O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini samamrali tashkil etish istiqbollari Topshirdi: 927-21 guruh talabasi Norbekova. M qabul qildi: Saitov. S jizzax 2022



Download 135,46 Kb.
bet8/9
Sana28.06.2022
Hajmi135,46 Kb.
#713031
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Manzura 927-21 O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini samamrali tashkil

1 – bosqich (1991 – 1994) – bu bosqich yirik xususiylashtirish va mol – mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va ko‘p tarmoqli iqtisodiyotning asoslarni shakllantirish, xususiy mulkchilikning aralashgan turlari shakllanishi jarayoni bilan ajralib turdi, bu bosqichda davlat byudjeti mablag‘lari ijtimoiy sohaga ajratilgan;
2 – bosqich (1995 – 2003) – bu bosqichda quyidagilar rivojlana boshladi:
-investitsiyalar sohasida qonunchilik bazasini yaratish;
-turli moliyalashtirish manbalaridan foydalanish;
-xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma korxonalar va xorijiy korxonalarni
tashkil etish jarayoni;
-iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar oqimi ortib borishi;
-bevosita ajratmalar davlat kafolatlari orqali investitsiya loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlashni ta’minlash;
-loyihalarni moliyalashtirish tanlov asosida amalga oshirilishning boshlanishi.

  1. bosqich (2004 – 2008) – bu bosqich quyidagilar bilan tavsiflanadi:

-valyuta va kredit munosabatlarini erkinlashtirish;
-investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ishlab chiqarish faoliyati uchun qo‘shimcha imtiyoz va imkoniyatlar yaratish;
-korxonalarni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish;
-bank tizimida ichki jamg‘armalarni va mablag‘larni tejashni mobilizatsiya qilish.

  1. bosqich (2008 – 2016) – bu bosqich quyidagilar bilan tavsiflanadi:

-inqirozga qarshi chora – tadbirlardan foydalanish;
-banklarning investitsion faolligini oshirish;
-erkin iqtisodiy hududlarni yaratish;
-investitsion faoliyatni takomillashtirish.
5 – bosqich (2017 – hozirgi kunga qadar) – bu bosqich quyidagilar bilan tavsiflanadi:
-valyuta munosabatlarini liberallashtirish;
-soliq islohotlari konsepsiyasini qabul qilish;
-davlat korxonalarini isloh qilish, shu jumladan samarasiz faoliyat yuritayotgan korxonalar va ishlab chiqarish obyektlarini qo‘llab – quvvatlash yoki qayta tashkil etish;
-biznesni yuritish uchun sharoitlarni soddalashtirish;
-erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini yaratish;

5.O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga solish.


O'zbekistonda olib borilayotgan investitsiya siyosatining natijasi mamlakaldagi investitsiya faoliyatining rivojlanish holati bilan belgilanadi. Shu sahahli har qanday investitsiya siyosatining maqsadi investitsiya rivojlanishiga istiqboliga qaratiladi. Bu o'zida investitsiya faoliyatini nmntazarn ravishda muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasini ham mujassam etadi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya faotiyati davlat tomonidan tartibga solinishi zarur bo'ladi.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda turli usullar qo'llaniladi. Birinchi navbatda, davlat quyidagi shakllarda investitsiya faoliaytini tartibga soladi:
- investitsiya faoliyatiga taalluqli qonunlar va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish;
- davlat investitsiyalarini bevosita boshqarish;
- davlat investitsiya dasturlarini qabul qilish;
-investitsiya faoliyatini tartihga solishning iqtisodiy usullari.
O'zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bunda, eng avvalo, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Yer kodeksi, O'zbekiston Respublikasining «lnvestitsiya faoliyati to'g'risida»gi va boshqa qonun hujjatlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
O'zbekiston qonunchiligiga ko'ra, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:
-investitsiya faoliyatining qounchilik negizini takomillashtirish;
-soliq to'lovchilari va soliq solish obyektlarini, soliq stavkalari va ularga imtiyozlarni tabaqallashtiruvchi tizimini qo‘llash;
-asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;
-me’yorlar, qoidalar va standartlarni belgilash;
-monopoliyaga qarshi choralarni qo'llash;
Hozirgi sharoitda O'zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga solish, birinchi navbatda, barcha xo'jalik yuritish bosqichlarida jamg'armalar o'sishi sur'atlarini rag'batlantirish va iste'mol darajasini pasaytirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunga iqtisodiyotdagi yuridik va jismoniy shaxslardan, xorijlik investorlardan undiriladigan soliqlarning tartibga soluvchi funksiyasi amal qilishini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Investitsiya faoliyatini tartibga solish tizimi doirasida soliqlarning rag'batlantiruvchi funksiyalarini kuchaytirish investitsiyalarni moliyalashtirishda bozor mexanizmlari rolini kengaytirishga olib keladi.
Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish texnologiyalarini sotib olish, global ilmlarni egallash, soliqlarning tartiblovchi rolini takomillashtirish, ularning rag'batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratilmoqda. Bunda asosiy vazifa - xorijlik hamkorlarga kapital qo'yishda eng samarali Yo‘nalishlarni taklif etish, o'zaro manfaatli sohalarni belgilash, investorlarga kafolatlar berish va ularning huquqlarini himoya qilishdan iborat.
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat subyektlarini sug'urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo'lida tashkil etiladi.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning kengayib borishi darajasiga qarab investitsiya taoliyatini davlat tomonidan tartibga solish to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni yangi loyihalarga va qo'shma korxonalarga jalb etishga qaratiladi hamda tartibga solish xususiy tadbirkorlik subyektlarining katta qismini investitsiya faoliyatiga jalb qilishni ham nazarda tutadi. Shunday qilib, tartibga solishning vazifasi, bir tomondan, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishdan, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotdagi xususiy mulkchilik subyektlarining qo'yilmalarini kengaytirishdan iborat bo'ladi.
Jahon tajribasilling ko'rsatishicha, hozirgi davrda iqtisodiy o'sish uchun faqat jamg'arish va investitsiyalarning yuqori sur'atlarigina yetarli emas. Bozorga o'tish bosqichida jamg'armaning kamligi, yalpi investitsiyalarda aholi mablag'lari hissasining ozligi tufayli investitsiyalarni moliyalashtirishning tashqi manbalarini jalb etish, investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish zaruratga aylandi. Bu amaldagi qonunchilikni soddallshtirish va barqarorlashtirish tomon takomillashtirish, mamlakatda yangi loyihalar va qo'shma korxonalar tashkil qilish uchun to'g'ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini rag'batlantirishni talab qiladi.
Rag‘batlantirish mexanizmlari xarajatlarini qoplaydigan loyihalarni va mahalliy xomashyo resurslari bazasidagi loyihalami amalga oshirishga yo'naltirilmog'i zarur.
O'zbekistonga xorijiy sarmoyalar oqimi kengayishi munosabati bilan investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda e'tibor beriladigan muhim jihat jamiyat va xususiy manfaatlar, xorijiy mamlakatlar, kompaniyalar, muayyan investorlar manfaatlarining samarali nisbatini belgilash hisoblanadi. lqtisodiyot erkinlasha sari investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartiblanishi, ko'proq, xususiy tadbirkorlik sohiblari va iqtisodning aralash sektorlarining investitsiya faoliyatiga kengroq jalb etilishiga va borada rag'batlantirishga qaratiladi.
Bundan tashqari, davlatning investitsiya faoliyatiga qanday vositalar va dastaklar orqali ta'sir ko'rsatishi ham muhim masaladir. Har ganday jamiyatdagi investitsiya faoliyati o'z-o'zidan rivojlana olmaydi, unga, albatta, muayyan ta'sir ko'rsatuvchi subyektlarning aralashuvi talab aralashuvning samarali natijasini fagat davlat qo‘li bilangina ta'minlash mumkin bo'ladi. Biroq, bunday vaziyatda davlat investitsiya faoliyatining rivojlanishini bo'g'ib qo'ymasligi kerak, aks holda, amal qilish subyektivlik ta’sir kuchiga bo‘ysindirib qo‘yildi.
Odatda, investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish uning muhim yo'nalishlarida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan bo'ladi, avvalambor , ijtimoiy rivojlantirish, chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolar asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratiladi.
Shuni ta'kidlash joizki, investitsiya faoliyatining amalga oshirilishi zaruriy barcha shart-sharoitlarning, qulayliklarning yaratilishiga bog'liq. Bu investitsiya iqlimi sifatida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillarga bog'liq bo'lgan muhitni anglatadi. Bunda investitsiya ahvoli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va boshqa shart – sharoitlarning mavjud holatidan kelib chiqadi. DavIat tomonidan investitsiya faoliyatini tartibga solishda soliqlar yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. G'arb mamlakatlarida soliq irntiyozlari, birinchi navbatda, investitsiyalami va ilmiy - texnik faoliyatni, shuningdek, ayrim tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirishni rag'batlantirish uchun joriy qilinadi. Butun mamlakazt miqyosida, mintaqa doirasida va alohida faoliyat sohalarida investitsiya, ilmiy-texnika faoliyali va tadbirkorlikni rag'batlantirishga qaratilgan imtiyozlari barqaror. Bunda imtiyozlari soliq krediti solig'idan chegirma ko'rinishida); foydaning soliqqa tortiladigan summasini kamaytirish; soliqdan ma'lum muddatga ozod qilish yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini belgilash jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash shakllarida beriladi.Turli mamlakatlar iqtisodiyotida berayotgan investitsiya jarayonlarida davlatning roli va ahamiyati va bir qancha omillar orqali aniqlanadi. Ular ichida bozor munosabatlarining rivojlanganlik darajasi va ayni daqiqada ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat rnuhirn o'rin tutadi. Shu bilan bir qatorda, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya harakatlarida tendensiyalarni inson texnologik o'sish va texnika bilimlari sohalarini rivojlantirishga investitsiyalarni, ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanish boshqalarni hisobga olishga to'g'ri keladi. Buning uchun global bilimlarni egallash va ularga moslashish, mahalliy darajadagi bilimlar doirasini rivojlantirish, bilimlarni o'zlashtirish va ularni qo'llash imkoniyatlarini kengaytirish rnaqsadlarida inson kapitaliga investitsiyalar. jahon yutuqlari va bilimlarini o'zlashtirish egallashga yordam beradigan texnologiyalarga investitsiyalar etiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotni davlat tomonidan muvofiqlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo'liga o'tgan mamlakatlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. UIar uchun iqtisodiyotui davlat tomonidan muvofiqlashtirish hamda bozor munosabatlari o‘rtasida eng maqbul nisbatni o‘rnata olish eng muhimdir.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, investitsiya, investitsiya loyihalarni amalga oshirish o‘ziga xos bilim va malakani talab etadi va investitsiya haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Hozirgi kunda mamlakatimizning iqtisodiyoti tubdan rivojlanib kelmoqda. Iqtisodiyotimiz rivojlanishida investitsiyaning o‘rni beqiyosdir. Mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar jalb qilinmoqda. Yurtimizga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga sabab mamlakatimiz iqtisodiyotini va mamlakatimiz istiqbolini obro‘yini ko‘tarishdir. Investitsiya haqida Prezidentimiz tomonidan ko‘plab qarorlar qabul qilinmoqda. Bundan tashqari yaqinda bo‘lib o‘tgan Prezident murojaatnomasida ham Prezidentimiz investitsiya haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdilar. Haqiqatdan ham investitsiya hozirgi davrda juda muhim omil hisoblanadi. Investitsiya kiritilishidan maqsad foyda olishdir. Hozirgi kunda investitsiyaning juda ko‘p turi bor lekin ularning barchasining o‘ziga yarasha vazifasi bor. Shu sababli biror bir korxonagami, biznes rejagami investitsiya kiritish uchun investitsiya haqida qonun – qoidalar haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.



Download 135,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish