6. Mubolag‘a (yoki giperbola) uslubiy vosita bo‘lib, ifodalangan tushunchaning ko‘pirtirib, orttirilib tasvirlanishidir. Mubolag‘a xalq dostonlarida, ertaklarda, aytishuv va loflarda faol ishlatiladi: To‘qson molning terisidan kavushi... (“Alpomish” dostonidan)
7. Sifatlash (yoki epitet) narsa, shaxs, hodisalarning belgisini ifodalash vositasidir. Bu vazifada tilimizdagi belgi bildiruvchi so‘z turkumlari (asosan, sifatlar) qo‘llanadi: Zolim jallod, bilmaganim bildirgin... (“Kuntug‘mish” dostonidan)
Fonetik uslubiyat
1. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari
1) asir, devon kabi so‘zlardagi tovushlarning noto‘g‘ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi.
2) –da, -va, -qa (yoki -q) kabi bo‘g‘inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan boshlanadigan so‘zlarni keltirish nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi: So‘zlarning gapda qo‘llanishi va vazifalari...
Do'stlaringiz bilan baham: |