Meliorativ kadastr – bu yerlarning meliorativ holati to’g’risidagi ma’lumotlarning mujassamlashgan tizimi.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholashda joylardagi Gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari juda muhim o’rin tutadi.
Meliorativ nazorat xizmati vazifalariga quyidagilar kiradi:
- tuproq tuz tartibini kuzatishni tashkil qilish va olib borish;
kuzatish natijalarini taxlil qilish va meliorativ holatni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar berish.
erlarning meliorativ xolatini nazorat qilish uchun, tuproq tuz tartibini kuzatish masalasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
tuproq sho’rlanishi darajasi va xilini belgilash;
tuproq sho’rlanishi sabablarini ochib berish;
sizot suvlarining kimyoviy tarkibi, tartib darajasi va tuproq sho’rlanishi dinamikasi orasidagi bog’lanishni belgilash;
tuz balansi monitoringini kiritish;
ko’p yillik davr mobaynida jinslar sho’rlanishi, o’zgarishi, yo’nalishini belgilash, meliorativ tadbirlarning samaradorligini baholash.
Tabiiyki shurlangan yerlarda qishloq Xo’jalik ekinlaridan maxsulot olish uchun, ularga me’yordan 2-3 xissa ortik sug’orish suvi talab kilinadi, aks xolda bu yerda muljallangan xosilni 70-80%igacha nobud bulishi turgan gap.
SHo’rlangan sug’orish maydonlarida meliorativ tadbirlarni to’g’ri belgilash uchun avvalambor ularni nima sababdan shurlanganligini aniklash kerak. Ma’lum bir cheklangan maydon uchun kompleks meliorativ tadbirlarni belgilash murakkab masaladir, chunki tuproqning suv va tuz rejimiga juda kuplab omillar ta’sir kiladi.
Ortikcha namiqqan maydonlarda yerlarni keng ko’lamda botqoqlanishining asosiy sababi maydoni umumiy bug’lanish mikdoridan unga tushadigan yog’in miqdorini ko’pligidadir. Natijada quyidagi xolatlar namoyon bo’ladi.
Tuprog’i kam suv o’tkazuvchan va kichik nishablikka ega maydonlarda ochiq suv xavzasi botqoqliklar vujudga keladi.
Tuproqlarning ortikcha namikishi asosan bosimli sizot suvlarini vakt bevakt kutarilib turishi xisobiga bo’ladi.
Tuproqlarni botqoqlanishi yoki ortikcha namikishi xam bosimli sizot suvlarini kutarilishi, xam yukorida joylashgan maydonlarda yer osti suvlarini kushni maydonlardan okib kelishi xisobiga bo’ladi.
Erlarni ushbu turdagi botqoqlanishi kurgokchil mintakada xam uchrashi mumkin. Bu xolda bunday botqoqlanishni asosiy sababi ortikcha berilgan sug’orish suvi xisoblanib asosan sizot suvlarining tabiiy okuvchanligi bulmagan joylarda vujudga keladi.
Bu mintakada umumiy bug’lanish mikdorini juda katta bo’lishligi, xamda sizot suvlarni yukori minerallashganligi, ularni satxini ko’tarilishida har doim tuproqni sho’rlanishiga olib keladi.
Sug’orish xududida sizot suvlari rejimi tabiiy va insonning xo’jalik faoliyatidan kelib chikkan sun’iy omillar belgilaydi.
Tabiiy omillar:
1.Iklim shart-sharoitlari (yogingarchilik, xavo xarorati va namligi, shamol) 2.Tuproqning yer ustki va ostki katlamlarining suv fizik xususiyatlari (suv utkazuvchanlik, turli suv utkazuvchanlikka ega katlamlarni uzaro joylashuvchanligi, filtratsiya koeffitsiyenti, govaklik, nam sigimi, suv beruvchanlik koeffitsiyenti, tuproq tarkibidagi tuzlar tarkibi).
3.Suv utkazmaydigan katlamni joylanish chukurligi. 4.Er relefi.
5.Geologik va gidrogeologik shart-sharoitlar (sizot suvlari xosil bulishini yillik va kup yillik rejimi, sizot suvlariga kirim va chikim shart-sharoitlari, ularni minerallashganligi)
Sun’iy omillar:
1.Suv berish(sug’orish rejimi) 2.E.F.K.
Qishloq Xo’jalik ekinlarini tarkibi, ularni xosildorligi, ularga agrotexnik ishlov berish darajasi.
Sug’orish tizimini texnik xolati va undan foydalanish darajasi (suv olish, sug’orish tizimini F.I.K. suv taksimoti va boshkalar)
Sizot suvlaridan foydalanish darajasi. 6.Tashlama, suv yigish va Z.K.T.ni mavjudligi.
Shurlangan tuproqlar deb uning faol katlamida madaniy qishloq xo’jalik ekinlarini normal rivojlanishiga aks ta’sir kursatadigan va ularning xosildorligini pasaytirishga sabab bo’ladigan, suvda eriydigan va tuproqka yutilgan mineral tuzlar tuplangan tuproqlar tushiniladi.
Ko’mir kislota ( karbonatlar – SO3) tuzlari suvda kiyin eruvchan bo’lganligi tufayli eritmada yengil ajraladi va manbadan chiqish joylari yakinida chukma xosil kiladi. Oltingugurt kislota tuzlari eruvchanligi bo’yicha karbonatlardan ustundir. Suvda juda yengil va tez eriydigan tuzlar bu xlorli tuzlar xisoblanadi.
Tuzlarni tarkibiga kura tuproqda quyidagi sho’rlanish turlari farklanadi. Karbonatli, sulfat karbonatli, karbonat sulfatli, sulfatli, xlor-sulfatli, sulfat-xloridli va xloridli. Xloridli tuzlar suvda yengil eruvchan bulganligi sababli ular tuproqning yer yuza xamda sizot suvlarining ustki katlamida joylashgan bo’ladi, bu katlamlar usimlik uchun uta zararli xisoblanadi.
Tuproqdagi tuzlarning ma’lum tarkibida undagi osmotik bosim usimlik ildiz tukchalarining surish kuchidan xar doim yukori bulganligi sababli, usimlik shur tuproqlardagi nam va ozuka elementlarini tulik uzlashtira olmaydi. Undan tashkari tuproq eritmasidagi me’yoridan ortik bulgan zararli tuzlar tuproqdagi ozuka moddalarini xosil kilish va ularni parchalab berishda xizmat kiladigan mikrobiologik flora va fauna o’ldiradi. SHu bilan birga tuproqning suv fizik xususiyatlarini yomonlashtirib bora di.
Tuproqlarni sho’rlanishi minerallashgan sizot suvlari rejimiga uzviy boglikdir, sug’orish maydonlarida ularning rejimi uz urnida sug’orish rejimi va qishloq Xo’jalik ekinlarini sug’orish texnikasi bilan aniklanadi. Sizot suvlari satxini yer yuzasiga yakinlashishi sizot suvlarini keskin parlanishini kupayishiga, bu xolat esa tuproqning yuza katlamini shurlashiga olib keladi.
Markaziy Osiyoda tuz rejimi borasida olib borilgan kup yillik tadkikotlarni natijasiga kura, sizot suvlari ustida joylashgan sho’r tuproq katlamida tuz zaxiralarining umumiy mikdori nisbatan sekin o’zgarishini xaydov katlamida esa yilni mavsumlariga, tuproqka ishlov berish, yetishtiriladigan ekin turiga, ularni sug’orish rejimiga karab keskin uzgarishini kuzatish mumkin.
Tuproqning tuz rejimini baxolashda mavsumiy akkumulyatsiya (chukish) koeffitsiyenti ma’lum bir tuproq katlamidagi suvda oson eriydigan tuzlarni kuzgi mikdorini uning baxorgi mikdoriga nisbatidan foydalaniladi.
YUkorida keltirilganlardan kurinib turibdiki sho’rlanishni asosiy sababi shur sizot suvlar satxini kutarilishi ekan.
Sug’orish maydonlarida sizot suvlari rejimini bashorati uchun S.F.Averyanovni suv muvozanat formulasidan foydalaniladi.
⊳ W a Fk+Os R +P+(M2-M1)-D. M3/ga:
bu yerda W- xisobiy davrda xisobiy katlamda tuproq namini qiymatini uzgarishi, m3/ga,
Fk- sizot suvlarini ta’minlashga ketadigan sug’orish suvlarini isrof qiymati, m3/ga, O s – yogin mikdori m3/ga ,
R – kuyi katlamlar bilan sizot suvlarini suv almashinuv qiymati, m3/ga,
P - sizot suvlarini muvozanat maydoniga kirish va chikish urtasidagi fark, m3 /ga, M1 – umumiy parlanish, m3/ga,
M2 – sug’orish uchun berilgan suv, m3/ga
D – zovur okimi, m3/ga. D=10000 x ,m3/ga,
Do'stlaringiz bilan baham: |