12-bob. Uzoq muddatli o‘qitish
171. Uzoq muddatli o‘qitish shaklidagi kasbga o‘qitish parametrlari mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasiga kiruvchi kasb-hunarga o‘qitish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
172. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasiga kiruvchi kasb-hunarga o‘qitish markazlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobiga amalga oshiriladi.
173. Uzoq muddatli o‘qitish kasb-hunarga o‘qitish markazlari tomonidan ta’lim tizimida qabul qilingan o‘quv yili davrida tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |