3. Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. Antonimlardan to‘g‘ri foydalana olmaslik ham uslubiy xatoliklarni keltirib chiqaradi: Choyxona mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o‘xshaydi.Bu gapdagi issiq-chuchugini juftligi o‘rnida achchiq-chuchugini juftligi ishlatilishi kerak edi. Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at tazod (antiteza) deb ataladi.
4. Paronimlarning uslubiy xususiyatlari. Paronimlarni to‘g‘ri qo‘llamaslik natijasida ham xatoliklar kelib chiqadi: Chanoqlardagi lo‘ppi ochilgan paxtalar quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so‘zi o‘rnida tovlanadi so‘zi ishlatilishi kerak edi. Mol-dunyoga xirs qo‘yish nafsni jilovlay olmaslikdandir. Bu gapda xirs so‘zi o‘rnida hirs so‘zi ishlatilish kerak edi.