishlarda investisiyalarni amalga oshirishlari mumkin:



  1. pul (konvertasiya bo’luvchi valyuta, O’zbekiston Respublikasi valyutasi – xorijiy investor tomonidan reinvestisiya qilingan holda reinvestisiyaning birlamchi investisiya obyekti va boshqa obyektlariga O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tarzda) va boshqa moliyaviy mablag’lar, shu jumladan kreditlar, paylar, aksiyalar va bozor narxi bo’yicha konvertasiya bo’luvchi valyutada ifodalangan boshqa qimmatbaho qog’ozlar;

  2. har qanday ko’chmas va ko’chuvchi mulk (qurilishlar, binolar, uskunalar va iste’mol tovarlari hamda sotishga mo’ljallangan tovarlardan tashqari boshqa moddiy boyliklar) va ular bilan bog’liq mulkka egalik huquqlari;

  3. narxlari konvertasiya bo’luvchi valyutada investor mamlakatning qonunlari yoki xalqaro savdo qoidalariga muvofiq tarzda tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasining ekespert bahosidan o’tgan har qanday intellektual mulk huquqlari, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi hududida legalizasiya qilingan mualliflik huquqlari, kashfiyotchilik huquqlari, tovar va xizmat belgilari, “nou-xau”, foydali modellar, sanoat namunalari va boshqalar.

  4. qonunchilik yoki shartnomalarga muvofiq berilgan va narxlari investor mamlakatning qonunchiligi yoki xalqaro savdo qoidalari bilan konvertasiyalanuvchi valyutada tasdiqlangan xo’jalik ishlari bilan shug’ullanish, shu jumladan, tabiiy boyliklarni razvedka qilish, ishlab chiqish qazib olish yoki ekspluatasiya qilish huquqlari.

Mazkur moddada ko’rsatilgan xorijiy investisiya turlarini taqiqlash va cheklash faqat O’zbekiston Respublikasi qonunlariga mos ravishda to’g’ridanto’g’ri yoki istisno shaklida amalga oshirilishi mumkin.

chizma

DAVLAT INVESTISIYa DASTURLARI doirasida xorijiy sarmoyalarni jalb etish dinamikasi



Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish