O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 311,81 Kb.
bet3/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Bog'liq
14-savol

Oldingi tahrirga qarang.

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlarini hisobga olgan holda “Turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.



(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida Xavfsiz turizm jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi PF-6002-son Farmoniga asosan turizm sohasining subyektlariga taqdim etiladigan foizsiz subsidiya, kompensatsiya va foizsiz ssudalar uchun budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar hamda Jamg‘armaga Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining mablag‘lari hisobot yilida foydalanilmaganda olib qo‘yilmaydi va keyinchalik Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish uchun belgilangan tartibda va maqsadlarda foydalaniladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Jamg‘armaga tushadigan mablag‘larni tijorat banklarida ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamg‘arib borish hamda vaqtincha bo‘sh mablag‘larni depozitga joylashtirish vakolati beriladi.



(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

8. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi uch oy muddatda:

turoperatorlik faoliyati uchun berilgan litsenziyalarni xatlovdan o‘tkazsin va yakuniga ko‘ra turoperator va turagentlar faoliyatlarini amalda bo‘lgan litsenziyalariga asosan alohida faoliyatlarga ajratishni ta’minlasin;

turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun mazkur qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil etsin;

xostel xizmatlarining muvofiqlik sertifikatlarini xatlovdan o‘tkazib, ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritsin.

9. Belgilansinki, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga (keyingi o‘rinlarda — Universitet deb ataladi) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, har o‘quv yili uchun Davlat test markazi veb-sayti orqali bakalavriatga va Universitet tomonidan magistraturaga amalga oshiriladigan qabul jarayonlarida, istisno tariqasida, xorijiy tillar (ingliz tili) bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida V2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (V2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari rasmiylashtirilishiga ruxsat etiladi.

10. Samarqand viloyati hokimligi bir hafta muddatda:

Samarqand viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bilan birgalikda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektoratini Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 20-uy manzilida joylashgan binoga (tutash hududi bilan birgalikda) operativ boshqaruv huquqi bilan beg‘araz asosda topshirilishini, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti qabul qilib olinishini;

Samarqand Harbiy prokuraturasi bilan birgalikda Samarqand shahri Bobir Mirzo ko‘chasi 3-uy manzilida joylashgan ma’muriy bino (bino va inshootlari)ni o‘rnatilgan tartibda “Ipak yo‘li ofisi” unitar korxonasi tasarrufiga beg‘araz asosda topshirilishini, “Ipak yo‘li ofisi” unitar korxonasi ma’muriy binoni qabul qilib olinishi hamda undan samarali foydalanilishini ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tegishli Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur shoh ko‘chasi, 107 “b”-uy manzilida joylashgan ma’muriy binoning tutash hududidagi yer usti va osti avtoturargohi, dov-daraxtlar, kirish yo‘laklari operativ boshqaruv huquqi bilan “Interhotel” MChJ va “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini beriladigan mol-mulkning qoldiq (balans) qiymatiga kamaytirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bepul berilishi ta’minlansin.

12. Belgilansinki, “Otel O’zbekiston” qo‘shma korxona shaklidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatining ustav fondidagi 80,13 foiz davlat ulushini sotishdan tushgan mablag‘larning bir qismi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya qilish va xususiylashtirish bo‘yicha jamg‘arma tasarrufida qoladigan mablag‘laridan tashqari, imzolangan bitimga muvofiq “Shahrisabz yulduzi” mehmonxona kompleksi qurilishi uchun Polsha Hukumati tomonidan ajratilgan kreditni so‘ndirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qilgan xarajatlarni qoplash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobiga yo‘naltiriladi.

13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 20-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 21-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

16. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror hamda turizm sohasida yaratilgan imkoniyatlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.

17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.




Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish