O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi


Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomani yuborish



Download 33,21 Kb.
bet4/10
Sana24.06.2022
Hajmi33,21 Kb.
#700709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SOLIQ MA\'MURCHILIGI KURS ISHI

Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomani yuborish
Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tasdiqlangan xulosaga ko‘ra soliq hisobotidagi tafovutlar yoki xatolar aniqlangan holatlar yuzasidan soliq organi tomonidan ikki kun muddatda soliq to‘lovchiga ularni bartaraf etish to‘g‘risida talabnoma yuboriladi.
Talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi.
Taqdim etilgan soliq hisobotlarini o‘rganish va tahlil qilish natijalari bo‘yicha tafovutlar yoki xatolar aniqlanmagan bo‘lsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan deb hisoblanadi va bu haqida soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga tegishli xabarnoma yuboriladi.
Soliq to‘lovchi talabnoma olingan kundan boshlab besh kun muddatda tegishli soliqlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan soliq organiga taqdim etishi shart.
Soliq to‘lovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan eʼtiboran o‘n besh kun ichida soliq organining rahbari (rahbari o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Aniqlangan tafovutlar bo‘yicha taqdim etilgan asosnomalarga to‘liq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq organi oldin yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi to‘g‘risidagi bildirish xatini yoxud soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan talabnomani uch kun ichida soliq to‘lovchiga yuboradi.
Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa yoki aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa yoxud taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa soliq organi soliq to‘lovchiga soliq auditini tayinlashga haqli.
Kameral soliq tekshiruvda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish
Agar kameral soliq tekshiruvi paytida soliq to‘lovchi tomonidan Soliq kodeksining 28-bobiga muvofiq javobgarlik belgilangan soliqqa oid huquqbuzarlikning sodir etilganligi holati aniqlansa, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazgan mansabdor shaxs soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi holatlarini qayd etuvchi dalolatnomani tuzadi.
Dalolatnoma kameral soliq tekshiruvini o‘tkazgan mansabdor shaxs va soliq to‘lovchi tomonidan imzolanadi.
Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazgan soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) dalolatnomani va kameral soliq tekshiruvining boshqa materiallarini ushbu dalolatnoma tuzilgan kundan eʼtiboran o‘n kun o‘tgach, biroq o‘n besh kundan kechiktirmasdan ko‘rib chiqadi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi dalolatnoma va kameral soliq tekshiruvining boshqa materiallari ko‘rib chiqilganidan keyin natijalari bo‘yicha besh kun ichida soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) qaror qabul qiladi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish va qo‘shimcha soliqlarni hisoblash to‘g‘risidagi qaror, u qabul qilingan kundan keyin ikki kun ichida yuboriladi.
Soliq organining qarori soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining qarori olingan sanadan boshlab bir oy muddat o‘tgach kuchga qiradi.
Soliq to‘lovchi kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorni ixtiyoriy bajarmagan taqdirda, soliq qarzini undirish Soliq kodeksining
120-124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda soliq organi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan soliq davri uchun soliq hisoboti taqdim etish chog‘ida soliq organlari qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) to‘g‘risida xabardor qilingan kundan e’tiboran oltmish kun ichida soliq organining buyrug‘isiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq hisobotiga o‘zgartishlar kiritish haqidagi talabnoma yozib berilmaydi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq organlari ushbu summani qoplash to‘g‘risidagi qaror yoxud ularni qoplashni rad etish (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risidagi asoslantirilgan qaror qabul qiladi.

Download 33,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish