O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 124,97 Kb.
bet7/14
Sana02.07.2021
Hajmi124,97 Kb.
#107337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Tilavov Zokirjon Zaripbayevich. Kurs ishi

UMUMINSONIY QADRIYATLAR – barcha insonlarning tarixi, merosi, istiqloli, istiqboli va manfaatlarida mavjud bo‘lgan tutash, umumiy bo‘lgan zaminlar va manfaatlar asosida tashkil topgan, taraqqiyotning yangi bosqichida ham barchaning manfaatiga mos keladigan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hodisalar va boyliklar yig’indisi

  1. Milliy qadriyatlarga sadoqat

Basharti, mustaqil davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan xalqda etuk milliy ong bo’lmasa, ozodlik, erkinlik haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Agar xalqning milliy ongi to’xtovsiz o’sib bormasa, mustaqillikning ma’naviy zamini mustahkamlanmaydi. Chunki milliy ong mustaqillikka yo’nalish beradi, xalqni yakdil qiladi.

Siyosiy madaniyati o’sgan, milliy o’zligini anglagan xalq va millatning hayoti mazmunan boyiydi, go’zallasha boradi. O’z-o’zini, milliy o’zligini anglash – bu milliy birlik, milliy ahillik va milliy totuvlikning asoslaridan biridir. Xalqning milliy jihatdan o’z-o’zini anglashiga erishmasdan turib, umumiy maqsadlar yo’lida birlashtirib, g’oyaviy-iqtisodiy jihatdan uyushtirib, har qanday murakkab vazifalarni hal qiladigan buyuk ijtimoiy kuchga aylantirib bo’lmaydi.

Avvalo, o’zini o’zi anglash – bu xalqning o’tmish tarixiy taraqqiyot yo’lini, ota-bobolarining, nasl-nasabining, avlod-ajdodlarining kim bo’lganligi va ularning jahon ilm-fani, madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalarini bilib olishdir. Milliy o’zlikni anglash kishining jamiyat va Vatan porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlarga ega ekanligini chuqur anglab yetishi va mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish uchun o’zini safarbar etishi demakdir.

O’zini chuqur anglab yetgan, ko’zi ochilgan, aqli yetilgan, g’oyaviy-siyosiy jihatdan uyg’ongan, jisplashgan xalq va millatni mustamlakachilik usulida ushlab turish, tili, madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talon-toroj qilish, huquqini poymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish mumkin emas.

Dunyodagi har bir davlat, katta-kichikligidan qat’iy nazar, o’z taraqqiyoti jarayonida ma’naviyatga ehtiyoj sezadi. Bu tarixiy zaruratdir. Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati tarixning burilish davrlarida, ayniqsa, beqiyos bo’ladi.

Demak, qadriyatning uch guruhi bo’lib, ular milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatga bo’linadi. Milliy qadriyat muayyan elat, millat, uning ajdodlarga xos bo’lgan behad qimmatli ma’naviy boylikdir.

Mintaqaviy qadriyat esa muayyan jug’rofiy millatlarga xos, ular uchun umumiy bo’lgan ma’naviy boyliklardir. Bunga Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak qadriyatini misol qilib keltirish mumkin.

Umuminsoniy qadriyat esa butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy boyliklardan tashkil topadi. Milliy qadriyat, avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kun yo bir yilda shakllanmasdan, balki insoniyatning milliy ma’naviy tarixi, millatning ma’naviy kamol topish jarayoni bilan bog’lanib ketadi. Milliy qadriyatning asosiy belgisi va o’zagi, milliy axloq, milliy his-tuyg’u, milliy ruhiyat kabi masalalar bilan bog’liq, shu bilan birga, milliy qadriyatda milliy manfaat masalalarini ham o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Ma’naviyat majmui ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanadi. Milliy ahloq qadriyatning markazida turadi. Uning belgilari rostlik, adolat, do’stlik, insonparvarlik, bir-biriga hurmat, hamjihatlik, bilimlilik, mehnatsevarlik, ona tili va Vatanga muhabbat, sahovat, mas’ullik, halollik singari fazilatlardir.

Qadriyat so’zning ma’nosini o’zbek tilidagi qadr ma’nosidan bilib olish mumkin. Qadr tushunchasi serqirra ma’no va mazmunga ega bo’lib, qadriyat sifatida qaralayotgan ob’ekt, narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning sub’ekt uchun ijtimoiy ahamiyatini anglatadm. Qadriyatlar mohiyati jnhatidan moddiy va ma’navmy qadriyatlarga bo’linadi va ular quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:



  1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar;

  2. An’nalar, urf-odatlar va marosimlarda aks etadigan axloqiy qadriyatlar;

  3. Insoniyat aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar;

  4. Odamlar o’rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda ko’rinadigan qadriyatlar.

  5. Kishilar yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar.

Bayon etilgan qadriyatlar, o’z navbatida: 1) umuminsoniy; 2) mintaqaviy; 3) milliy; 4) diniy qadriyatlarga bo’linadi. Umuminsoniy ma’naviyat birligida mazkur qadriyatlarning o’ziga xos o’rni bo’lib, ular 2 turga: milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’linadi.

Milliy qadriyatlar ayrim xalq, millatlar va elatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning yig’indisidan iborat. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birgaliqda mavjud bo’ladi.

Milliy qadriyatlar masalasiga mustaqillikkacha etarlicha e’tibor berilmay kelindi. Endiliqda mustaqillik va demokratiya jarayoni milliy qadriyatlarii qayta idrok etish va anglashni talab etadi. Bu sohada yig’ilib qolgan muammolarni yangicha tafakkur asosida chuqur nazariy mushohada etish hayot taqozosidir.

Milliy qadriyatlar tor ma’noda muayyan bir millatning, elatning qiziqishlari va manfaatlarini ifodalovchi munosabatlar mazmunini tashkil etsa, Keng ma’noda muayyan bir davlatda yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini ifodalovchi munosabatlar yig’shshisini aks ettiradi.

Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi muayyan bir millatning hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili, o’tmishi, kelajagi bilan uzviy bog’liq bo’ladi.

Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-tarixiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati, tarixi udumlari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini har tomonlama qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi uning tuyg’usida ham aks etadi. Milliy tuyg’u – tabiiy tuyg’udir. Unda millatning tarixi, hozirgi ahvoli, milliy ruhiyati va xususiyatini tushunish hissiy shaklda mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa, u o’zining qaysi millatga mansubligini xis etmasa, uning o’z milliy manfaat va qadriyatlarini qanday qilib anglashini tasavvur qilish kiyin. Toki millatlar, milliy manfaatlar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy tuyg’ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan mahrum qilishga urinish tarix va insoniyat uchun eng katta jinoyat ekanligini bugun tushunib etayapmiz. Millatlarning o’z-o’zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlari bilan birga milliy qadriyatlari ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.

Milliy qadriyatlarning kuchayib borishi mahdudlikka, milliy xudbinlikka, o’z millati manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish, boshqa millatlar va xalqlar manfaatlarini hisobga olmaslikka olib kelmasligi kerak.

Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko’rsatmasin, har bir millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo’li va mezoni milliy qadriyatlar bo’lib qolaveradi. Biron millatning yaxshi urf-odatlari, marosimlari boshqa millat ruhi, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo’ladi.

Bundan tashqari, har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma’naviyati bilan bog’liq bo’ladi. Milliy qadriyatlarni qandaydir o’zgarmas hodisa deb qaramaslik kerak. Milliy taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o’zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib boradi.

Umuminsoniy qadriyatlar insonlarda axloq va madaniyatning ustunligini e’tirof etishda, ularni turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumli mamlakatlar hamkorligining umumiy yo’nalishini hosil qilish va dunyoda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy ishlarni tushunishda, madaniy-ma’naviy, ilmiy-texnikaviy, harbiy sohani, aloqani mamlakatlar va xalqlarda rivojlantirishda ko’rinadi.

Umuminsoniy qadriyatlar jahon tsivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligini ifodasidir. Bu jihatdan qaraganda, umuminsoniy va milliy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir.

Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo’lib, uni o’z ichiga oladi. Demak, umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi hamda umumiyligini ifodalaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dunyodagi birorta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatdan, Umumiy jahon tsivilizatsiyasidan alohida tarixga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydi. Barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanish tarixi bir-biri bilan uzviy bog’lanib, taraqqiy etib kelgan. Zotan, xamma vaqt butun jahon iqtisodiy va ma’naviy xalqlar, millatlar, elatlar, urug’lar va kabilalar tarixi, taqdirlarining o’zaro bog’lanishi, bir-birini boyitishi asosida amalga oshib kelgan.

Umuminsoniy qadriyatdar o’zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilishi, dunyodagi ko’plab xalqlar, millatlarning o’tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.

Tabiatni muhofaza qilish, ekologik tarbiya va madaniyatni rivojlantirish, insoniyatning sihatsalomatligini ta’minlash, oziq-ovqat, energiya va yonilg’i tanqisligini tugatish, madaniy boyliklarni, tsivilizatsiyani esonomon saqlab qolish, urushlarning boshlanishiga yo’l ko’ymaslik, tinchlikni saqlab qolish — bularning hammasi umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlardir. Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlar va millatlargagina mansub bo’lmay, bashariyatning mulkidir.




Download 124,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish