Faol va ekstremal turizmni rivojlantirish maqsadida ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shuningdek boshqa tog‘li hududlarda amalga oshiriladigan ekskursiyaning boshlanish qismida tashrif markazlari (visitor center) faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Bunda:
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalar balansiga yer uchastkalarini ajratish;
mahalliy kengashlar tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda tashrif markazi hududiga kirish to‘lovlarini joriy qilish va uni Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltirish;
tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda turistlarga xizmatlar (yo‘riqchi-yo‘lboshlovchi xizmatlarini ko‘rsatish, tegishli anjomlarni ijaraga berish va boshqalar) ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish va boshqalar.
|