II. Chorvachilik va uning tarmoqlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish
1. Chorvachilik va uning tarmoqlarida ozuqa bazasini mustahkamlash hamda ozuqa ishlab chiqarish salohiyatini oshirish
|
8.
|
Ozuqabop ekin navlarini yaratgan mualliflarni rag‘batlantirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish.
|
Qaror loyihasi
|
2022-yil 1-iyul
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
9.
|
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va paxtachilik-g‘allachilik fermer xo‘jaliklarining boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarini dehqon xo‘jaliklari va aholi xonadonlariga ikkilamchi ijaraga berish tizimini yo‘lga qo‘yish.
|
Qaror loyihasi
|
2022-yil 1-iyul
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
10.
|
Mahalliy hokimliklar zaxirasidagi yaylov yerlaridan foydalanish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va kooperatsiya asosida aholiga foydalanishga berishni muvofiqlashtirish.
|
Qaror loyihasi
|
2022-yil 1-noyabr
|
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
11.
|
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va paxtachilik-g‘allachilik fermer xo‘jaliklaridagi ekin yerlarida ilmiy asoslangan holda ozuqabop ekinlarni almashlab ekish tizimini tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-iyul
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
12.
|
Ozuqabop ekinlar va yaylov o‘simliklari urug‘larini yetishtirishga ixtisoslashgan urug‘chilik xo‘jaliklarini ko‘paytirish hamda urug‘liklarning fermer xo‘jaliklari va aholi xonadonlariga yetkazib berilishini tizimli tashkil etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-iyun
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
13.
|
Ozuqabop ekinlarni joylashtirish tartibini qayta ko‘rib chiqish va ozuqabop ekin yerlarini ishlab chiqariladigan mahsulot bilan uzviy bog‘lash mexanizmlarini ishlab chiqish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-iyun
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
14.
|
Ozuqabop ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish hamda hosildorligi yuqori bo‘lgan navlarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
|
Qaror loyihasi
|
2022-yil 1-iyul
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
15.
|
Chorvachilik xo‘jaliklarida ozuqabop ekinlarni agrotexnik qoidalar asosida ekish, parvarishlash va o‘rib-yig‘ib olishni ilmiy asoslangan holda tashkil etish orqali chorvachilik ozuqa bazasini yanada mustahkamlash choralarini ko‘rish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
16.
|
Mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan kuchli ozuqalar tarkibini joyida tahlil qilish uchun mobil laboratoriyalar tashkil etish va mahsulot sifatini nazorat qilishni tartibga solish mexanizmlarini joriy etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-oktabr
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
17.
|
Dukkakli o‘simliklar uchun yer maydonlarini ajratish orqali xo‘jaliklarda almashlab ekish amaliyotini takomillashtirish hisobiga tarkibi oqsilga boy bo‘lgan ozuqa jamg‘arish miqdorini oshirish hamda yer va tuproq unumdorligini yaxshilash.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-mart
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
18.
|
Ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lgan hosildor yashil ozuqalar, jumladan, makkajo‘xori ekiladigan maydonlarni kengaytirish va ularning hajmini oshirish hisobiga chorva mollarini oziqlantirish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-mart
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
19.
|
Chet davlatlardan keltirilgan mahsuldorligi yuqori va naslli qoramollarning bosh soniga nisbatan me’yor darajasida va mutanosib ravishda ozuqabop ekinlar uchun sug‘oriladigan yer maydonlarini kengaytirishni tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-mart
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
|