turoperator xizmatlari — turistik mahsulotni targ‘ib qilish va realizatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar (tashish, joylashtirish, ovqatlanish, axborotga oid xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar majmui (shu jumladan gid (ekskursiya yetakchisi), gid-tarjimon va (yoki) yo‘riqchi-yo‘l boshlovchining xizmatlari) va shartnoma bo‘yicha ko‘rsatiladigan boshqa turistik xizmatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
3. Joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida ko‘rsatish mumkin.
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 3-marta (har 1,5 yilda) inspeksiya nazoratini o‘tkazgan holda besh yildan iborat bo‘ladi.
Turoperator xizmatlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari (restoranlar) xizmatlari va turistlarga transport xizmatini ko‘rsatish xizmatlari uchun ixtiyoriylik asosida berilgan sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 1-marta (har 2,5 yilda) inspeksiya nazoratini o‘tkazgan holda besh yildan iborat bo‘ladi.
Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Amaldagi sertifikatsiz joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son)
4. Turoperator, joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlar xizmatlarini sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek, sertifikatlashtirilgan xizmatlarining standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar (keyingi o‘rinlarda — normativ hujjat) talablariga muvofiqligining inspeksiya nazoratini o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasining Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan amalga oshiriladi.
5. Turistik xizmatlarning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
6. Oilaviy mehmon uylari va xostellar xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, oilaviy mehmon uylari va xostellarni o‘rganish dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |