. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur Qonun “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2007-yil 15-yanvardagi Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan.
1-modda. Ommaviy axborot vositalari
Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.
Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin.
2-modda. Ommaviy axborot vositalari erkinligi: O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
4-modda. Senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi: O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q.
5-modda. Ommaviy axborot vositalarining tili: O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatini Davlat tili haqidagi Qonunga muvofiq amalga oshiradi.
10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik
Ommaviy axborot vositasi xabar, ma’lumot, fakt yoki dalillar taqdim etgan manbaning yoki taxallusini qo‘ygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oshkor etishga haqli emas.
Ommaviy axborot vositasi axborot manbaining yoki taxallusini qo‘ygan muallifning iltimosiga binoan sudda uning nomidan ishtirok etishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonida “Davlat organlari, xo’jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorligi yetarli darajada yo’lga qo’yilmagan”i qayd etilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta‘minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o’zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha bo’linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta‘minlash orqali ko’maklashish vazifasi ham yuklatildi. Bu vazifalar to’la-to’kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas‘uldirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |