Do’stlik tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabining umumiy yig’ilish
BAYONNOMASI
17.09.2021 yil Do’stlik shahri
Yig’ilish raisi: S.Tishlikov- maktab direktori
Yig’ilish kotibi: M.Amanlikova-xotin-qizlar qo’mitasi raisi
Qatnashdilar: 92 nafar maktab 8-11- sinf o’quvchi qizlari va sinf rahbarlari
Taklif etildi: Raximova U- maktab hamshirasi
Do’stlik tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida “O’quvchi qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarsi va sog’lom ruhiyatni targ’ib qilish” to’g’risida
Kun tartibidagi masala yuzasidan 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi MMIBDO’-B.Kurbanov so’zga chiqib, maktab o’qituvchi va o’quvchilarga yig’ilish maqsadi bilan tanishtirib o’tdi.
U o’z so’zini davom ettirib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2-fevraldagi ПФ 5325-sonli “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni yuzasidan balog’at yoshidagi va voyaga yetmagan o’smirlaar o’rtasida “Oila jamiyat va davlat himoyasida “ konstitutsiyaviy prinsipni va oila institutni mustahkamlash bo’yicha eng avvalo, “Sog’lom oila-sog;lom jamiyat konseptual g’oyasini, O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolati to’g’risida”gi Qonun va yoshlarning huquq va majburiyatlari to’g’risida umumiy tushunchalar berilib o’tildi.
Shundan so’ng kun tartibidagi masala yuzasidan maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.Amanlikova so’zga chiqdi. So’zi davomida maktab o’quvchilarining dars jarayonida belgilangan o’quv libosida bo’lishi va milliyligimiz doirasida kiyinish madaniyatini yuksaltirish lozimligi, jamoat joylari (maktabda, ko’chada, umumjamoa yig’inlari)da yoshlarning so’zlashish odabi, mintaletetimizga xos bo’lmagan so’zlardan faydalanmaslikka chorlab, o’smirlar o’rtasida badiiy kitobxonlikni keng targ’ib qilish va badiiy kechalar, she’rxonliklar tashkil etish lozimligi to’g’risida takliflar kiritdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab amaliyotchi psixologi X.G’aybullayeva va maktab hamshirasi Raximova U so’zga chiqib, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilishda tibbiy ko’riklarning ahamiyati. Tibbiy ko’riklar inson salomatligini saqlashi, kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish maqsadida o’tkaziladigan tadbirlar majmuasi haqida gapirib o’tdi.
Shundan so’ng o’quvchilar va mutasaddilar o’rtasida mavzu yuzasidan savol-javoblar o’tkazildi, takliflar tinglanib yig’ilishni maktab xotin-qizlari qo’mitasi raisi M.Amanlikova o’z minnatdorchiligini bildirib, yig’ilishni yakunladi.
Yuqoridagi masalalardan kelib chiqib, yig’ilish
Qaror qiladi
Yuqoridagi so’zga chiqqan mutassadilarning mavzu yuzasidan berilgan ma’lumotlarni ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ta’lim muassasasida erta nikoh va erta tug;ruqning oldini olish bo’yicha keng targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilsin.
Maktabda “O’quvchi qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi va sog’lom ruhiyatni targ’ib qilish” yuzasidan olib borilayotgan ishlar kuchaytirilsin.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maktab xotin-qizlar qo’mitasi zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: S.Tishlikov
Maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi: M.Amanlikova
Do'stlaringiz bilan baham: |