O`zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi. Konstitutsiya normalarining to`g`ridan-to`g`ri amal qilishi



Download 89 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi89 Kb.
#11819

Aim.uz

O`zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi. Konstitutsiya normalarining to`g`ridan-to`g`ri amal qilishi

Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta'minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo`lib, u O`zbekistonda davlat-huquqiy qurilishining eng asosiy prinsipi hamdir. "Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bunda barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq bo`lishi talab etiladi"1[10].

Ulug` bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday: "Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo`ladi". O`zbekiston Konstitutsiyasida Konstitutsiya davlatimizning eng Asosiy Qonuni ekanligi, u boshqa barcha qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlardan yuqori turishi quyidagicha belgilangan: "O`zbekiston Respublikasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so`zsiz tan olinadi.

Konstitutsiya va qonun ustunligi davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, barcha jamoat birlashmalari va fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat olib borishini taqozo etadi. Bundan tashqari, bu konstitutsiyaviy tamoyil, barcha normativ huquqiy aktlar Konstitutsiyada mustaqkamlangan qoidalarga to`liq mos kelishini ham qat'iy talab etadi. Bu konstitutsiyaviy qoidaga to`la rioya etish mamlakatda qonunchilik va huquqiy tartibot, taraqqiyot va barqarorlik hukm surishiga olib keladi.

Shu munosabat bilan, qonun ustuvorligi haqida gap ketganda, avvalo bir xolat haqida ta'kidlab o`tish joiz. Ilmiy adabiyotda qonun ustuvorligi bilan huquq hukmronligi tushunchalarini ba'zan aralashtirib yuborish hollari mavjud. Aslida bular mohiyatan yaqin huquqiy hodisalar bo`lsada, har holda bir-biridan muayyan darajada farqlanishadi.

Huquq hukmronligi bu shunda ko`rinadiki, har qanday davlat, o`zi huquqiy normalar yaratar ekan, eng avvalo o`zi aynan shu huquqiy normalarga rioya etishi kerak, ya'ni amaldagi huquq normalari fuqarolar uchun qanchalik majburiy xarakterga ega bo`lsa, davlat uchun ham shunchalik majburiy xarakterga egadir.

Davlat hokimiyati qonunda belgilab qo`yilgan asoslarda va doiralarda harakat qilmog`i, davlat organlari esa, hech bir istisnosiz harakatdagi huquq normalariga bo`ysunmog`i lozim. Buning ma'nosi shuki, davlat organlari faqat qonun bergan vakolat doirasida harakat qilib, Konstitutsiyaga muvofiq uning kompetensiyasiga (huquq va majburiyatlar majmui) kiradigan qarorlarni qabul qilish va haraktlarni sodir etish huquqiga ega.

Huquq hukmronligi bu - davlatning, uning mansabdor shaxslarining, davlat organlarining, fuqarolarning va ularning turli tuzilmalarining faoliyati huquq bilan bog`liqligi, huquq asosida kechishidir.

Qonun ustuvorligi bu - muayyan bir davlatda amal qilib turgan huquqiy normalar, normativ-huquqiy hujjatlar ichida qonunning oliy yuridik kuchga ega ekanligi, barcha qonun osti aktlari qonunga mos kelishi lozimligidir.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi bobi huquqiy davlat barpo etishda muhim bo`lgan ushbu prinsipni o`zida mustahkamlagan: ”O`zbekiston Respublikasida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so`zsiz tan olinadi.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko`radilar”. (15 -modda.)

Oliy yuridik kuchga ega bo`lgan va O`zbekiston hududida bevosita to`g`ridan - to`g`ri amal qiladigan Konstitutsiyaning ustunligi shuni anglatadiki, O`zbekiston hududida qabul qilinadigan barcha qonunlar va boshqa normativ aktlar Konstitsiyaga zid kelmasligi, unga mos kelishi lozim. Davlat hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar, o`zini- boshqarish organlari, barcha boshqa tashkilot va tuzilmalar O`zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishlari kerak. Shu tariqa davlat faoliyati huquq va qonunlar bilan “bog`lab” qo`yiladi, ma'lum darajada cheklab qo`yiladi.

Qonunlarga rioya etish uchun ular rasmiy tarzda e'lon etilgan bo`lishi shart. Qonunlarning e'lon qilinishi- ularga rioya etishning shartidir, chunki e'lon qilinmagan qonun qo`llanilmaydi.1

Qonun ustuvorligi va huquq hukmronligi (“rull of low”) - huquqiy davlatning eng muhim tamoyillaridan, tavsiflaridan biri hisoblanadi. Biroq, biz yuqorida ham ta'kidlaganimizdek, qonun ustuvorligi bilan huquq ustuvorligi bir narsa emas. Chunki har qanday qonun doimo huquqiy harakterga ega bo`lmasligi mumkin, ya'ni o`zida insonga huquq beradigan, uning erkinligi, real tengligi, ijtimoiy xavfsizligini ta'minlaydigan qoidani ifodalamasligi mumkin, shu bois doimo huquq va qonun tushunchasi bir-biriga mos kelmasligi mumkin.

Shu bois ham olimlar huquq ustuvorligi bilan qonun ustuvorligini alohida talqin etishlari ham bejiz emas, albatta. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, hatto huquq usutvorligi g`oyasining “yoshi” qonun ustuvorligi g`oyasinikidan ulug`roq, ya'ni undan oldinroq shakllangan. Qonun ustuvorligi g`oyasining mazmunini Konstitutsiyaning ustuvorligi, qonunni qabul qilishning va unga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritishning alohida tartiboti, muolijasi mavjudligi, qonunga barcha boshqa normativ-huquqiy aktlarning mos kelishi majburiyligi, qonunni amalga oshirish va uni muhofaza etishning maxsus mexanizmi mavjudligi, yaxlit qonunchilik tizimining ziddiyatsiz bo`lishini ta'minlaydigan konstitutsiyaviy nazoratning mavjudligi tashkil etadi.

Huquq ustunligi o`z ichiga quyidagilarni olishi kerak:

1. davlat va jamiyat hayotining barcha muhim masalalariga huquq va qonun nuqtai-nazaridan qarash va hal eitsh,

2. umuminsoniy axloqiy-huquqiy qadriyatlar va huquqning formal-regulyativ qadriyatlarini legitimli ommaviy hokimiy kuch bilan bilan uyg`unlashtirish,

3. davlat va jamoat organlarining har qanday qarorlarini g`oyaviy-huquqiy asoslash,

5. davlatda huquqning ifodalanishi va harakatini ta'minlashning ishonchli vositalari mexanizmi mavjudligi.2[11]

Huquq ustunligi haqida gapirganda, albatta, huquq va qonunning birligi tamoyiligini ham ta'kidlash lozim. Chunki bu huquqiy davlat qurish amaliyoti uchun juda muhim huquqiy masala. Zero huquqiy davlatda istalgan normativ -huquqiy akt nafaqat shakli, nomlanishi, qabul qilinish tartibi bo`yichagina emas, balki mazmuni va mohiyatiga qarab ham huquqiy qonun bo`lishi kerak.

Buning ma'nosi shuki, mazkur qonun, albatta o`zida insonning tabiiy huquqlarini jamlagan, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari borasidagi xalqaro andozalarga mos keladigan, qonunda belgilangan asos va tartibda shakllangan davlat organi tomonidan qabul qilingan bo`lishi kerak.

Chunki, hatto o`zida buyuk g`oyalarni ifodalagan qonun ham doimo huquqiy qonun bo`lavermasligi mumkin. Ma'lumki, qonunlar mazmunan iilg`or yoki qoloq, mantiqiy yoki ziddiyatli, adolatli yoki adolatsiz bo`lishi mumkin. Qonun ustuvorligi, shu bois, huquqiy davlatning tashqi, formal tarafi, aslida esa, huquqiy davlatning ichki, mazmuniy jihati bu - bevosita qonunlarning sifati va ichki mohiyatida namoyon bo`ladigan jihatidir, qisqasi haqiqiy demokratik davlatda qonun huquqga mazmun va mohiyatiga mos kelishi kerak.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko`radilar" (15-modda).

Konstitutsiya va qonunlar to`g`risida so`z ketar ekan, avvalo ularni bir-biridan farqini ajratib olish kerak. Konstitutsiya davlatning Asosiy Qonuni bo`lib, u boshqa joriy qonunlardan shu bilan farq qiladiki, unda eng asosiy, eng barqaror ijtimoiy munosabatlar, uzoq davrlarga mo`ljallangan asosiy qoidalar mustahkamlangan va bu qoidalar bevosita amal qilib, boshqa qonun chiqarish hujjatlarida ochib beriladi va konkretlashtiriladi. Shu sababli Konstitutsiya garchi muhim bo`lsada, lekin Asosiy Qonun doirasiga sig`maydigan bir qancha qoidalarni o`z ichiga olmaydi. Konstitutsiyada mavjud bo`lgan qoidalar negizida va ularni rivojlantira borib, zaruriyatga qarab boshqa qonunlar va o`zgacha me'yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Bunda barcha joriy qonunlarning huquqiy asosi, bosh manbai Konstitutsiya bo`lib qoladi. Konstitutsiya esa oliy yuridik kuchga ega bo`lib, boshqa barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar unga muvofiq kelishi lozim.

Konstitutsiyaning Asosiy Qonun sifatidagi ahamiyati, obro`-e'tibori, barqarorligi, uning oddiy qonunlardan farqi shu bilan belgilanadi. Bir so`z bilan aytganda, Konstitutsiyani qonunlar qonuni deyish mumkin. Shu bois O`zbekiston Konstitutsiyasida Konstitutsiyaning eng yuqori kuchga egaligi, hamma qonunlardan ustun turishi alohida e'tirof etilgan. Bunda faqat Konstitutsiyaninggina emas, balki uning asosida qabul qilinadigan qonunlarning ustunligi o`rnatiladi.

Yuqoridagi prinsip jamiyatimizda qonunchilik va huquqiy-tartibot tantanasini anglatadi. Qonunchilik-bu qonunlarning realligidan, jamiyatda chinakam demokratik muhit va haqiqiy huquqiy rejim o`rnatilganligidan dalolat beradi. Qonunchilik bu davlat tomonidan qonunlar tizimini jamiyat taraqqiyoti talablariga mos ravishda takomillashtirib borish va davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarga qat'iy rioya etish va ularni og`ishmay amalga oshirishda namoyon bo`ladigan davlat va jamiyat hayotining prinsipidir. Qonunchilik prinsipi qonunlarning hamma uchun istisnosiz majburiyligini, hammaning qonun oldida tengligini, qonunlarning hamma yerda bir xilda joriy qilinishini ham anglatadi.

Qonunchilik bilan huquqiy-tartibot bir-biridan farq qiladi. Qonunchilikning mazmuni huquqiy me'yorlarga qat'iy va og`ishmay rioya etishlarida ifodalansa, huquqiy-tartibot esa jamiyat a'zolarining yurish-turishlari, ularning subyektiv huquq va burchlariga muvofiq kelishida ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, huquqiy-tartibot huquqiy munosabatlar doirasida shu munosabatlarning ishtirokchilari o`z subyektiv huquqlarini amalga oshirishlari va huquqiy burchlarini bajarishlari natijasida vujudga keladi. Demak, qonunchilikni amalga oshirish huquqiy-tartibotni ta'minlash vositalaridan biri bo`lsa, huquqiy-tartibotni mustahkamlash esa, o`z navbatida qonunchilikni mustahkamlashga yordam beradi. Shu bois ular bir-biridan ajralmas bo`lishi lozim.

O`zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar oldida hamma teng darajada mas'uliyatga ega bo`lib, qonunlar ham o`z navbatida barchaga barobardir.

Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi qismida davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko`radilar, deb ko`rsatilgan. Davlat, uning organlari, jamoat birlashmalari Konstitutsiya va tegishli maxsus qonunlar asosida tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi. Ular Konstitutsiya va maxsus qonunlarda belgilangan vakolatlarnigina amalga oshiradilar. Mansabdor shaxslar va fuqarolar ham Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko`radilar. Yuqoridagilarning birontasi ham Konstitutsiya va qonunlardan tashqari ish ko`rishga haqli emas. Zero, Konstitutsiya va qonunlardan chetlab o`tish, ularning talablarini buzish g`ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Bunday harakatlar uchun esa maxsus qonunlarda tegishlicha javobgarliklar o`rnatilgan, sanksiyalar belgilangan.

Demokratiya huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunlarga og`ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitutsiyaning birorta qoidasi O`zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emasligi ham o`rnatilgan bo`ladi.

Demak, Konstitutsiyaning har bir moddasi hayotga tadbiq qilinayotganda xalq va davlat manfaatlariga zarar yetkazmaydigan tarzda talqin qilinishi zarur. Zero, Konstitutsiyaning o`zi xalq va davlat irodasining ifodasidir. Shuning uchun Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilishi kerak.

O`zbekiston Konstitutsiyasining birorta qoidasi O`zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.

Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda).

Shuningdek, Konstitutsiyaga ko`ra birorta ham qonun yoki boshqa me'yoriy-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Chunki Konstitutsiya davlatimizning Asosiy Qonuni bo`lib, u oliy yuridik kuchga ega bo`lgan qonunchilik hujjatidir, Konstitutsiya huquqning hamma tarmoqlari: fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, mehnat huquqi, ma'muriy huquq va hokazolar uchun qonunchilik bazasi bo`lib hisoblanadi. Davlat organlarining barcha qonunlari va me'yoriy-huquqiy hujjat Konstitutsiya asosida chiqarilib, uning qoidalariga xilof bo`lmasligi lozim.

Asosiy Qonunimizga binoan O`zbekiston tarixida birinchi marta Konstitutsiya maxsus tarzda muhofaza qilinadigan bo`ldi. Shu maqsadda Konstitutsiyaviy sud joriy qilindi. Bu organ qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mos kelishini tekshirib turadi. Konstitutsiyaviy sudning tashkil etilishi, vazifalari va vakolatlari haqida Konstitutsiyaning 108-109-moddalarida ma'lumotlar berilgan.



Shunday qilib, Prezident I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida ta'kidlaganidek, qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo`ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vazifasi, eng muhim sharti hisoblanadi.

1[10] Karimov I.A. O`sha joyda, 125-bet.

1 Qarang: N.Saburov. Qonunga itoatkor shaxs. T.: TDYUI nashriyoti . 2003. 7-10 betlar



2[11] Qarang: Z.Islomov. Obshestvo. Gosudarstvo. Pravo.T.:Adolat. 2001. 354-361 b;

Aim.uz


Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish