Mundarija I.BOB O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi 1.1 Ziyorat turizmi marshrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021 — 2025-yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturi………………………………………………………………………………2
1.2 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorning belgilangan chora-tadbirlarni 2021-yil davomida amalga oshirsin………………………………………………………3
II.BOB Ziyorat turizmi yo‘nalishida to‘g‘ri targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish va ziyorat obyektlari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtirish kengashi) tashkil etilsin va uning tarkibi muvofiq tasdiqlansin. 2.1 2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha 1-navbatdagi chora tadbirlari belgilab olingan……………………………………..17
2.2 Xalqaro turistlar tomonidan eng katta qiziqish quyudagi ko’rsatgan Toshkent -Samarqand - Buxoro -Urganch - Toshkent ekskursiya-tanishuv marshrutiga bildirilgan……………………………………………………………27
Xulosa……………………………………………………………………33
Foydalanilgan adabiyodlar ……………………………………………….34
1.1 Ziyorat turizmi marshrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021 — 2025-yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturimuvofiq
1. Quyidagilar:
Tashrif buyuruvchilar uchun shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan turizm salohiyati yuqori bo‘lgan madaniy meros obyektlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Ziyorat turizmi marshrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021 — 2025-yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Uzoq xorij va qo‘shni respublikalardan xorijiy turistlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Xorijiy tillarga tarjima qilinadigan va targ‘iboti keng amalga oshiriladigan, allomalar va ziyoratgohlar to‘g‘risidagi filmlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l qatnovi yo‘nalishlarini, avia chiptalar va mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, Maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar berilsin:
yo‘lovchi tashuvchilar, turoperator (turagent) va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning Maxsus komissiyaga kiritgan takliflariga asosan subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l qatnovlar yo‘nalishlarini belgilash;
aviatashuvchilar, turoperator (turagent)lar, manfaatdor vazirlik va idoralarning Maxsus komissiyaga kiritgan takliflariga asosan avia chipta hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari narxlarining subsidiyaladigan eng yuqori (cheklangan) darajasi (summasi)ni o‘rnatish;
subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l qatnovlar yo‘nalishlarini bandligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, hal etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
1.2 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorning 1-ilovasida belgilangan chora-tadbirlarni 2021-yil davomida amalga oshirsin. Madaniyat vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 2-ilovasida belgilangan madaniy meros obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan madaniyat yo‘nalishiga har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ustuvor ravishda restavratsiya va konservatsiya qilinishini ta’minlasin.
3. Belgilansinki:
Maxsus komissiya tomonidan joriy etilayotgan aviaqatnovlarga chiptalar 40 foizgacha, turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryo‘l chiptalariga 15 foiz, mehmonxona xizmatlariga 10 foiz qo‘shimcha chegirmalar taqdim etiladi;
mahalliy yashovchining har bir yashagan kuni uchun joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizini tashkil etadi;
turistik tashkilotlarning ishchilari, gidlar (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar malakaviy imtihonlarini o‘tkazish 2022-yil 1-martdan boshlab amalga oshiriladi;
davlat organlarining ijtimoiy reklama mahsulotlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan ishlab chiqilgan ichki va ziyorat turizmi obyektlari aks ettirilgan dizayn tasviri asosida tayyorlanadi;
mazkur qarorning 4-ilovasida belgilangan filmlar “Al Buxoriy” ziyorat turizmi yo‘ldosh telekanaliga bepul asosda taqdim etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan aviatashuvchilarga subsidiya ajratish Transport vazirligi hamda turoperator va turagentlarga avia va temir yo‘l chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini qaytarish Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Moliya vazirligi:
a) “O‘zbekkino” milliy agentligining asoslangan talabnomalariga muvofiq ushbu qarorning 4-ilovasida belgilangan filmlar tarjimasi va yangi suratga olinadigan filmlar uchun 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida qo‘shimcha mablag‘lar ajratib borilishini;
b) Buxoro viloyat hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Buxoro viloyati “Etti Pir” ziyoratgohlari yo‘nalishida ta’mirtalab 36 km masofadagi ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 90,5 mlrd so‘m mablag‘larni manbasini aniqlab, keyinchalik mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berish sharti bilan ajratishni;
“Etti Pir” ziyoratgohlariga boruvchi ichki yo‘llarni 2021-yil 1-avgustga qadar to‘liq ta’mirdan chiqarilishini;
v) subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetining qo‘shimcha manbalaridan qaytarishni hamda 2022-yilda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
Ziyorat turizmi yo‘nalishida to‘g‘ri targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish va ziyorat obyektlari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtirish kengashi) tashkil etilsin va uning tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Muvofiqlashtirish kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini to‘liq o‘rganish, ma’lumotlarni tizimlashtirish, ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni shakllantirish;
turizmi bozoridagi real ehtiyojni markazlashgan tarzda tahlil qilish;
targ‘ibot ishlarini sifatli va puxta tashkil qilish;
media kontent, audiovizual mahsulotlar, maqola va broshyuralar uchun ilmiy asoslangan materiallarni ko‘rib chiqish va ma’qullash;
moddiy madaniy meros obyektlaridagi axborot tablolari, gidlar va ekskursiya yetakchilarining ekskursiya materiallari uchun sifatli materiallar shakllantirilishini muvofiqlashtirish;
turli konfessiyalarning moddiy madaniy meros obyektlari uchun ziyorat odobi bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanishini tashkil qilish.
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi — Xorazm Ma’mun akademiyasi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida 3 shtat birligidan iborat “Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy bo‘limi” tashkil etilsin.
Bunda, mazkur bo‘limlarning rahbarlari Qo‘mita bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
7. Quyidagilarga:
a) Qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassis yetishtiruvchi oliy ta’lim muassasalarining 3-4 kurs talabalari uchun ziyorat turizmi fani bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish va joriy etish;
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida “Madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish” hamda Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Urganch davlat universitetlarida “arxeologiya” magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash;
ziyorat turizmi uchun istiqbolli mamlakatlar tilini o‘rganish filologiyasi yo‘nalishi bitiruvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari qoshida pullik asosda ziyorat turizmi mavzusida qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining Milliy arxeologiya markazi filiali “Samarqand arxeologiya instituti”ning yuridik maqomini tiklagan holda, Fanlar akademiyasi tizimida mustaqil institut tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
8. Qo‘mita raisining ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari va Ziyorat turizmini rivojlantirish departamentining (keyingi o‘rinlarda — Departament) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ular “Ipak yo‘li ofisi” unitar korxonasining Samarqand shahridagi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Bunda, mazkur binoni ta’mirlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmonining 9-bandida belgilangan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
9. Qo‘mita:
a) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
respublikaning ziyorat turizmi yo‘nalishidagi salohiyatini yurtimizda va xorijda targ‘ib qilishga oid ilmiy risolalar, reklama, rolik va targ‘ibot materiallari tayyorlash;
ekspertlar, olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va talabalarni jalb qilgan holda muntazam ravishda ziyorat turizmi yo‘nalishida targ‘ib qiluvchi tadbirlarni tashkil etish choralarini ko‘rsin;
b) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Transport vazirligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan respublikaning ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish imkoniyati bo‘lgan xalqaro ko‘rgazmalarda doimiy ravishda milliy stend bilan ishtirok etib borsin;
v) Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda ikki oy muddatda salohiyatli ziyorat turizmi bozoriga ega bo‘lgan davlatlarda manzilli marketing chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
g) xorijiy mamlakatlarida O‘zbekiston ziyorat turizm brendi elchisini tayinlash amaliyotini joriy etilishini hamda ular ishtirokida ziyorat turizmining keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirilishini ta’minlasin.
10. Transport vazirligi:
a) Ichki ishlar vazirligi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikaning tog‘li hududlari orqali avtotransport vositasi (avtobus, mikroavtobus, miniven)ning xavfsizlik standartlariga (GPS, yordamchi haydovchi, tormoz tizimiga talablar, maxsus yorug‘lik qaytaruvchi liniyasi, haydovchilarda mobil aloqa, avariya holatlarida “ogohlantiruvchi tugma” va boshqalarning mavjud bo‘lishi) javob beradigan sertifikatlash tizimini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etsin;
b) Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bilan birgalikda uch oy muddatda Farg‘ona vodiysini Toshkent va Samarqand viloyatlari bilan tekislik orqali bog‘laydigan, Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati hududidan o‘tuvchi marshrut orqali muntazam avtobus qatnovlarini chegaradan kesib o‘tish tartib-taomillarini soddalashtirilgan tartibda amalga oshirishni ko‘zda tutgan holda yo‘lga qo‘yishni ta’minlasin. Bunda, Qo‘mita ushbu yo‘nalishda soddalashtirilgan tartib yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng turoperatorlarni jalb qilgan holda turistik marshrutlarni targ‘ib qilib boradi;
v) uch oy muddatda transport va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda kompleks turizm xizmatlari ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
g) aviatsiya sohasida xalqaro alyanslarga a’zo bo‘lgan aviakompaniyalarning mamlakatimizga parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini ustuvor ravishda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
11. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qo‘mita balansidagi avtotransport vositalari, shu jumladan, Mercedes-Benz S450L 4 Matic avtotransportini, ofis jihozlarini (zarur kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa kerakli inventar va uskunalarni) direksiyaning faoliyatini samarali tashkil etish uchun “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi DUK balansiga direksiya talabnomalariga muvofiq beg‘araz o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qo‘mita hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda tematik esdalik mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-son qaroriga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini, shuningdek, turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning avia va temir yo‘l chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
aviatashuvchi — O‘zbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyasi;
transport chiptasi — O‘zbekiston Respublikasining bir hududidan ikkinchi hududiga avia va (yoki) temir yo‘l transporti orqali sayohatni amalga oshirish uchun xarid qilingan yo‘l hujjati;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, o‘tov va chodirli oromgohlar, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish bo‘yicha xizmatlar) ko‘rsatiladigan boshqa obyektlar, shuningdek, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti;
mehmonxona xizmatlari — joylashtirish vositalarida vaqtinchalik yashash joyi berish bo‘yicha xizmatlar;
mahalliy turist — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
maxsus komissiya — subsidiyalanadigan avia qatnovlar chiptalari va mehmonxona xizmatlari narxlarini hamda avia va temir yo‘l qatnovi yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha tuzilgan komissiya;
maxsus tarif — maxsus komissiya tomonidan avia chiptalar narxining hamda subsidiyalanadigan mehmonxona xizmatlari narxining qat’iy miqdorda belgilanadigan eng yuqori (cheklangan) darajasi (summasi);
subsidiyalanadigan aviaqatnov — maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan aviaqatnov;
sayohat tashkilotchisi — turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi asosida mahalliy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat (tur) tashkil qilgan turoperator yoki sayohat (tur)ni sotuvchi turagent;
subsidiya — aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini, shuningdek, turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning transport chiptalari hamda mehmonxona xizmatlari narxlarining bir qismini qaytarish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘.
3. Subsidiya 2021-yil 1-martdan 2022-yil 1-iyungacha:
aviatashuvchilarga — ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlarda avia chipta narxining 25 foizi;
sayohat tashkilotchilariga — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan transport chiptalari narxining 15 foizi hamda mehmonxona xizmatlari narxining 10 foizi miqdorida ajratiladi.
4. Sayohat tashkilotchilarining mehmonxona xarajatlari uchun subsidiya sayohat amalga oshirilgan hududlardagi joylashtirish vositalarida kamida bir kecha tunab qolish sharti bilan taqdim etiladi.
5. Subsidiyalanadigan aviaqatnovlar yo‘nalishlari Maxsus komissiya qarori bilan tasdiqlanadi. Maxsus komissiya qarorida subsidiyalanadigan aviaqatnov amalga oshiriladigan yo‘nalish (marshrut) va amal qilish muddati, uni uzaytirish shartlari hamda maxsus tarif belgilanadi.
Subsidiya har oyda to‘lab boriladi.
6. Aviatashuvchilarga subsidiya respublikaning bir viloyati/shahridan ikkinchi viloyati/shahriga amalga oshirilgan aviaqatnovlar uchun havo kemasining tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifasi chipta narxining 25 foizi miqdorida ajratiladi.
Bunda, maxsus komissiya tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifasi chipta narxini bir xil narxda belgilashi mumkin.
7. Aviatashuvchi maxsus tarifni mustaqil pasaytirish huquqiga ega. Maxsus komissiya tomonidan zarur hollarda maxsus tarif qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
8. Subsidiyalanadigan aviaqatnov Maxsus komissiya qaroriga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
9. Aviatashuvchi amalga oshirilgan subsidiyalanadigan aviaqatnovlar uchun har oy yakuni bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda Transport vazirligiga subsidiya ajratish to‘g‘risida ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
10. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobraqami rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
amalga oshirilgan subsidiyalanadigan aviaqatnovlar soni, havo kemalari turi va ulardagi o‘rindiqlar soni, haqiqatda sotilgan chipta soni va narxi bo‘yicha jamlama reyestr.
11. Subsidiya ajratish uchun taqdim etilgan hujjatlar, ma’lumotlar va hisob-kitoblar aviatashuvchi tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.
12. Subsidiyalanadigan aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
13. Ariza va arizaga ilova qilinadigan barcha hujjatlarning asosliligi Transport vazirligi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
14. Transport vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.
15. Transport vazirligi arizani o‘rganib chiqqandan so‘ng, bir ish kuni mobaynida subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qarorning nusxasi qabul qilingan kunda aviatashuvchiga yuboriladi.
16. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan qaror aviatashuvchiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
Aviatashuvchi qarorni olgan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Transport vazirligiga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
17. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim qilinmagan yoki to‘liq hajmda taqdim qilinmaganligi;
b) taqdim qilingan hujjatlarning noto‘g‘riligi;
v) ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan mablag‘lar ajratish muddatining tugashi.
Subsidiya olishni ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilmagan asoslar bo‘yicha rad etish mumkin emas.
18. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Transport vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda yangi asoslar bo‘yicha subsidiya ajratishni rad etish mumkin emas.
19. Ushbu Nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
20. Transport vazirligi aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligiga aviatashuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ajratilayotgan mablag‘lar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
21. Moliya vazirligi Transport vazirligi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani uch ish kunida ko‘rib chiqadi va tegishli mablag‘larni aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Transport vazirligining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Bunda aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligi tomonidan Transport vazirligiga belgilangan tartibda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
22. Mablag‘lar kelib tushganidan so‘ng Transport vazirligi uch ish kunida aviatashuvchining ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.
23. Subsidiya miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi: