4-bob. Komissiyaning ish tartibi
16. Komissiya faoliyati qarorlar mas’uliyatlilik, oshkoralik va kollegiallik asosida muhokama qilish va qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
17. Komissiya o‘z faoliyatida qonunchilik va ushbu Nizomga amal qiladi.
18. Komissiya a’zosini almashtirishga faqat Qo‘mita raisining qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
19. Komissiya, agar uning majlisida komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa (kvorum), o‘z funksiyalarini amalga oshirishda qonuniy huquqqa ega bo‘ladi.
Komissiya a’zolari komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida o‘z vaqtida xabardor qilinishi lozim. Komissiya a’zolari tomonidan sirtdan ovoz berish yoki so‘rov yo‘li bilan qaror qabul qilinishi mumkin.
20. Quyidagilar Komissiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
a) turizm sohasi subyektlarining arizalarini (ma’lumotlarini, hujjatlarini) ko‘rib chiqish, baholash va taqqoslash;
b) tanlovda qatnashishga ruxsat berish yoki o‘rnatilgan talablarga javob bermaydigan arizalarni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
v) majlis natijalari bo‘yicha bayonnomalarni to‘ldirish.
21. Komissiya a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
a) barcha taqdim etilgan hujjatlar va tanlov materiallari bilan tanishish;
b) komissiya majlisida so‘zga chiqish va bayonnomalarning to‘g‘riligini tekshirish.
22. Komissiya a’zolari:
a) qonunchilik va ushbu Nizom talablariga rioya qilish;
b) komissiya majlislarida shaxsan ishtirok etish;
v) turizm sohasi subyektlarining arizalarida va boshqa hujjatlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashlari shart.
23. Komissiyaga komissiya raisi rahbarlik qiladi. Komissiya raisi komissiya ishining tashkil etilishi uchun javobgardir. Komissiya raisi bo‘lmagan davrda uning majburiyatlarini komissiya raisining o‘rinbosari bajaradi.
Komissiya majlisida rais quyidagilarni amalga oshiradi:
a) komissiyaning ishiga umumiy rahbarlik qiladi;
b) komissiya majlisini o‘tkazish vaqtini tasdiqlaydi;
v) komissiya majlisi qonuniy huquqqa egaligini e’lon qiladi yoki komissiya a’zolarining zarur soni mavjud emasligi tufayli uni ko‘chirish to‘g‘risida qaror chiqaradi;
g) komissiya majlisini ochadi va olib boradi, tanaffuslarni e’lon qiladi;
d) kun tartibini e’lon qiladi;
e) muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi;
j) so‘zga chiquvchilarga so‘z beradi;
z) komissiya a’zolarining takliflarini va qabul qilinayotgan qarorlarning loyihalarini ovozga qo‘yadi, ovoz berishga yakun chiqaradi va qabul qilingan qarorlarni e’lon qiladi;
k) zarurat tug‘ilganda, ishga ekspert jalb qilish masalasini komissiya muhokamasiga qo‘yadi;
l) majlislar davomida tuziladigan bayonnomalarni imzolaydi;
m) qonunchilik va ushbu Nizomga muvofiq ravishda boshqa ishlarni amalga oshiradi.
24. Komissiya turizm sohasi subyektlarining arizalarida taqdim qilingan ma’lumotlarga tayanib, shuningdek, olingan ma’lumotlardan kelib chiqib va ekspertlar jalb qilinsa, ularning fikrini e’tiborga olib, qaror qabul qiladi.
25. Komissiya qarori kvorum mavjud bo‘lganda, majlisda qatnashayotgan komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
26. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Komissiya raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnoma majlisda ishtirok etayotgan barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |