Rasmiy-idoraviy uslub. Davlat idorasi tomonidan chiqariladigan qaror, qonun, nizom, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog`ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimayi hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda bitiladi.
Ommabop (publisistik) uslub. Tashviqot-targ`ibot ishini olib borishda qo`llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi – ommabop uslub. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so`z ko`p qo`llanadi.
Badiiy uslub. Badiiy asar badiiy uslubda bo`ladi. Bunday asar kishiga ma’lumot berish bilan birga, timsol (obraz) vositasida estetik ta’sir ham ko`rsatadi. Badiiy uslubda qahramon nutqini jonli berish oddiy nutq so`zi, sheva, vulgarizmdan ham foydalaniladi. Badiiy asar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so`zlashuv uslubiga, kitobiy uslubga xos o`rin ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |