Choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va boshqalar) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temir betondan foydalanish yaxshi samara beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi. Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton konstruksiyalar k. yigʻma elementlarning quyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha elementlarga tekis taqsimlanadi; Temirbeton konstruksiyalar k. ning yaxlitligi taʼminlanadi. Temirbeton konstruksiyalar k. ning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi. Birinchi — dastlabki davrda Temirbeton konstruksiyalar k. ni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishlar nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya materiallar qarshiligi fanining formulalariga asoslangan edi. Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilmiy ishlaridan boshlandi (1931). Bu ishlar asosida yaratilgan buzilish bosqichi nazariyasi 1938—55 yillarda qurilish meʼyorlarida asosiy qisoblash nazariyasi boʻlib keldi. Shu davr mobaynida Temirbeton konstruksiyalar k. larining mustahkamligi shu nazariya asosida hisoblanib kelindi. Beton deb bog'lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to'ldiruvchilaming ma’lum proporsional miqdorlarda olingan qorishmasini yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialga aytiladi. arzon to'ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to'ldiruvchi va suv betonning 85—90% ini, sement esa 10—15% hajmini tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda g'ovak sun’iy to'ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng ko'lamda qo'llanilmoqda. G 'ovakli to'ld iruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. Beton va beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchununing tarkibiga kimyoviy qo'shimcha aralashtirilib, beton qorishmasining qotishi tezlashtiriladi yoki sekinlashtiriladi, ancha plastik va qulay quyiluvchanligi oshiriladi, qotish jarayoni tezlashtiriladi, mustahkamligi va sovuqqa chidam liligi ko‘tariladi. Zarur hollarda beton xususiyatlari boshqa yo‘nalishda o‘zgartiriladi. Beton — asosiy qurilish ashyosidir. Unga keng qamrovda turli xususiyatlar, jumladan , mustahkamlik, zichlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik va boshqa shu kabi xossalani berish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |