O`zbekiston Respublikasi xavfsizligi va mudofaasini ta`minlashning konstitutsiyaviy asoslari


Milliy xavfsizlikning subyekti, obyekti hamda uni ta`minlash sohasidagi davlat siyosati



Download 107 Kb.
bet2/4
Sana15.07.2022
Hajmi107 Kb.
#802335
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi xavfsizligi va mudofaasini ta`minlashning konstitutsiyaviy asoslari

2. Milliy xavfsizlikning subyekti, obyekti hamda uni ta`minlash sohasidagi davlat siyosati
Milliy xavfsizlik subyekti, obyekti va bu boradagi siyosat. Mamlakat xavfsizligini ta`minlash davlatning bosh vazifalaridan biri bo`lib, aynan shu soha uning qonunchilik asoslarini yaratadi, moddiy-moliyaviy va kadrlar resursi safarbarligini, zarur boshqaruv mahkamasini, maxsus xizmatlarni, Qurolli Kuchlarni tashkil qiladi va ta`minlaydi.
Xavfsizlikni ta`minlash mamlakatni rivojlantirishning muhim sharti, xalqaro munosabatlar sohasida, milliy manfaatlar va ustuvor vazifalarni belgilashda davlat siyosatining tarkibiy qismi va mezoni hisoblanadi. Ushbu sohada davlat siyosati quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi: tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatda milliy manfaatlarni himoyalash strategiyasini aniqlash; O`zbekiston Respublikasining hayotiy muhim manfaatlariga tahdidlarni aniqlash, baholash, tahlil etish va bu tahdidlarga qarshi kurash; milliy xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish uchun zarur bo`lgan mexanizmlar, tezkor tadbirlar va resurslar bilan ta`minlash; shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish kafolatlari tizimini kengaytirish; milliy xavfsizlikni ta`minlash tizimini va tegishli qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Milliy xavfsizlikni ta`minlash sohasidagi davlat siyosati mamlakat va butun dunyodagi vaziyatning, Konstitutsiyada belgilangan, hozirgi davrning alohida xususiyatlari, jug`rofiy-siyosiy omillarning, Markaziy Osiyodagi vaziyatning va tashqi siyosatdagi xalqaro huquqning umume`tirof etilgan prinsiplari va normalaridan kelib chiquvchi ustuvor vazifalarning chuqur va har tomonlama tahlilini hisobga olgan holda quriladi.
Hayotiy muhim milliy manfaatlarni turli ko`rinishdagi ichki va tashqi tahdidlardan kafolatli himoya etish milliy xavfsizlikning mazmun-mohiyati hisoblanadi.
Milliy xavfsizlikning obyekti quyidagilardan iborat:
inson - uning huquq va erkinliklari;
jamiyat – uning ma`naviy va moddiy boyliklari;
davlat – uning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi.
Inson, milliy xavfsizlik obyekti sifatida eng yuksak qadriyatdir. Shu boisdan uning hayoti, erkinligi, sha`ni va qadr-qimmati har doim birinchi o`ringa qo`yiladi. Aslini olganda ham, shaxsning xavfsizligi va manfaatlari shu yo`nalishdagi davlat siyosatini tushunishda hal qiluvchi mezondir. Jamiyat va davlat tomonidan olib borilayotgan faoliyatning ta`sirchanligi shaxs hayotining daxlsizligi va xavfsizligi davlat tomonidan qay darajada ta`minlanishi orqali ayon bo`ladi.
Jamiyat xavfsizligi yoki “ijtimoiy xavfsizlik”ni milliy xavfsizlikdan ayri holda tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu – uning tarkibiy qismidir. Jamiyat xavfsizligiga tahdid ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy turmush tarziga, ma`naviy negizlarga va madaniy-moddiy qadriyatlarga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga, boshqaruv tartibiga, jamoat tartibi va boshqalarga iqtisodiy, ekologik, harbiy zarar yetkazadi. Ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy, madaniy, axloqiy, huquqiy, diniy va boshqa turdagi munosabatlar tizimidan iborat jamiyatga tahdid qilish milliy xavfsizlik asoslariga qilingan tahdiddir. Masalan, millatlararo, konfessiyalararo munosabatlarga va fuqarolar totuvligiga raxna solinganda jamiyat taraqqiyotini uzoq muddat orqaga surib yuborishi yoki milliy davlatchilikni barbod qilishi mumkin. Demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslari, ma`naviy qadriyatlar, oila, aholining salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, jamiyatning davlat ustidan nazorati samarali usullarini shakllantirish milliy xavfsizlikni ta`minlashning zarur shartlaridir.
Davlat milliy xavfsizlik obyekti sifatida millatning bir butunligi va barqarorligini ta`minlashni muqarrar zaruriyat, deb biladi. Chunki davlat insonning huquqlari va erkinligini ta`minlar va kafolatlar ekan, milliy suverenitet davlat timsolida namoyon bo`lishi boisidanoq davlatning o`zi alohida bir qadriyat bo`lib qoladi.
Shu ma`noda, milliy xavfsizlikni ta`minlash siyosati barqaror demokratik rivojlanish strategiyasi bilan uzviy bog`liq bo`lib, aslida, uning tarkibiy qismi va ayni paytda, xuddi shu demokratik taraqqiyotni amalga oshirishning muhim shartiga aylanadi. U quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish;
Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi;
millatning ma`naviy salohiyatiga tayanish;
milliy manfaatlarning ustuvorligi;
millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta`minlash;
hududiy yaxlitlikni saqlash;
xavfsizlikning bo`linmasligi;
harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik;
tashqi siyosatni mafkuralashtirishdan voz kechish;
tashqi va ichki siyosatning birligi;
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
xalqaro shartnomalar bo`yicha zimmaga olingan majburiyatlarga og`ishmay rioya etish;
xalqaro nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik;
jamiyat turmushining barcha jabhalarida o`zgarishlarning izchilligi va bosqichliligi;
izchil demokratlashuv, fikrlar xilma-xilligi va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarishini rivojlantirish;
ijtimoiy adolat va kuchli ijtimoiy siyosat;
ekologik muammolarni hal etishning ustuvorligi;
milliy xavfsizlikka tahdidlarning xususiyati va ko`lamiga javob choralarining bamavridligi va mutanosibligi.
Milliy xavfsizlik hamisha ham chuqur idrok qilingan emas. “Mil-liy xavfsizlik” atamasi ilk marta Amerika siyosiy lug`atiga prezident T.Ruzvelt tomonidan 1904 yilda kiritilgan. Keyinchalik mazkur tushun-chaning mazmun doirasi asta-sekin ijtimoiy munosabatlar, globallashuv va integratsiya jarayonlari, shuningdek xilma-xil ko`rinishdagi tahdid va tahlikalar bilan uzviy bog`liq ravishda kengayib bordi. Bugungi kunda mamlakat hayoti uchun xatarli bo`lgan har qanday muammo milliy xavfsizlikka tahdidga aylanishi mumkin.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, milliy xavfsizlikni ta`minlashning asosiy yo`nalishlari milliy manfaatlar ustuvorligi, real hamda potensial tahdid va tahlikalar bilan bevosita bog`liq ravishda belgilanadi. Mazkur yo`nalishlar sohalarga bo`linadi va quyidagicha nomlanadi:
siyosiy xavfsizlik, u ichki va tashqi jihatlarga qarab, ya`ni ichki siyosiy va tashqi siyosiy xavfsizlik tarzida bo`linadi;
iqtisodiy xavfsizlik, bu ham ichki va tashqi jihatlarga qarab, ya`ni ichki iqtisodiy va tashqi iqtisodiy xavfsizlik tarzida bo`linadi;
ijtimoiy xavfsizlik;
gumanitar xavfsizlik;
harbiy xavfsizlik;
ilmiy-texnikaviy, texnologik va axborot xavfsizligi;
ekologik xavfsizlik.
Milliy xavfizlikni ta`minlashning qonunchilik va nazariy-metodo-logik asoslari to`g`risida so`z yuritilar ekan, konseptual va dasturiy hujjatlar xususida ham to`xtalib o`tmaslik mumkin emas. Ular, garchi to`g`ridan-to`g`ri normativ-huquqiy hujjatlar sirasiga kiritilmasa-da, qonunlar yoki Prezident Farmonlari bilan tasdiqlanadi va shu tarzda huquqiy kuchga ega bo`ladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi yoki O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi ma`ruzasida xavfsizlikni ta`minlash sohasida belgilab berilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish dasturi shular jumlasiga kiradi).



Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish