Nutqning ifodaliligi – notiq nutqining muhim shartlaridan biri ifodalilikdir. Ifodalilik nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishini ta`minlaydi. Irodalari sodda, ammo katta mazmunga ega bo‘lgan nutq tinglovchilik nuqtai nazaridan qaraganda kishilarning nutqlari xilma xildir. hatto bir mavzuga bag‘ishlangan turli kishilarning nutqi turlicha ifodalanishi mumkin. Bunday nutqlarning biriga tinglovchi qiziqib qarasa, boshqasiga nisbatan loqayd munosabatda bo‘ladi. Nutqni ravon qilishda mavzu va xabarning mantiqi, dalillarning yangiligi, muallifning ta`sir o‘tkazish vositalari, nutqning struktura xususiyatlari muhimdir.
O‘xshatish –kabi, singari, -day, -dek kabi vositalar bilan hosil qilinadi. o‘xshatish nutqning turlari uchun ham muhim. Ammo u badiiy nutqda ko‘proq uchraydi:
...Okoplardan ov chiqadi
Och bo‘riday ulishib.
Metafora – narsalar, hodisalar orasida o‘xshashlikka asoslanib bir-biriga xos bo‘lgan belgi xususiyatlarini boshqasiga ko‘chirishdir.
Sinekdoxa ham nutqning ifodaliligini ta`minlaydi.
Biz ham... quyosh, tuproq vaslidan,
qiziydi, orqada, oldimizda yo‘l
Go‘zal bo‘lib ketmish tuproq aslida,
Urib sochib o‘tgach mehnat nomli gul.
Metonimiya – narsalarning zamon va makonda o‘zaro bog‘lanishlariga asoslanadi.
Faqat Chust do‘ppisi ostidan toshgan,
Kumush xalqalardan oqib tushar ter.
(Zulfiya).
“Kumush xalqalar”ning chust do‘ppisi ostidan toshib turishi ularning qo’ng‘iroq soch o‘rnida ishlatilganligini anglashga imkon beradilar.
Tabiiyki, tashviqot xarakteridagi ma`ruza yoki dars jarayonidagi bayon nutqida ham ifodalilik alohida zaruriyatga aylanadi. O`qituvchi dars mavzusini tushuntirar ekan, o`z nutqining ifodaliligiga e`tibor bermasa, ifodalilikni ta`minlaydigan vositalardan foydalanmasa, nutqi quruq, shirasiz, jozibasiz bo`ladi. Ifodalilikni ifodalash tilning barcha sathlarida mavjud. Adabiyotshunoslikda allertatsiya, assonans deb yuritiladigan unli va undoshlar takrori bor. Sevimli shoirimiz E.Vohidov ana shu usuldan mohirlik bilan foydalana olgan.
Qaro qoshing, quyuq qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz,
Qilib qatlimg`a qasd, qilich qayrar qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab,qanot qoqmoqqa qo`ymassan,
Qarab qo`ygil qiyokim,qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.
Ayol
Ardoqlangiz abad a’zal ayol ahlin,
A’molini avaylangiz ag’yorlardan.
Anduhlardan asrang aql-u armonini,
Alyor ayting, alyor ayting ayyomlarda.
Axir avval alla aytgan ayol ahli,
Alla aytib, allalagan ayol ahli,
Avaylabon anduhlardan avlodini,
Aslimizni azizlagan ayol ahli.
Do'stlaringiz bilan baham: |