Bank “MasterCard”, “Visa International” va “Union Pay International” to‘lov tizimlarining to‘liq huquqiy qatnashchisi hisoblanadi. Bu bankning terminal va bankomatlari orqali dunyodagi asosiy to‘lov tizimarining istalgan kartalariga xizmat ko‘rsatsh imkonini beradi “ Islom korporatsiyasi” bankka xususiy sektorni rivojlantirish uchun 12 mln. dollarlik loyihalarini moliyalashtirdi
“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan bankning uzoq muddatli kredit reytingiga “B” darajasi, qisqa muddatli kredit reytingiga “B” darajasi berildi, reyting o‘zgarishi prognozi “Barqaror” deb belgilandi.
Orient Finans Bankning moliyaviy hisobotlari, xalqaro buxgalteriya standartlariga muvofiq, xalqaro audit kompaniyasi “Deloitte & Touche” tomonidan ijobiy baholanadi
Milliy bank Ochiq manbalarda tez-tez O’zbekiston Milliy banki (O’zmilliybank) sifatida paydo bo’lgan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati respublikadagi eng katta aktivlarga ega bo’lgan eng yirik bank muassasasidir. Tashkil etilgan sana – 1991 yil 7 sentabr O’zbekiston hududida 74 ta filial va bo’limlari mavjud. Bosh ofis Toshkent shahrida joylashgan Bank aktivlari 70 000 mlrd so’m O’zmilliybank universal bank bo’lib, mijozlarga keng turdagi xizmatlarni taqdim etadi. Jismoniy shaxslar uchun barcha turdagi mahsulotlar mavjud: iste’mol kreditlari, avtokreditlar, ipoteka kreditlari, ta’lim kreditlari, turli xil depozitlar. Pul o’tkazish xizmatiga talab katta, chunki mamlakatning ko’plab fuqarolari chet elda ishlashadi va ko’pincha uylariga pul yuborishadi.
"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ o‘z faoliyatini 29 yil davomida amalga oshirib, O‘zbekistonning eng yirik banklaridan biriga aylandi. Ushbu moliya instituti faoliyatining barqarorligi “Standard & Poor’s”, “MOODY’S”, “Fitch” kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari baholari bilan tasdiqlaniladi.
2020 yil 9 iyun kuni “Standard & Poor’s” agentligi O‘zmilliybankka "Salbiy" prognozi bilan BB-/B darajasida kredit reytingini taqdim qildi. Ushbu “Salbiy” prognoz agentlik tomonidan O‘zbekistonning suveren reytingi prognozi yil boshida qayta ko‘rib chiqilgani hisobida berilgan.
2020 yil 28 iyul kuni “MOODY’S” agentligi O‘zmilliybankiga "B1" darajada milliy valyutada va "B2" darajada xorijiy valyutada uzoq muddatli reyting depozitlarini taqdim etdi.
Depozitlar reytingi bo‘yicha prognoz - "barqaror" bo‘lib, bu yaqin 12 oy davomida O‘zmilliybankning barqaror bozor pozisiyasini va moliyaviy ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi.
O‘z navbatida, Fitch Ratings agentligi 2020 yil 19 avgust kuni emitent defolti bo‘yicha O‘zmilliybankka "Barqaror" prognozi bilan «BB-» uzoq muddatli reyting va "B" qisqa muddatli reytinglarni taqdim etdi. "Barqaror" prognozi suveren reyting bo‘yicha prognozni aks ettiradi.
Hozirgi vaqtda bankning joylashtirilgan aksiyalari - nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan 12 209 350 962 dona oddiy aksiyalardan iborat. Joylashtirilgan aksiyalarning umumiy qiymati 12 209 350 962 000 so‘mni tashkil etadi.
Bank aksiyadorlarining tarkibi quyidagicha:
O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi – 4 972 047 182 dona nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan, egasining nomi yozilgan 4 972 047 182 000 so‘mlik oddiy aksiyalar (ulushi 40,7%);
O‘zbеkiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi – 7 237 303 780 dona nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan, egasining nomi yozilgan 7 237 303 780 000 so‘mlik oddiy aksiyalar (ulushi 59,3%).
Do'stlaringiz bilan baham: |