10-bob. Xalqaro hamkorlik 143. Professional ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ta’lim, ilmiy va boshqa faoliyat sohalarida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
Professional ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi xorijiy jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ham amalga oshiriladi.
144. Professional ta’lim muassasalarida xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirilishi va hamkorlikda qo‘shma bo‘limlar (fakultetlar) belgilangan tartibda tashkil etilishi mumkin.
145. Professional ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
146. Belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari xodimlari xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy davlatlarga malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb etilishi mumkin.
147. Professional ta’lim muassasalari xorijiy davlatlarning fuqarolariga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish va rivojlantirish uchun belgilangan tartibda mazkur davlatlar fuqarolari o‘rtasida kasbga yo‘naltirish tadbirlarini tashkil etishi mumkin.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 148. Professional ta’lim muassasalarida o‘quv yuklamalarining hajmi va taqsimoti bo‘yicha boshqa me’yorlar davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va malaka talablarida belgilanadi.
(148-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) 149. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkiliy-huquqiy shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha professional ta’lim muassasalari har chorak yakuni bo‘yicha o‘quvchilar harakati va faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar hamda o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni tegishli Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga va boshqarmalar Vazirlikka taqdim etadi.
150. Professional ta’lim muassasalarini qayta tashkil etish yoki tugatishda mazkur professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari Vazirlik tomonidan boshqa professional ta’lim muassasalariga o‘tkazish va amaldagi ta’lim dasturlari asosida o‘qishni tamomlashga sharoit yaratish choralari ko‘riladi.
151. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qaroriga
2-ILOVA