O`zbekiston Respublikasida kechayotgan taraqqiyot jarayonlari kundan-kunga tezlashmoqda


Madaniyat markazlarida tashkil etiladigan to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari va badiiy havaskorlik jamoalarining



Download 0,5 Mb.
bet9/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#247239
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
2 маъруза матн

Madaniyat markazlarida tashkil etiladigan to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari va badiiy havaskorlik jamoalarining

YO‘NALIShLARI



T/r

Yo‘nalishlar

To‘garaklar

1.

Ashula va raqs to‘garagi

2.

Xoreografiya, raqs to‘garagi

3.

Drama to‘garagi

4.

Vokal-cholg‘u to‘garagi

5.

Rubob to‘garagi

6.

G‘ijjak to‘garagi

7.

Yevropa zarbli cholg‘ulari (zarblilar majmuasi) to‘garagi

8.

Urma zarbli cholg‘ular (doira, nog‘ora va boshqalar) to‘garagi

9.

Tanbur to‘garagi

10.

Dutorchilar to‘garagi

11.

Karnay va surnay to‘garagi

12.

Xor, vokal va akademik to‘garagi

13.

Akkordeon to‘garagi

14.

Klassik gitara (akustik gitara) to‘garagi

15.

Filarmoniya (tarkibiga asosan)

16.

Makrame va to‘qish to‘garagi

17.

Kiyimni bichish va tikish (kashta) to‘garagi

18.

Pazandachilik to‘garagi

19.

Xalq cholg‘ulari ustaxonasi to‘garagi

20.

O‘ymakorlik (yog‘och va ganch o‘ymakorligi) to‘garagi

21.

Zargarlik to‘garagi

22.

Naqqoshlik to‘garagi

23.

Kulolchilik to‘garagi

24.

Lapar, alla, o‘lan va aytishuv, baxshi, xalfa ijrochiligi to‘garagi

25.

Maqomchilar to‘garagi

26.

Ko‘hna cholg‘ular ijrochiligi to‘garagi

27.

Askiya to‘garagi

28.

Folklor qo‘shiqlari ijrochiligi to‘garagi

29.

Katta ashula to‘garagi

30.

Shaxmat-shashka to‘garagi

31.

Stol tennisi to‘garagi

32.

Sog‘lomlashtirish gimnastikasi to‘garagi

33.

Badiiy gimnastika to‘garagi

Studiyalar

34.

Dizayn studiyasi

35.

Teatr studiyasi (badiiy o‘qish, drama)

36.

«Zamonaviy raqs» studiyasi

37.

Ovoz yozish studiyasi

38.

Xalq amaliy san'ati studiyasi

39.

Tasviriy san'at studiyasi

40.

Qo‘g‘irchoqsozlik studiyasi

41.

Internet va axborot almashuv texnologiyalarini o‘rganish studiyasi

42.

Foto-video studiyasi

Kurslar

43.

«Nutq madaniyati» kursi

44.

Rus tilini o‘rganish kursi

45.

Ingliz tilini o‘rganish kursi

46.

Nemis tilini o‘rganish kursi

47.

Fransuz tilini o‘rganish kursi

48.

Koreys tilini o‘rganish kursi

Qiziquvchilar klublari

49.

«Quvnoqlar va zukkolar» klubi

50.

«Zakovat» klubi

51.

«O‘zbegim o‘g‘lonlari» klubi

52.

«Qo‘li gul ayollar» klubi

53.

«Oila — muhabbat qasri» klubi

54.

Tarix-o‘lkashunoslik klubi

55.

Tabiat-ekologiya klubi

56.

Kolleksiya to‘plashga qiziquvchilar klubi

Badiiy havaskorlik jamoalari

57.

Teatr jamoasi

58.

Xalq cholg‘ulari jamoasi (orkestr)

59.

Raqs jamoasi

60.

Estrada jamoasi

61.

Xor, vokal va maqom jamoalari

62.

Ashula va raqs jamoalari, folklor-etnografik jamoalar

63.

Sirk jamoalari

Mazkur to‘garak, klub, kurs, studiya va xavaskkorlik jamoalarini tashkil etishda har bir markaz o‘z moddiy-texnik imkoniyatlarini inobatga oladi. Shuningdek, madaniyat markazlarining yillik faoliyati samaradorligi jamoatchilik kengashi tomonidan monitoring qilib boriladi. Bu faoliyat Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi “Madaniyat markazlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 264-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, bugungi ijtimoiy hayotda madaniyat sohasida aholi bilan ishlashning eng samarali mexanizmi bo‘lgan madaniyat markazlari xalq madaniyatini oshishiga xizmat qiladi.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bo‘lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o‘tmish merosimizni o‘rganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi. Respublikamiz Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni 1998-yil 12-yanvarda qabul qilinib, u muzey va muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi. 2008-yil 12-sentyabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi esa muzey ishida yangi davrni boshlab berdi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida ja’mi 1200 dan ortiq muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu bilan birgalikda o‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muzey­­ - madaniy-ma’rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy hujjatlar, madaniy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan o‘rganib ko‘rgazmalarga qo‘yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat.

Muzey - muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi notijorat madaniyat muassasasidir.

Muzeylar quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:

* muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash;

* muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini aniqlash hamda to‘plash;

* madaniy, ma'rifiy va ta'lim faoliyatini amalga oshirish;

* muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini o‘rganish;

* muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini e'lon qilish.

Muzeylarni tashkil etish uchun quyidagi shartlar majburiydir:


  1. muzey tematikasiga muvofiq muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mavjudligi;

  2. muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash hamda ommaga namoyish etish talablariga javob beradigan moddiy-texnik bazaning, shu jumladan bino (xona yoki xonalar), zarur ko‘rgazma jihozlari, muhofaza vositalari hamda yong‘inga qarshi vositalarning mavjudligi;

  3. muzey faoliyatini ta'minlash uchun zarur moliyaviy mablag‘larning mavjudligi.

Muzey-qo‘riqxonalarni tashkil etish uchun qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha shartlar belgilanadi.

Mulk shakliga ko‘ra muzeylar davlat va nodavlat muzeylari bo‘linadi.

Ixtisoslashuviga ko‘ra muzeylar esa muzeylar asosiy faoliyati muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat bo‘lgan muzeylarga va asosiy faoliyati tarixiy-madaniy qo‘riqxona va u bilan bog‘liq tabiiy landshaft tarkibiga kiradigan moddiy madaniy meros obнektlarini, shuningdek, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat bo‘lgan muzey-qo‘riqxonalarga bo‘linadi.

Muzeylar ochiq va yopiq muzeylarga bo‘linadi. Ochiq osmon ostidagi, muzey shaharlar ochiq muzeylarga kiradi. Maxsus bino, inshootda tashkil etilgan muzeylar yopiq muzeylar hisoblanadi.

Shuningdek, uy muzeylari, maktab muzeylari, ixtisoslashgan tarmoq muzeylari ham mavjud.

Davlat muzeylari ahamiyatiga ko‘raO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan toifalarga bo‘linadi.

Davlat muzeylarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Nodavlat muzeylarini moliyalashtirish ularning mulkdori mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat muzeyi joylashgan bino boshqa tashkilotlarga berilgan taqdirda ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilgan davlat organi davlat muzeyini teng qiymatdagi bino bilan ta'minlashi hamda mazkur muzeyning muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini, shuningdek, ko‘rgazma jihozlarini ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi shart.

Muzeylar aholining keng tabaqalari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni olib boradi. Muzeylar faoliyati xalqning tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib borishi, qo‘lga kiritgan yutuqlari hamda qoldirgan boy madaniy-ma’naviy merosi xususida juda katta bilimlar beradi. Muzey- madaniy-ma’rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ularni ma’naviy kamolotga yetkazishning eng yetakchi vositalaridan hisoblanadi.

Yurtimizda yangi-yangi muzeylarning tashkil etilishi, poytaxtdagi eng yirik va nufuzli Temuriylar davri tarixi, qatag‘on qurbonlari xotirasi, mamlakatimiz janubida joylashgan Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyining ochilishi hukumatimiz tomonidan muzey va muzeyshunoslik sohasida nihoyatda katta ishlarning amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Yangi muzeylarning tashkil etilishi bilan bir qatorda shu vaqtgacha ham faoliyat ko‘rsatib turgan barcha katta-kichik muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash, milliy istiqlol ruhida qayta tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Jumladan, O‘zbekiston tarixi muzeyining qaytadan ochilishi, muzey ekspozitsiya zallarining yangi loyiha va rejalar asosida jihozlanishi fikrimizning yorqin dalilidir. Barcha viloyat hududlarida joylashgan boshqa muzeylar faoliyatida ham yangilanish, yaxshilanish sari qadam qo‘yilayotgani sezilib turibdi.

Muzeylar faoliyatini yaqindan o‘rganish, ularning mazmun va ma’no jihatdan rang-barang turlarini ajrata bilish, xalq ommasi orasida keng targ‘ib etishning xilma-xil usullarini joriy qilish mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.

Jamiyat hayotida, xalqni fan va madaniyat bilan yaqindan tanishuvida, ilm-fan va madaniyat rivojida, shuningdek, xalq maorifida muzeylarning o‘rni tabora o‘sib bormoqda. Mustaqillik tufayli respublikamizda muzeylarga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Xususan, keyingi 15 yil ichida Davlat qarmog‘idagi muzeylar soni 140 tani tashkil etdi. Shulardan tarix muzeylari 75 ta, O‘lkashunoslik muzeylari 23 ta, Badiiy San’at Koshonalari 10 ta, memorial muassasa 20 ta, adabiyot muzeylari 8 ta, tabiat muzeylari 4 tadan iborat. Ayni paytda bularda 1 million 600 mingdan ortiq eksponatlar mavjud.

Jamiyatni ma’naviy-axloqiy kamolga yetkazishga keng aholi ommasini, ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda muzeylarning katta ahamiyat kasb etishini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, Madaniyat va Xalq ta’limi Vazirliklarining 2002-yil iyun oyida qabul qilingan Respublika Oliy va o‘rta- maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchi va yoshlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish to‘g‘risidagi qo‘shimcha buyruqlari va shu asosda viloyat hokimligining qaror, tadbir-rejalari va ko‘rsatmalari muzeylar va o‘quv yurtlari o‘rtasidagi mustahkam aloqa o‘rnatish, hamda madaniy ma’rifiy ishlarni hamkorlikda olib borishga keng imkoniyatlar yaratib berdi. Respublikamiz bo‘ylab bir qator yangi muzeylar tashkil etildi. Jumladan, 1996-yil 18-oktabrda Toshkentda ochilgan Temuriylar tarixi Davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’rifiy va ma’naviy ishlar borasida yirik tarixiy va madaniy yodgorlik, ilmiy tafakkur markazi bo‘lib qoldi. Muzey eksponatlari juda katta tarixiy qimmatga ega bo‘lib, Temuriylar davri ruhini beradi. Muzeyga qo‘yilgan tilla buyumlar, qurol-aslahalar, lashkarboshi va oddiy jangchilarning kiyim - boshlari, musiqa asboblari, o‘sha davrga xos jihozlar, Amir Temur, Bobur qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning astranomik qurilmalari va boshqa madaniy boyliklar shular jumlasidandir.

1996-yilning 1-sentabrida Toshkentda yana bir Osiyoda noyob va yagona bo‘lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochildi. Bu muzey O‘zbekistonlik sportchilarning turli jahon musobaqalarida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlarini, medallarini faqat namoyish etadigan joygina bo‘lib qolmay, balki mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi ham bo‘lib qoldi.

Bu muzeylardan oldinroq, mustaqilligimizning dastlabki yillarida bir qator yangi muzeylar ochilgan edi. Chunonchi, 1992-yil may oyida Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi ochildi. 1992--yil sentabrda Xorazm viloyatining Xonqa tumanida milliy mumtoz musiqa va kuylarning mashhur ijrochisi, Xorazm hofizlar maktabining asoschisi Xojixon Boltaboyev nomidagi o‘ziga xos noyob maqomchilar muzeyi tashkil etildi. Urganchda shu oyda esa qadimgi Xorazm Amaliy san’ati va tarixi muzeyi ochildi. Bu muzey ekspozitsiyalarini uch mingga yaqin turli eksponatlar tarixiy hujjatlar, qadimgi xorazmliklar foydalangan uy-joy anjomlari, tikuvchilik va gilam mahsulotlari, idish - tovoqlar, mehnat qurollari tashkil etadi.

1992-yil noyabr oyida Buxoroda O‘zbekistonda birinchi marta temirchilik muzeyi ochildi. 1992-yil dekabrda Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida ochilgan xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining Uy-muzeyi birinchi mehmonlarni qabul qildi. 1993-yil 3-sentabrda Toshkentda o‘zbek ayollari ichidan chiqqan birinchi huquqshunos olima akademik Xadicha Sulaymonova muzeyi ochildi. 1993-yil 1- sentabrda Toshkent Davlat texnika universiteti qoshida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Politexnika muzeyi ochildi. 10-sentabrda Toshkentda o‘zbek raqqosasi Mukarrama Turg‘unboyeva muzeyi, 21-sentabrda esa Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur cho‘pon, ikki marta Mehnat qahramoni, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining faxriy akademigi Jaboy Balimanovning hayoti va mehnat faoliyati haqida ma’lumot beruvchi muzey faoliyat boshladi. Shu yil noyabr oyida Toshkentda ochilgan O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi o‘z muxlislarini kutib oldi.

1994-yil may oyida Toshkent shahrida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti muzeyi, oktabrda O‘zbekiston xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov va uning o‘g‘li Akbar Rahimovlarning ko‘rgazmali muzeyi ochildi. Toshkentda 1996- yil mayida O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati muzeyi ishga tushdi. Shu yilning 30-noyabrida Toshkentda ochilgan qimmatbaho qog‘ozlar bozori tarixi muzeyiga tashrif buyurgan tomoshabinlar birinchi marta turli davrlarga sayohat qilish sharafiga muyassar bo‘ldilar.

1997-yil oktabr oyida Buxoroda mashhur buxorolik zarb qiluvchi usta Salim Hamidov muzeyi ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mustamlakachilik davrida milliy istiqlol va taraqqiyot yo‘lidagi intilishlari uchun nohaq ayblanib, turli jazo va tazyiqlarga mahkum etilgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish yuzasidan amaliy ishlar olib borish uchun Jamoatchilik komissiyasi tuzilgan edi. 1999-yil 22- iyul kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib va unda Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv qirg‘og‘ida Mustamlakachilik davri qurbonlari yodgorlik majmuini barpo etish hamda “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi tuzish lozimligi qayd etilgan edi.

Qatag‘onlarni xotirlash va e’zozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2001-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. Bu ham bo‘lsa tarixiy o‘tmishimizga bo‘lan hukumatimizning e’tibori va Birinchi Prezidentimizning tashabbuslari edi.

Mamalakatimiz madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish sohasining huquqiy asoslari yaratilgan – «Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida», «Me’morchilik va shaharsozlik to‘g‘risida» gi qonunlar amal qilmoqda. Bu yodgorliklarning taqdiri bilan bog‘liq barcha masalalar mazkur qonunlarga asosan tartibga solib turiladi. Noyob me’morchilik – shaharsozlik merosini saqlab qolish va avaylab asrash maqsadida 2000-yil 26- aprelda «O‘zbekiston Respublikasida me’morchilik va shaharsozlikni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Ma’lumki, muzeyning asosiy vazifasi yig‘ish, saqlash va namoyish etishdan iborat. Bugungi kunda muzeylar zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘zlariga tegishli eksponatlarning saqlanishini ta’minlashlari mumkin. Chunki, aniq hisobga olish muzey boyliklarini but saqlash va ularga egalik qilish huquqini kafolatlaydi.

Hozirgi kunda boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarida bo‘lgani kabi, respublika muzeylarida aynan nashr masalasi katta moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Yevropa va Amerikaning muzey, kutubxona va arxivlari mazkur muammoni yana o‘sha Internet tarmog‘idan keng foydalanish orqali hal qilishga intilmoqdalar. Masalan, nemis mutaxassislari 2001-yil 19-22-iyun kunlari Myunxenda bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro «Muzey ishi, komplektlashtirish, ta’mirlash va ko‘rgazmalar uchun texnologiya» mavzuidagi ixtisoslashgan ko‘rgazma materiallarini maxsus saytda e’lon qilishdi. Rossiya muzeyshunoslari «Muzei buduxego: informatsionne texnologii i kulturnoe nasledie» nomli maqolalar majmuining bir qismini va boshqa nashrlarni Internet tarmog‘ida yoritdilar. Ulardan ayrimlari rus tilida muzeylarimizning boshqa xorijiy tillarni bilmaydigan mutaxassislari uchun qulaylik yaratadi.

Xullas, boshqa madaniy muassasalar qatorida muzeylarimizning ham elektron nashrlari bilan dunyo ma’lumotlar oqimiga qo‘yilishlarini tabiiy hol va zamon talabi deb qabul qilmog‘imiz lozim. Zero ma’lumot tarqatish bilan muzey o‘zini jamiyatda reklama qilishi, tomoshabinlarni ko‘paytirishi va xorijiy hamkasblar bilan tez va qulay aloqa o‘rnatishi mumkin. Elektron axborot tarqatish vositalari tizimini joriy etish muzeylarimiz boyligini keng omma, xususan, yoshlar orasida targ‘ib qilishda ham o‘zining ijobiy rolini o‘ynaydi.

Jenevadagi Xalqaro tinchlik byurosiga va Jahon muzeylarining umumjahon tarmog‘iga a’zo bo‘lgan muzey fondidagi ko‘rgazmalar Kipr, Fransiya, Gollandiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda namoyish qilindi. Uning faoliyati ko‘plab maqolalarda, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar dasturlarida aks ettirilgan. Kezi kelganda shuni aytib o‘tish lozimki, Xalqaro muzeylar kengashi tomonidan Parijda ingliz, fransuz, ispan tillarida nashr etiladigan «IKOM Nyus» jurnalining 2000 yildagi birinchi soni Samarqanddagi Xalqaro tinchlik va birdamlik muzeyi faoliyatiga bag‘ishlangan maqola bilan ochilgan.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab madaniyat muassasalari jamiyat a'zolarining yangilangan jamiyatga moslashishlari uchun muhim vosita bo‘lib hisoblandi. Xususan, madaniyat va istirohat bog‘lari aholining madaniy hayotining ajralmas qismiga aylandi. Biroq ularning tarixiy taraqqiyoti uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Madaniyat va istirohat bog‘lari – aholi madaniy hordiq chiqaradigan, turli bezakli daraxt va gulzorlar bilan jihozlangan, ko‘kalamzorlashtirilgan maskandir.

Madaniyat va istirohat bog‘lariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning tarixiy taraqqiyoti uzoq o’tmishga borib taqaladi. Jumladan, dunyoning yetti mo’jizasini biri sifatida e’tirof etilgan osma bog‘lar ham alohida ajralib turadi. Buqadimgi osma bog‘ tuprog‘dan qurilgan, ulug‘vor lekin mo‘rt bo‘lgan Bobil bilan birga yo‘qolgan. Bog‘ga yaqinlashgandagina uni qavat-qavat ekanligni ko‘rish mumkin. Unda ulkan daraxtlar bo‘lgan. Daryodan kelayotgan suvni maxsus moslamalar tepaga eltib bergan. Unda nabototlar bilan birga turli hayvonot ham bor bo‘lgan. Hatto, u yerda sun'iy sharsharalar ham barpo etilgan.

Bobildagi samoviy bog‘lar haqida xalq orasida mashhur bir afsona bor. Afsonaga ko‘ra Navoxodonosor Kaspiy dengizining janubiy qirg‘og‘igajoylashgan Midiya degan mamlakat malikasiga oshiq-u beqaror bo‘lib qolgan. U malikaning roziligini olgach, el-yurtga katta to‘y qilib bergan va yosh xotinini olib markazga, Bobilga jo‘nagan. Malika Bobilga kelgach, bu yerning ob-havosidan, ya'ni issiqdan qiynalgan, yuragi siqilib ma'yus yurgan. Shunda Navoxodonosor Midiyaning yam-yashil dalalarini va go‘zal bog‘larini eslatib turadigan bir bog‘ieram bunyod etishga qaror qiladi. Uning buyrug‘i bilan dunyodagi eng mashhur binokor ustalar, mohir me'morlar to‘planib ishga kirishadilar. G‘oyat katta minora bunyod etiladi. Inshootga ulkan qoya toshlar ishlatiladi. Minora to’rt qavatli edi. Har bir qavat aylana-qubba shaklida ishlanib, ularni baland tosh ustun tutib turardi. Ayvonlarning usti qamish bilan yopilib, asfalt qoplangan edi. Keyin ustidan g‘isht terilib, ayvonlarga suv o‘tib ketmasligi uchun qo‘rg‘oshin plastinkalar yotqizilgan edi. So‘ng yuqoriga juda ko‘p miqdorda soz tuproq chiqarilib, butun tom bo’ylab qalin qilib solinadi. Tuproq shunchalik qalin ediki, unda,hatto, ko‘p yillik daraxtlarni ham o’stirish mumkin edi. U yerda o‘sgan noyob gullar va manzarali daraxtlar malikaning vatanidan keltirilgan edi. Bu bog‘nisug‘orish uchun suvni Frot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko‘tarib beradigan charm idishlar o‘rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu kunduz aylantirib turganlar. Malika inshootning u qavatidan-bu qavatiga pushti va oq marmar yotqizilgan keng zinalardan yurib o‘tgan. Dunyoning bu mo‘jizasi hozirgi Iroq davlati hududida joylashgan. Bobilga kelgan juda ko‘p sayohatchilar butun dunyoga dong’i ketgan Mesopotamiya mo‘jizalarini qurishga oshiqadilar. Podsho Navoxodonosor zamonida bunyod etilgan bunday bog‘ dunyodagi hech bir mamlakatda yo‘q edi. Shuning uchun ham bu bog‘dunyoning yetti mo‘jizasidan biri sifatida tilga olina boshlangan. Hozirgi zamon turistlari va sayohatchilari Geradot tasvirlab ketganday go‘zal bog‘larni ko‘ra olmaydilar. Hozir u bog‘lar o‘rnida minora va ayvonlarning vayronalari qolgan, xolos.

Osma bog‘ning vayrona qoldiqlarini Olmoniyalik arxeolog Robert Koldevoy topgan va bu bog‘ning qanday sug‘orilganligiga hayron bo‘lgan. Turli jang-u jadallar va xususan, fors qiroli Kayxusravning Bobilni zabt qilish chog'ida bu bog‘vayron etilib, vaqt o‘tishi bilan ulkan qumliklar ostiga ko‘milib ketgan.

Temuriylar davrida bog’lar muhim ahamiyatga ega tuzilma bo’lib, u nafaqat madaniyat muassasasi, balki siyosiy vazifalarni bajarib, elchilarni kutib olish kabi vazifalarni ham bajargan. Amir Temur bog’lari xususidagi dastlabki ma’lumotlar o’tmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, Amir Temur bog’lari O’rta asrlar rassomlari miniatyuralarida ham tasvirlangan.

Amir Temur bog’lari tuzilishiga ko’ra 2 turga bo’lingan: 1) chorbog’lar — geometrik (to’rtburchak, to’g’ri to’rtburchak) shaklda bo’lib, har tomoni taxminan 1 km masofaga cho’zilgan. Sahnidan o’tgan ariqlar ularni teng 4 qismga ajratib turgan. Atrofidagi baland paxsa devorlarning har burchagida minora bo’lgan. Markazda saroy joylashgan. Bunday bog’larning darvozalari shahar tarafga qaratib qurilgan; 2) tuzilishi geometrik shaklda bo’lmagan, tabiiy daraxtzor va chakalaklar bag’rida barpo etilgan bog’lar. Bunday bog’lar hukmdor shikor (ov) qilishi uchun mo’ljallangan bo’lib, asosiy qismi tabiiy, qo’l tekkizilmagan holda saqlangan. Ularning kichik bir qismigagina dam olish uchun saroy, ko’shk va chodirlar qurilgan, hovuzlar qazilib, favvoralar o’rnatilgan. Bu turdagi bog’larning o’simlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy bo’lgan.

Amir Temur bog’laridan eng mashhurlari quyidagilar: Bog’i Baland. Amir Temur Samarqandning shimolidagi Cho’ponota maqbarasi yaqinida nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Uni barpo qilishda Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar bog’chilik san’ati ustalari hamda me’morlari qatnashgan. Bog’ o’rtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr bo’lib, uning atrofidagi uzumzor, anjirzor va olmazorlar bog'ga go’zal bir tarovat baxsh etib turgan.

Bog’i Behisht. Amir Temur Samarqandning g’arbida suyukli xotini Tuman og’a (Xayrunniso)ga atab qurdirgan (1378). Yozma manbalarda "Bog’i Jannat" nomi bilan ataladi.Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, bog’ o’rtasidagi atrofi xandak bilan muhofaza etilgan sun’iy tepalik ustida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli saroy bo’lgan. Saroyga bir necha ko’tarma ko’priklar orqali kirilgan. Saroyning bir tarafida hayvonot bog’chasi ham bo’lgan.

Bog’i Davlatobod. Amir Temurga Hindiston yurishidan qaytgan kuni (1399) hadya kilingan. Arxeologik tadqiqotlarga ko’ra, u Samarqanddan 13 km janubda, Katta O’zbekiston traktining chap tomonida bo’lgan. Amir Temur bu bog’da zafarli yurishlardan qaytgach, dam olgan, tantanali marosimlar o’tkazgan, elchilarni qabul qilgan. Arxeologik qazishlar natijasida bog’ning 1350x900 m maydonini egallagani, atrofi baland paxsa devor bilan o’ralgani va unda ariqlar, 4 hovuz (biri 62x28 m, ikkitasi 25X25 m, yana biri 32x32 m) hamda saroy (poydevori 70x70 m) bo’lgani aniqlandi. Saroy balandligi 12 metr bolgan sun’iy tepa ustiga qurilgan, atrofi xandaq (eni 20 m) bilan o’ralgan. Unga 2 ta ko’tarma ko’prik orqali kirilgan.

Bog’i Dilkusho (Ko’ngil ochuvchi bog’). Amir Temur xotinlaridan biri — To’qalxonim sharafiga qurdirgan (1397). Samarqanddan 5 km sharqda, Panjakent yo’lining o’ng tomonida (qadimiy Hinduvon qishlog’i o’rnida) joylashgan. Har tarafi 900 m uzunlikdagi baland paxsa devor bilan o’ralgan, 4 darvozasi, markazida hashamatli saroy bo’lgan. Saroy uch qavatli bo’lib, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Amir Temur olib borgan urushlardan lavhalar chizib qo’yilgan. Amir Temur Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixoni ana shu bog’da qabul qilgan. Bu bog’ o’rnida hozir Dilkusho qishlog’i joylashgan.

Bog’i Jahonnamo (Jahon ko’zgusi). Amir Temur Samarqanddan 7 farsax (42 km) narida, Zarafshon tog’i etagida qurdirgan (1398). Unda saroy va qal’a bo’lgan. "Zafarnoma"da yozilishicha, bu bog’ning hududi benihoyat katta bo’lib, yo’qolib qolgan ot 6 oydan so’ng topilgan ekan.

Bog’i Maydon. Amir Temur Samarqandning shimolida, Cho’ponota tepaligi etagida qurdirgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, bog’da hashamatli bir ayvon (ko’shk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt bo’lgan. Mirzo Ulug’bek bu bog’ni yanada obod qilgan. Bobur shu haqda bunday deb yozadi: "Bu bog’ning o’rtasida (Ulug’bek) bir oliy imorat qilibdur. Chil(qirq) sutun derlar, du (ikki) oshyona (qavat), sutunlari tamomi toshdin. Bu imoratning to’rt burchida to’rt manordek burjlar qo’poribturlarkim, yuqorig’a chiqar yo’llar bu to’rt burjdindur. O’zga tamom yerlarda toshdin sutunlardir. Ba’zini morpech xiyora (burama, ko’pqirrali) qilibturlar. Yuqorigi oshyonaning to’rt tarafi ayvondir, sutunlari toshdan. O’rtasi chordora uydir. Imorat kursisini tamom toshdan farsh qilibdirlar". Bu bog’ o’rni hozir ham Bog’i Maydon deb ataladi.

Bog’i Nav (Yangi bog’). Amir Temur Samarqandning janubida qurdirgan (1404). Lolazor qishlog’i o’rnida joylashgan. Bu bog’ to’rtburchak shaklda bo’lib, atrofi baland paxsa devor bilan o’ralgan, har burchagida minora qad ko’tarib turgan. Markazida boshqa bog’lardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida hovuz bo’lgan.

Bog’i Chinor. Amir Temur Samarqandning sharqida (Konigilning janubiy-g’arb tarafida, hozirgi "Qo’sh tamg’alik" tepaligi o’rnida) barpo qildirgan (1404). Unda chinorlar ko’p bo’lgan. Markazida xochsimon tarxli saroy joylashgan.

Bog’i Shamol. Amir Temur (1397). nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Samarqandning g’arbida bo’lgan. Undagi saroy to’rtburchak shaklda bo’lib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yog’och va fil suyagidan ishlangan. Bu bog joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham "Bog’i Shamol" deb ataladi.

Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bog’lar bo’lgan. Chunonchi, Bog’i Bo’ldu, Bog’i Zog’on, Bog’i Naqshi Jahon, Bog’i Amirzoda Shohrux, Bog’cha, Bog’i Dilafro’z, Bog’i Sheron, Gulbog’, Lolazor, Bedana qo’rug’i, Chumchuqlik, G’ozxona va boshqa shular jumlasidandir. Amir Temurning bog’ qurish an’anasini temuriylardan Shohrux, Ulug’bek, Bobur va boshqa ham davom ettirishgan.

  Madaniyat va istirohat bog‘larining tarixiy taraqqiyotida temuriylar davrida bunyod etilgan bog‘lar alohida ahamiyat kasb etib, u bugungi kunda rivojlangan bog‘larnimizning asosini tashkil etadi. . Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida faoliyat yuritayotgan madaniyat va istirohat bog‘lari haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ularning ichida bugungi kunda eng yirik va milliy maqomga ega madaniyat va istirohat bog‘i bu Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy bog’idir. U Toshkentning markaziy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 45 gektar. Bog’ning bir qismi 1938-yilda yoshlar tashabbusi bilan, asosan, hashar usulida qurilgan va yoshlarga bog’liq nomlar bilan atalib kelingan. 1991-yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanalari munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan bog’ obod qilindi va hozirgi nom bilan atala boshlandi. Keyinchalik kengaytirilib, butunlay yangi qiyofadagi bog’ bunyod etildi. Milliy bog’ Alisher Navoiy memorial majmui, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi, Madaniyat va san’at ko’rgazmasi saroyi, “Istiqlol” san’at saroyi, Abdulqosim madrasasi, “Navro’z” restorani, favvorali aylana hovuz, aylana shaklidagi sahna va amfiteatr bilan yaxlit uyg’unlik kasb etgan. Bog’dagi tabiiy past-balandliklardan oqilona foydalanib, so’lim maskan, ajoyib manzara yaratilgan. Ko’kalamzor (chinor, qarag’ay, terak, akatsiya, archa, tol, kashtan va boshqalar, maysazor va gulzorlar) xushmanzara ko’rinishga ega. Bog’ hududidan oqib o’tuvchi kanal unga 2 ta charxpalak o’rnatilgan) sun’iy ko’lni (sathi 9 gektar) suv bilan ta’minlaydi. Ko’lda 2 ta orolcha bor, ularga o’tish uchun 2 ta yoysimon ko’prik qurilgan, sohilida cho’milish oromgohi, qayiq bazasi joylashgan. Milliy bog’da shahar aholisi va mehmonlari dam olishi, hordiq chiqarishi uchun qulayliklar yatilgan: o’rindiqli 2 ta ochiq tomoshagoh, 10 ta attraksion, shaxmat – shashka pavillioni, bolalar temir yo’li, kutubxona, ovqatlanish va salqin ichimliklar savdo shoxobchalari bor. Bog’da Navro’z (2000-yildan) va Mustaqillik (2005-yildan) bayramlarning bosh tantanalari hamda xalq sayllari o’tkaziladi, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasida millatlararo munosabatlarni mustahkamlash va tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirishda madaniyat va istirohat bog‘larining alohida o‘rni bor. Buni Toshkent shahridagi Yapon bog’i misolida ko‘rish mumkin U poytaxtning Yunusobod tumani Amir Temur shox ko’chasi, 107-uyda joylashgan. “O’zekspomarkaz” tarkibida. 2001-yil 25-avgustda ochilgan. Maydoni 4 gektar . O’zbekiston tashqi iqtisldiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi va Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bog’ qurilishi 1997-yil sentabrda Toshkent markazidagi ko’l sohilida boshlangan. Yapon bog’i 2 qism: “Karesansui”- dzen-buddizim falsafasi asosida maxsus o’rnatilgan toshlar va daraxtlardan hamda “Chesenkaiyu”. Yapon sintoizmi quvnoqlik dunyosini aks ettiruvchi hovuz, jilg’a va gullardan tashkil topgan. Bog’da choy pavilioni turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, yaponiyalik san'atkorlar ishtirokida konsertlar o’tkaziladi.          

Mustaqillikning keyingi yillarida qator yangi qiyofadagi madaniyat va istirohat bog‘lari bapro etilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida 2014-yil 21 mart kuni «Lokomotiv» madaniyat va istirohat bog'i» ishga tushdi. Yangi bog‘ sobiq Zafar Diyor nomli bog' o'rnida tashkil etildi. Avvalroq, Toshkent shahar hokimligining 2012-yil 5-dekabrdagi qarori bilan Zafar Diyor nomidagi madaniyat va istirohat bog'i «Lokomotiv istirohat bogi» MChJga ijaraga berilgan edi.

Madaniyat va istirohat bog‘lari, bog‘ tuzish sanatining o‘ziga xos uslublari asosida barpo etiladi. O‘zbekistonda madaniyat va istirohat bog‘lari shahar hududining hajmi, memoriy qiyofasi va tabiiy sharoitiga qarab tashkil qilinadi. Kichik shaharlarda bitta, katta shaharlarda bir necha, aholisi 500 mingdan ortiq shaharlarda esa umumshahar ahamiyatiga ega bo‘lgan bog‘lardan tashqari, shahar hududidagi har bir tumanning madaniyat va istirohat bog‘i bo‘lishi mumkin. Unda aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish katta o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-dekabrdagi “2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 322-sonli qarori qabul qilingan.

Madaniyat va istirohat bog‘lari har bir davrda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lib, o‘sha davr madaniyatining yuksak yutuqlarini o‘zida mujassam etgan. Jumladan, Mustaqillik davriga kelib, madaniyat va istirohat bog‘lari ham jamiyatning boshqa ijtimoiy tuzilmalari kabi xalqning ong-tafakkuriga mutanosib tarzda o‘zgarib bordi. Bu jarayon bevosita madaniyat va istirohat bog‘larining strukturasida yaqqol ko‘zga tashlandi.

Bugungi kunda madaniyat va istirohat bog‘lari hududi va ularda joylashtiriladigan obyektlar bo‘yicha qator talablar ishlab chiqilgan.

Madaniyat va istirohat bog‘ida quyidagilar asosiy obyekt sifatida bo‘lishi shart:



  1. Daraxtzor;

  2. Obodonlashtirilgan hudud;

  3. Yurish yo‘lkalari;

  4. Hordiq uchun o‘rindiqlar;

  5. Chiqindi tashlash qutilari;

  6. Hojatxona;

  7. Daraxtlarni sug‘orish tizimi;

  8. Attraksionlar, kichik va katta o‘yin qurilmalari;

  9. Salqin ichimliklar, muzqaymoq savdosi;

10. Ma'muriy bino;

11. Xo‘jalik hovlisi;

12. Qulflanadigankirish-chiqishdarvozasivaeshiklar;

13. Bog‘ hududini o‘rab turuvchi to‘siq (devor yoki panjara)

14. Yozgi estrada yoki amfiteatr;

15. Yoritish tizimi;

16. Ichimlik suvi.

Qo‘shimcha tavsiya etiladigan obyektlar:



  • Suv havzasi va uning faoliyati bilan bog‘liq plyaj, yechinish xonalari, qayiq, katamaran va boshqalar;

  • Favvoralar;

  • Savdo shahobchalari;

  • Umumiy ovqatlanish shahobchalari;

  • Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika, shaxmat-shashka va boshqa);

  • Statuya, haykal, byust va boshqa mahobatli tasviriy san'at asarlari;

  • Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon;

  • Bolalar maydonchalari;

  • Bolalar shaharchalari;

  • Shahar va boshqa obyektlarning mini maketlari;

  • Jonli burchak;

  • To‘garak va jamoalarning mashg‘ulotxonalari;

  • Issiqxona;

  • Ko‘chatxona;

  • Gulxona;

  • Bog‘ faoliyati bilan bog‘liq ishlab-chiqarish sexlari, ustaxonalar;

  • Raqs maydonchalari;

  • Ko‘rgazmali targ‘ibot va tashviqot vositalari;

  • Transport vositalari;

  • Ko‘ngil ochar maskanlar;

  • Suratxonalar, foto-video xizmati;

  • O‘yinchoq va kichik harakatlanish vositalari (bolalar velosipedi, mashinalari va h.k.) ijarasi;

  • Qiroatxona;

  • Bog‘ hududida obodonlashtirish ishlarida foydalaniladigan texnika va asbob-anjomlar;

  • Kompyuter o‘yinxonalari;

  • Internetkafe.

Har bitta madaniyat va istirohat bog‘ining maydoni ikkita hududga bo‘linishi shart:

  1. Aholining tinch tabiat qo‘ynida dam olishi va hordiq chiqarishiga xizmat qiluvchi sokin hudud;

  2. Aholining faol dam olishi uchun xizmat qiladigan gavjum hudud.

Sokin hududda faqat quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Daraxtzor;

  • Obodonlashtirilgan maydon;

  • Harakatlanish yo‘lkalari;

  • O‘rindiq va skameykalar;

  • Muzqaymoq va salqin ichimliklar savdosi;

  • Gulxona, issiqxona, ko‘chatxona;

  • Axlat qutilari, hojatxona;

  • Ma'muriy bino;

  • Xo‘jalik hovlisi;

  • To‘garak va jamoalarning mashg‘ulot xonalari;

  • Passiv sport (shaxmat, shashka, domino, loto va boshqa) anjomlari;

  • Statuya, haykal, byust va boshqa mahobatli tasviriy san'at asarlari;

  • Bog‘ faoliyati bilan bog‘liq ishlab-chiqarish sexlari, ustaxonalar;

  • Kutubxona.

Sokin hudud egallagan maydonning eng kamida 65 foizi daraxtzor, harakatlanish yo‘laklari, hordiq uchun o‘rindiqlar, shuningdek, obodonlashtirilgan yerlarga to‘g‘ri kelishi kerak. Qolgan 35 foiz maydonga boshqa obyektlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.

Gavjum hududda quyidagi obyektlar joylashtirilishiga ruxsat etiladi:

1.Daraxtzor;

2.Obodonlashtirilgan maydonchalar;

3.Yurish yo‘lkalari;

4. Skameyka va o‘rindiqlar;

5. Axlat qutilari;

6. Hojatxona;

7. Attraksionlar, kichikvakattao‘yinqurilmalari;

8. Salqin ichimliklar, muzqaymoq savdosi;

9. Yozgi estrada yoki amfiteatr;

10. Suvhavzasivauningfaoliyatibilanbog‘liqplyaj, yechinishxonalari, qayiq, katamaranvaboshqalar;

11. Savdo shahobchalari;

12. Umumiy ovqatlanish shahobchalari;

13. Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika va boshqa);

14. Statuya, haykal, byust va boshqa mahobatli tasviriy san'at asarlari;

15. Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon;

16. Bolalar maydonchalari;

17. Bolalar shaharchalari;

18. Shahar va boshqa obyektlarning mini maketlari;

19. Jonli burchak;

20. Raqs maydonchalari;

21. Ko‘ngil ochar maskanlar;

22. Suratxonalar, foto-video xizmati;

23. O‘yinchoq va kichik harakatlanish vositalari (bolalar velosipedi, mashinalari va h.k.) ijarasi;

24. Kompyuter o‘yinxonalari;

25. Internetkafe;

26. Ko‘rgazmali targ‘ibot va tashviqot vositalari.

Gavjum hududdagi obyektlar quyida ko‘rsatilgan maydondan ortig‘ini egallashiga yo‘l qo‘yilmaydi (gavjum hudud maydoniga nisbatan):


  • Savdo shahobchalar - 3 %

  • Umumiy ovqatlanish shahobchalari - 3 %.

  • Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika va boshqa) - 5 %.

  • Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon - 2 %.

  • Bolalar maydonchalari - 1,5 %.

  • Bolalar shaharchalari - 2 %.

  • Jonli burchak - 1 %.

  • Raqs maydonchalari - 2,5 %.

  • Ko‘ngil ochar maskanlar - 3 %.

  • Suratxonalar, foto-video xizmati - 1 %.

  • O‘yinchoq va kichik harakatlanish vositalari (bolalar velosipedi, mashinalari va h.k.) ijarasi - 1 %.

Jami obyektlar egallagan maydon gavjum hudud maydonining
25% dan ortig‘ini tashkil etishi mumkin emas.

Bugungi kunda madaniyat va istirohat bog‘lari strukturasi va xizmat ko‘rsatish ko‘lamiga ko‘ra 3 ta tipga ajratiladi.



I. Tipdagi madaniyat va istirohat bog‘i mezonlari:

  • Daraxtzor-bog‘ umumiy maydonining 50-60%

  • Ko‘kalamzorlashtirilgan maydon-bog‘ umumiy maydonining 10-15%

  • Yurish yo‘lkalari-bog‘ umumiy maydonining 5-7%

  • Hordiq uchun o‘rindiqlar-200-250 ta

  • Chiqindi tashlash qutilari-100-120 ta

  • Hojatxona-4-6 ta

  • Attraksionlar, kichik va katta o‘yin qurilmalari-30-35 ta

  • Salqin ichimliklar, muzqaymoq savdosi-5-10 ta

  • Yozgi estrada yoki amfiteatr-3-4 ta

  • Suv havzasi-2 ta

  • Savdo shahobchalari-bog’ umumiy maydonining 2%

  • Umumiy ovqatlanish shahobchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%

  • Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika va boshqa)-bog‘ umumiy maydonining 3,5%

  • Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon-bog‘ umumiy maydonining 1,5%

  • Bolalar maydonchalari-bog‘ umumiy maydonining 1%

  • Bolalar shaharchalari-bog‘ umumiy maydonining 1,5%

  • Jonli burchak-bog‘ umumiy maydonining 0,75%

  • Raqs maydonchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%

  • Suratxonalar, foto-video xizmati-bog‘ umumiy maydonining 0,5%

  • Prokat (ijara) punktlari-bog‘ umumiy maydonining 0,5%

  • Xo‘jalik hovlisi

  • Ma'muriy bino

  • Medpunkt

  • Qorovulxona

  • Panjara va darvozalar

  • Ko‘rgazma zali

  • Bog‘ maydoni yoritqichlari

II. Tipdagi madaniyat va istirohat bog‘i mezonlari:

  1. Daraxtzor-bog‘ umumiy maydonining 50-60%

  2. Ko‘kalamzorlashtirilgan maydon-bog‘ umumiy maydonining

  3. Yurish yo‘lkalari-bog‘ umumiy maydonining 5-7%

  4. Hordiq uchun o‘rindiqlar -80-100 ta

  5. Chiqindi tashlash qutilari -40-60 ta

  6. Hojatxona-2-3 ta

  7. Attraksionlar, kichik va katta o‘yin qurilmalari-20-25 ta

  8. Salqin ichimliklar, muzqaymoq savdosi-5-7 ta

  9. Yozgi estrada yoki amfiteatr-2 ta

  10. Suv havzasi-1 ta

  11. Savdo shahobchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%

  12. Umumiy ovqatlanish shahobchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%

  13. Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika va boshqa)-bog‘ umumiy maydonining 3,5%

  14. Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon-bog‘ umumiy maydonining 1,5%

  15. Bolalar maydonchalari-bog‘ umumiy maydonining 1%

  16. Bolalar shaharchalari-bog‘ umumiy maydonining 1,5%

  17. Jonli burchak-bog‘ umumiy maydonining 0,75%

  18. Raqs maydonchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%

  19. Suratxonalar, foto-video xizmati-bog‘ umumiy maydonining 0,5%

  20. Prokat (ijara) punktlari-bog‘ umumiy maydonining 0,5%

  21. Xo‘jalik hovlisi

  22. Ma'muriy bino

  23. Medpunkt

  24. Qorovulxona

  25. Panjara va darvozalar

  26. Ko‘rgazma zali

  27. Bog‘ maydoni yoritqichlari

III. Tipdagi madaniyat va istirohat bog‘i mezonlari:

1. Daraxtzor – bog‘ umumiy maydonining 50-60 %

2. Ko‘kalamzorlashtirilgan maydon – bog‘ umumiy maydonining 10-15%

3. Yurish yo‘laklari – bog‘ umumiy maydonining 5-7%

4. Hordiq uchun o‘rindiqlar – 40-60 ta

5. Chiqindi tashlash qutilari – 30-40 ta

6. Hojatxona – 2 ta

7. Attraksionlar, kichik va katta o‘yin qurilmalari – 15-20 ta

8. Salqin ichimliklar, muzqaymoq savdosi – 3-5 ta

9. Yozgi estrada yoki amfiteatr – 1 ta

10. Suv havzasi – 1 ta

11. Savdo shahobchalari – bog‘ umumiy maydonining 2%

12. Umumiy ovqatlanish shaxobchalari – bog‘ umumiy maydonining 2%

13. Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika va boshqa) – bog‘ umumiy maydonining 3,5%

14. Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon–bog‘ umumiy maydonining 1,5%

15. Bolalar maydonchalari – bog‘ umumiy maydonining 1%

16. Bolalar shaharchalari – bog‘ umumiy maydonining 1,5%

17. Jonli burchak - bog‘ umumiy maydonining 0,75%

18. Raqs maydonchalari - bog‘ umumiy maydonining 2%

19. Suratxonalar, foto-video xizmati-bog‘ umumiy maydonining 0,5%

20. Prokat – bog‘ umumiy maydonining 0,5%

21. Xo‘jalik hovlisi

22. Ma'muriy bino

23. Medpunkt

24. Qorovulxona

25. Panjara va darvozalar

26. Ko‘rgazma zali

27. Bog‘ maydoni yoritqichlari

Xulosa qilib aytganda, madaniyat va istirohat bog‘larining bu kabi turkumlanishi ularning aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishi bilan bir qatorda hudud infratuzilmasi va arxitekturasiga salmoqli ta'sir o‘tkazadi. O‘z navbatida hudud iqtisodiyotini mustahkamlovchi omil bo‘lib ham xizmat qildi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish