O`zbekiston Respublikasida kechayotgan taraqqiyot jarayonlari kundan-kunga tezlashmoqda



Download 0,5 Mb.
bet8/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#247239
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
2 маъруза матн

2.2. Madaniyat tizimidagi faoliyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-martdagi PQ–1920-son qarori bilan tasdiqlangan «Obod turmush yili» Davlat dasturining 65-bandini bajarish yuzasidan hamda aholining, ayniqsa yosh avlodning o‘sib borayotgan madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishini tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida 2013-yil 25-iyunda “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 178-sonli qarorni qabul qildi. Unga ko’ra ishchi guruh tuzilib, 2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar kompleksi, madaniyat va aholi dam olish markazlari to‘g‘risidagi Nizomi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat uylari va klub muassasalarining o‘tkazilgan puxta xatlovi va ularning moddiy-texnika bazasini o‘rganish asosida madaniyat va aholi dam olish markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan madaniy-ommaviy xizmatlar bilan aholining keng qatlamlarini ta'minlashni hisobga olgan holda, ularning moddiy-texnika bazasi yangidan tashkil etiladigan madaniyat va aholi dam olish markazlarining vazifalariga muvofiqligiga, shu jumladan, ko‘p funksiyali zali mavjudligiga alohida e'tibor qaratgan holda har bir shahar va tuman bo‘yicha madaniyat va aholi dam olish markazlarini joylashtirish sxemasini tasdiqlatish, O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda maqbul binolarni (ko‘p funksiyali zali bo‘lgan), shu jumladan, qishloq kinoteatrlari hamda idoralar, tashkilotlar va korxonalarning, sobiq kolxozlar va sovxozlarning foydalanilmayotgan binolarini qidirib topish va ularni madaniyat va aholi dam olish markazlariga ajratish, madaniyat uylari va klub muassasalarini maqbullashtirish natijasida bo‘shab qoladigan binolarni saqlashni va ulardan samarali foydalanishni, ularga zaruriyat bo‘lmagan taqdirda esa ularni birja va birjadan tashqari savdolarda sotishni, shuningdek ulardagi mavjud, foydalanishga yaroqli musiqa asboblari va anjomlarning yangidan tashkil etiladigan madaniyat va aholining dam olish markazlari balansiga belgilangan tartibda berilishini ta'minlash vazifasi yuklatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-sonli qarorii qabul qilishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013- yil 25 -iyundagi “2013-2018- yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 178-sonli qarori bekor qilindi. Yuqorida keltirilgan qaror bilan respublikada madaniyat sohasini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra dastlab, tashkil etilgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etildi.

Madaniyat markazi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muassasasi bo‘lib, aholining madaniy ehtiyojlarini o‘rganish hamda ma'naviy-ma'rifiy va ko‘ngilochar xususiyatga ega bo‘lgan turli madaniy xizmatlar ko‘rsatish, havaskorlik, badiiy ijod va amaliy san'at bilan shug‘ullanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uning asosiy faoliyati hisoblanadi.

Madaniyat markazlari:

I tipda — xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 40 ming nafardan ortiq bo‘lgan va kamida 400 o‘rindiqli tomosha zaliga ega bo‘lgan holda shaharlarda va tumanning ma'muriy markazlarida;

II tipda — xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 20 ming nafardan ortiq bo‘lgan va o‘rindiqlar soni 250 tani tashkil etadigan tomosha zaliga ega bo‘lgan holda shaharlarda va tuman markazlarida;

III tipda — xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 7 mingdan ortiq bo‘lgan va o‘rindiqlar soni 150 tani tashkil etadigan tomosha zaliga ega bo‘lgan holda shaharlarda va tuman markazlarida tashkil etilishi mumkin.

Shaharlarda va tuman markazlarida xizmat ko‘rsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib I, II va III tipdagi markazlar, qishloq joylarda esa — faqat II va III tipdagi markazlar tashkil etilishi mumkin.

Madaniyat markazlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, o‘z nizomi, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi. Tumanlar va shaharlar markazlarining har birida bittadan markaziy madaniyat markazlari, qishloq va shaharchalarda aholi soni 7 ming nafar va undan ortiq bo‘lganda Markazlar tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tegishli ravishda respublika va viloyat bo‘ysunuvidagi Markazlar tashkil etiladi, ularga shtatlar me'yorlari, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha tuman (shahar) markaziy madaniyat markazlarining shtatlar me'yorlari, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.

Madaniyat markazining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tishini ta'minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an'analarini o‘zida mujassam etgan namunali dasturlarni shakllantirish, xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san'atini saqlab qolish va rivojlantirish, turli xil to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Quyidagilar madaniyat markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

* aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tishini ta'minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an'analarni o‘zida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish;

* xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san'atini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlari tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish;

* bolalarni to‘garaklarga jalb etish, xorijiy tillarni o‘rganish va «nutq madaniyati» bo‘yicha kurslar tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yo‘nalishlari, havaskorlik san'ati va nomoddiy madaniy merosni keng targ‘ib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish;

* adabiyot hamda san'at arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish;

* tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san'atining tuman (shahar) festivallarini o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;

* ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy-madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ularga pulli xizmatlar ko‘rsatish;

* turli xil to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini turli yo‘nalishlarda tashkil etish.

Madaniyat markazlari madaniyat va san'at sohasida davlat dasturlarini hamda boshqa maqsadli dasturlarni amalga oshirishda qatnashish, belgilangan tartibda chet davlatlardagi ijodiy birlashmalar va uyushmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.

Madaniyat markazlari mehnatga haq to‘lashni tashkil etish, texnika xavfsizligi, xodimlarni ijtimoiy ta'minlash va aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarni amalga oshirish, xodimlar va Markaz tuzilmalari qatnashchilarining, shuningdek, mijozlarning huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan, markaz faoliyati ko‘rsatkichlarini aniqlash va nazorat qilish uchun asos hisoblangan talablarga muvofiq ish jurnallarini yuritish, markazning mol-mulkidan maqsadli va samarali foydalanish, o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, «yo‘l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirish.

Madaniyat markazi o‘zi bevosita bo‘ysinadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan direktor tomonidan boshqariladi.

Quyidagilar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘ysunuvidagi Markazlar direktorlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlari tomonidan;

tuman va shahar bo‘ysunuvidagi Markazlar direktorlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari tomonidan;

qishloq va shaharchalar bo‘ysunuvidagi Markazlar direktorlari — tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Markaz ustavi o‘zi bevosita bo‘ysinadigan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshliqlari, tuman (shahar) madaniyat bo‘limi mudirlari o‘z bo‘ysunuvidagi Markazlar faoliyatining qonun hujjatlariga, ushbu Nizom talablariga hamda Markaz ustavida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiqligini nazorat qiladi.

Markaz faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish Markaz direktori tomonidan amalga oshiriladi. Markaz direktori bilan mehnat shartnomasini (kontraktni) Markaz o‘zi bevosita bo‘ysinadigan tashkilot rahbari tuzadi.

Markaz direktori Markaz ustaviga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, Markaz xodimlari uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi hamda Markaz faoliyati uchun javob beradi.

Markazlarda jamoatchilik asosida badiiy kengash, metodik kengash va shu kabi boshqa maslahat organlari tashkil etilishi mumkin.

Tuman va shahar Markazlari qishloq va shaharchalardagi Markazlarga quyidagicha metodik yordam ko‘rsatadi:

* o‘zining xizmat ko‘rsatish chegarasiga kiradigan tuman (shahar) markazida va aholi punktlarida yashovchilar o‘rtasida turli ommaviy, madaniy-ma'rifiy va tarbiyaviy targ‘ibot ishlarini tashkil etishda metodik hamda amaliy yordam ko‘rsatish;

* aholining, ayniqsa, yoshlarning ehtiyojidan kelib chiqib Markaz tuzilmalari hamda Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlarni tashkil etish yuzasidan metodik qo‘llanmalar va yangi repertuar to‘plamlar bilan ta'minlash;

* qishloq va shaharchalarda joylardagi Markazlar bilan birgalikda nomoddiy madaniy meros obyektlarini saqlash, targ‘ib qilish bilan bog‘liq bo‘lgan har yilgi tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Markazlarda tuziladigan jamoatchilik kengashlari tarkibi Markaz o‘zi bevosita bo‘ysinadigan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Markazda faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda jamoatchilik asosida badiiy va metodik kengashlar tuziladi.

Jamoatchilik asosida tuziladigan:

Badiiy kengash — Markaz tomonidan tashkil etiladigan va o‘tkaziladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlar, teatrlashtirilgan konsert-tomoshalari dasturlarini, «Xalq havaskorlik jamoasi» va «Bolalar namunali jamoasi» unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalarining repertuar rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

metodik kengash -Markaz tuzilmalarining o‘quv-reja va dasturlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, Markazning faoliyatidan kelib chiqib, yangi to‘garak va jamoalarni tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish hamda uning faoliyatini yanada yaxshilash borasidagi masalalarni muhokama etib, tegishli xulosalarni Markaz direktoriga kiritadi.

Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

Markaz tomonidan mazkur Namunaviy nizomda belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, pulli asosda tashkil etiladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlar, to‘garaklar, turli xizmatlar va boshqalar hisobidan olinadigan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Markazlarda tashkil etilgan pulli to‘garaklardan tushadigan mablag‘larning 50 foizi ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, qolgan 50 foizi to‘garak rahbarlarining ish haqiga hamda ularni rag‘batlantirishga sarflanadi.

Markazlarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisob-kitobi va hisoboti tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarining markaziy buxgalteriyasi tomonidan byudjet muassasalari uchun belgilangan tartibda yuritiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘ysunuvidagi Markazlarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisob-kitobi va hisoboti o‘zining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish