Bog'liq O`zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish mmmmmmmm
Ammo tabiat yaratgan boyliklar shunchalik ko`pligiga qaramay, ulardan foydalanish O`zbekistonda hozirgi kun talabi darajasida emas. Aholining ekologik saviyasi pastligi, ekologik ta'lim-tarbiyaning kech yo`lga qo`yilishi va haligacha kerakli natijani beraolmayotganligi tabiiy resurslardan fodylanishning barcha qirralarida hamon o`z ta'sirini saqlab kelmoqda.
Oqibatida ular dam olish joylarida yeb-ichishdan bo`shagan idishlar va boshqa keraksiz predmetlardan iborat axlat buyumlarini qoldirishadi. Ular shuningdek bilib-bilmay kamyob va nodir o`simliklarni yig`ish bilan ham tabiatga shikast yetkazishadi. Kaltakesak, echkiemar va ilonlarning ta'qib qilinishi ham xalqimizda ekologik saviyaning pastligidan dalolat beradi. Atrofimizda uchrab turadigan bu va shunga o`xshash hodisalar maorif tizimidagi yaxshilash zarurligi masalasini ko`ndalang qilib qo`yadi.

Tabiatning yer, suv va boshka resurslaridan foydalanishda ham ekologik madaniyatning pastligi sezilib turadi. Respublika maydonining katta qismi (52,3%) yaylovlar bo`lgani holda ulardan foydalanish mutlaqo qoniqarsiz ahvolda. Chorvachilik to`g`ri yo`lga qo`yilgan mamlakatlarda yaylovdan sxema usulida foydalanish bundan necha o`nlab yillar oldin tashkil qilingan bo`lsada bunaqangi tartib bizning chorvachiligimizga hanuzgacha kirib kelgan emas.
Respublikada dehqonchilik madaniyatini talab darajasida deb bo`lmaydi. Sug`oriladigan maydonlarning katta qismi cho`l hududlariga chegaradoshligi va bu hududlardan tez-tez kuchli shamol va yozning garmsellari esib turishga qaramasdan shamollarga to`siq bo`luvchi ixota daraxtzorlari yaratishga e'tibor kam. Keyingi yillarda o`rmon xo`jaligi tizimida yangi ixotazorlar barpo qilish an'analari qariyb unutilib qo`yilmoqda. Eski daraxtzorlar esa allaqachon yo`qotilib, ulardan bo`shagan parcha yer ham xo`jaliklar tomonidan ekinzorga aylantirilib yuborilgan. Bu masalada bizdan ko`ra «soddaroq» va «savodi pastroq» bo`lgan ota-bobolarimizning yerlar atrofi va ariqlar bo`yida daraxtzorlar barpo qilishdek udumlarini saqlab qolaolmadik. Har yili hukumat qarorlari bilan e'lon qilinayotgan ko`chat o`tkazish oyliklari va bu oyliklar davomida statistika hisobotlari bo`yicha o`tkazilgan millionlab ko`chatlar O`zbekistonni hozirgacha serdaraxt o`lkaga aylantirmadi. Ammo keyingi yillarda shahar va qishloqlarni obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishida biroz olga siljishlar ko`zga tashlanmoqda. Bu esa yaqin kelajakda o`z mahsulini berajak.