O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


MULTIMEDIA ILOVALARINING TURLARI



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/74
Sana31.12.2021
Hajmi1,87 Mb.
#217923
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Bog'liq
oquv-uslubiy majmua

MULTIMEDIA ILOVALARINING TURLARI  

Multimedia ilovalari quyidagilarga bo’linadi:  

• prezentasiyalar;  

• animasion roliklar;  

• o’yinlar;  

• videoilovalar;  

• multimediali galereyalar;  

• audioilovalar;  

• web uchun ilovalar.  

1-jadvalda    multimedia    ilovalari    haqida    asosiy    tushunchalar    va    ularning  ko’rinishlari  to’g’risida 

ma’lumot berilgan.  

Multimedia ilovalari shakllari 

Tushuncha 

Taqdimot/prezentasiyalar 

Taqdimot  (ing.  presentation)  -  audiovizual  vositalardan  foydalanib 

ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona 

manbaga  umumlashgan  kompyuter  animasiyasi,  grafika,  video, 

musiqa  va  ovozni  o’zida  mujassam  etadi.  Odatda  taqdimot 

ma’lumotni  qulay  qabul  qilish  uchun  syujet,  ssenariy  va  strukturaga 

ega bo’ladi. 

Animasion roliklar 

Animasiya  -  multimediali  texnologiya;  tasvirning  harakatlanayotgan-

ligini  ifodalash  uchun  tasvirlarning  ketma-ket  namoyishi.  Tasvir 

harakatini  tasvirlash  effekti  sekundiga  16  ta  kadrdan  ortiq 

videokadrlar- ning almashinishida hosil bo’ladi. 

O’yinlar 

O’yin dam olish, ko’ngil ochish ehtiyojlarini qondirish, organizmdagi 

zuriqishni  yuqotish  hamda  ma’lum  malaka  va  ko’nikmalarni 

rivojlantirishga yo’naltirilgan multimedia ilovalaridandir. 

Videoilovalar 

Videoilovalar  -  xarakatlanuvchi  tasvirlar  ishlab  chiqish  texnologiyasi 

va  namoyishi.  Video  tasvirlarni  o’qish  qurilmalari  -  videofilmlarni 

boshqaruvchi dasturlar. 

Multimedia-galereyalar 

Galereyalar - ovoz jo’rligidagi xarakatlanuvchi suratlar to’plami. 

Audioilovalar 

Ovozli  fayllarni  o’quvchi  qurilmalar  -  raqamli  tovushlar  bilan 

ishlovchi  dasturlar.  Raqamli  tovush  - 

bu  elektrik  signal 

amplitudasining diskret sonlar bilan ifodalanishi. 

web uchun ilovalar 

web uchun ilovalar - bu alohida veb-saxifalar, uning tarkibiy qismlari 

(menyu, navigasiya v.b.), ma’lumot uzatish uchun ilovalar, ko’p 

kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar. 

Multimedia  ilovalari  yaratish  texnologiyasini  o’rganishda  ularning  qanday  yaratilishini  ifodalovchi 

ssenariy  ishlab  chiqiladi.  Bundan  kelib  chiqib,  har  bir  multimedia  ilovasi  turli  tarkibiy  qismlar  (turli 

mavzular)dan  tashkil  topadi,  degan  mantiqiy  xulosaga  kelishimiz  mumkin.  Multimedia  ilovalari  tarkibini 

quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: yaratilayotgan multimedia ilovasi uchun mavzu tanlash,  ish  maydonini  

belgilash    (masshtab    va    fon),    kadrlar,    qatlamlardan  foydalanish,  turli  shakllar  simvollarini  yaratish, 

dasturlash tilida o’zgaruvchilar kiritish  va  skriptlar  yozish,  tovushli  fayllar  bilan  ishlash,  matn  qo’shish, 

effektlar  yaratish,  rasmlardan  foydalanish  va  import  qilish,  kutubxonadagi  tayyor  komponentlardan 

foydalanish, navigasiyani yaratish, matn razmetkasi tillari va skriptlash tillaridan foydalanish.  

O’z  navbatida  multimedia  ilovalarini  quyidagi  turosti  turlarga  bo’lish  mumkin.  Quyida  multimedia 

ilovalarining turosti turlari to’g’risidagi asosiy tushunchalar keltirilgan.  




 

34 


 

Taqdimot:  

• Chiziqli taqdimot – murakkab grafika, videoqo’yilma, ovoz jo’rligidagi va navigasiya tizimiga ega 

bo’lmagan dinamik rolik.  

•  Interfaol  taqdimot  –  iyerarxik  tamoyillar  bo’yicha  tuzilmaga  keltirilgan  va  maxsus  foydalanuvchi 

interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to’plami.  

Animasiya:  

•  Kadrlar    animasiyasi    –    tasvirlar    harakati    taassurotini    beradigan  suratlarning  kadrlar  bo’yicha 

almashishi.  

•  Dasturiy    animasiya    –    dasturlangan    amallar    ketma-ketligi    yordamida  tasvirlar    almashadigan  

animasiya    (ya’ni    algoritm    va    o’zgaruvchilar  yordamida).  Asosiy  obyektlarni  chizish  qo’lda  amalga 

oshiriladi yoki biror bir kolleksiya  yoxud galereyadan import qilib olinadi, shundan keyingina unda qaysidir 

dasturlash tili imkoniyatlari ishga solinadi.  

O’yinlar:  

• Ko’ngil ochuvchi o’yinlar – foydalanuvchiga bo’sh vaqtini o’tkazishga imkon beradigan dasturlar.  

• O’rgatuvchi o’yinlar – taqdim etilgan yengil o’yin shaklida foydalanuvchiga u yoki bu soha bo’yicha 

o’z malaka va ko’nikmalarini oshirishga yordam beradigan dasturlar.   




Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish