O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Download 8,02 Mb.
bet247/301
Sana07.08.2021
Hajmi8,02 Mb.
#141351
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   301
Bog'liq
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi

Pedagog. Pedagogik texnologiyaning loyihachisi ham, uni amaliyotga joriy etuvchi ham pedagog (6-element) hisoblanib, malakali mutaxassis tayyorlashdek muhim ijtimoiy (davlat) buyurtmasini bajaradi. Xo’sh, pedagogning pedagogik tizimda tutgan o’rni nimadan iborat?

1. O’qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta`lim-tarbiya maqsadini (2-element) tashxislanuvchan holda aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ajratilgan vaqt ichida unga erishishni ta`minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to’g’risida xulosa qilish mumkin bo’lsin.

2. O’qituvchi belgilangan ta`lim maqsadiga to’g’ri keladigan o’quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini (3-element) saralashda fanning abstraktsiya pog’onalarini (b) va o’zlashtirish darajalariga (a) mosligini inobatga olishi zarur.

3. O’qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni (4-element) tuzish talablari bilan tanish bo’lishi va uning eng maqbul variantini har bir dars mavzusiga bog’liq holda loyihalashi kerak. Bu talablar jadallashtirish va tabiatan monandlik printsipidir. Jadallashtirish  printsipi didaktik masalalarni ma`lum vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo’llashni talab etadi. Ta`lim va tarbiyada jadallashtirish printsipini aniqlab beruvchi omil o’quvchilarning ma`lum faoliyatni o’zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchi printsip o’quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etishga asoslanadiki, bunda mumkin qadar o’quvchilarning keng doirada tajriba (bilim, ko’nikma va ijodiy faoliyat) egallashiga imkon tug’diradigan va ularning aqliy zakovatini rivojlantira oladigan mexanizm vujudga kelsin.

4. O’qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o’qitishning samarali shakllaridan (5-element) foydalana olishi zarur. Bu pedagogik tizimda elementlarning ma`lum qonuniyat asosida bog’liq ekanligini bildiradi. Bu bog’lanishlardan foydalanish va maqbul bo’lgan tashkiliy shakllar topish ta`limda rasmiyatchilikni yo’qotishga yo’l ochadi.

5. O’qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo’lgan o’quvchi (talaba)ning (1-element) ta`lim mazmunini va tarbiya ta`sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar bilan nazorat qilib borishi lozim. Olingan axborotlar pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi yoki pedagogik tizimdagi qaysi elementning mazmunini tuzatish kerak ekanligini belgilab beradi.

 

   O’qituvchi faoliyatining texnologiyalanuvchanligi



Bugun Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ijodiy pedagogika, ijodkor o’qituvchiga ehtiyoj nihoyatda ortib bormoqda. Ajoyib maktab qurilishi mumkin, o’quv xonalari zamonaviy jihozlar bilan bezatilishi mumkin, yangi o’quv darsliklari nashr qilinishi mumkin - lekin bularnig hammasi hali etarli emas. Maktabga haqiqiy pedagog, o’qituvchi -  shaxs kirib kelgandagina ular jonlanadi, ijodiy pedagogikaning mash`alasi uchqunlanadi, pedagogik nazariya va tizimlar, ko’rgazmali qo’llanmalar harakatga keladi. Bugun ta`lim muassasalariga ijodkor o’qituvchilar kerak. Prezidentimiz "zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiylarning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak" deganda fidokor pedagoglarni nazarda tutgan edi.

Ijodiy pedagogik faoliyat - bu inson shaxsini, uning dunyoqarashini, ishonchini, ongini, xulqini shakllantirishga bo’ysindirilgan cheksiz masalalarni echish jarayonidir. Psixologik - pedagogik adabiyotlarda pedagogik faoliyat turlari (ta`lim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, safarbarlik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, kommunikativ va boshqa) qator olimlar tomonidan tadqiq qilingan. SHu bilan birgalikda pedagogik faoliyat muntazam o’zgaruvchan, yangilanuvchan, rivojlanuvchanligi bilan ajralib turadi, unga ijtimoiy buyurtma uzluksiz ta`sir ko’rsatadi.

O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash vazifasi ham bevosita o’qituvchidan ijodkor faoliyatni, qolaversa, ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan soha bilimlarini talab etadi. Modamiki, texnologiya mavjud ekan, uni ta`lim-tarbiyaga singdirish shart ekan, bu jarayon qaerda kechishi mumkin, degan savol tug’ilishi tabiy. Javob aniq: u, shaksiz, pedagogik korxonada - pedagogik ishlab chiqarish jarayonida ro’y beradi. Taniqli pedagoglardan biri ta`kidlaganidek, "bizning pedagogik ishlab chiqarish hech qachon texnologik mantiq bo’yicha qo’rilmagan, aksincha har doim ahloqiy va`z (nasihat) mantiqi bo’yicha qurilgan. SHu sababdan ta`limda ishlab chiqarishning barcha muhim bo’limlari shunchalik ishtiroksiz qolyapti". Ushbu faslning vujudga kelish sabablaridan biri ham ana shu holat.

Endilikda pedagogik atamalar tarkibiga "texnologiya", "operatsiya"(amal), "ishlash qobiliyati", "texnik nazorat", "dopusk" (o’lcham farqi) kabi qator tushunchalarni kiritish, ularning peadgogik talqinini yaratish va bevosita o’qitish jarayonida qo’llash kundalik zaruratga aylanmog’i darkor. Zamonaviy o’qituvchi faoliyati bilimlarni uzatuvchi oddiy metodist sifatida emas, balki "o’qituvchi - texnolog" nuqtai nazaridan baholanishi kerak.

Texnologiya - bu shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o’zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta`minlaydigan pedagogik faoliyatdir.  "Texnologiya" tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta`sir etish kuchiga ega bo’lib, erkin ijod qilishga undaydi:

- samarador o’quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;

- uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo’qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko’ra intensiv (jadal), mumkin qadar ilmiy asosda qurish;

- talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish;

- o’qitish daomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo’qotish;

- ta`lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy xarakatlarni algoritmlash;

- texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o’zlashtirish va boshqa.

Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o’qitish bosqichlaridan, o’z navbatida bu bosqichlarning har biri o’ziga hos amallardan iborat bo’ladi.

Amal - o’qituvchining sinfda mavzu bo’yicha o’quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig’indisi bo’lib, o’qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Agar o’quv predmetining har bir mavzusi alohida bosqich hisoblansa, shu mavzu bo’yicha o’quv elementlarining har biri alohida amal sifatida qaralishi mumkin. Amal texnologiya asosini tashkil etib ta`lim maqsadini rejalashtirishda va amalga oshirishda e`tiborga olinadigan asosiy element hisoblanadi. Amallar bir qator usullardan iborat bo’lib, ularning har biri harakatlarga bo’linadi. Boshqacha qilib aytganda, biror bir o’quv elementini tushuntirish uchun o’qituvchi samarali ta`lim vositalari, metodlaridan foydalanish davomida u yoki bu algoritmik harakatni maqsadiga mos holda aniq bajaradi.

Texnik nazorat - o’qituvchi (laborant) faoliyatiga tegishli funktsiya bo’lib texnologiyada ishtirok etayotgan vositalarning texnik holatini aniqlash va baholashdir. Binobarin, qo’llanish zarur bo’lgan o’qitishning texnik (yoki ko’rgazmali qurollar, trenajerlar va boshqa) vositalarni mashg’ulot oldidan tayyorlash yoki ishlatish jarayonida o’zgaradigan xususiyatlarini belgilab olish ta`lim jarayonining bir tekisda, uzluksiz davom etishni, vaqtdan samarali foydalanishni kafolatlaydi. Vaqt o’tishi bilan u yoki bu texnik vosita ko’rsatkichlari o’zgarishi, pasportida ko’rsatilgan miqdordan farqlanishi mumkin. SHu boisdan "dopusk"  tushunchasi texnologiyada qo’llaniladi.  Dopusk - eng katta va eng kichik chekli o’lchamlar orasidagi farq, o’lchamdir. Didaktik jarayonda foydalanilayotgan har bir texnik vosita uchun dopusk maydoni - ishlatish chegarasi bo’ladi. Agar shu chegara buzilsa pedagogik texnologiya bosqichlri sifatiga putr etadi yoki ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Demak, o’qitishning texnik vositasini yaroqli holga keltirish choralari ko’riladi.

Dopusk tushunchasiga, shuningdek, reyting tizimida ham duch kelishimiz mumkin.  O’quvchi (talaba) bilimini baholashda chekli ballar miqdori keltiriladi: "o’rta" - 55-64,9 ; "yuqori" - 65-85,9 ; "juda yuqori" - 86-100. Demak, o’quvchi bilimini   "o’rta" baholashda dopusk qiymati - 64,9-55 q 9,9  va hakoza.

O’qituvchi faoliyati tavsifnomasida "texnologiyalanuvchanlik" o’ziga xos yangi tushuncha sifatida o’z o’rnini topishi kerak. U ta`lim jarayonining samaradorligini, maqbulligini, ilmiyligini yangi sifat darajasiga ko’tarilganligini belgilab beradi. YOxud texnologiyalanuvchanlik - bu pedagogik jarayonnig texnikaviy qurollanganligini yoki instrumentallik darajasini belgilovchi tik ko’rsatkichdir.

Texnologiyada oldindan belgilangan maqsadga to’liq mos keladigan natijalarni ta`minlovchi predmetli sohaning ob`ektiv qonunlari o’z ifodasini topadi. Biroq pedagogik faoliyatning texnologik jihatlari (texnikaviy yoki boshqa materialli faoliyatdan farqlanuvchi) shaxs sifat ko’rsatkichlaridan, uning mag’zi esa - hayajonli-axloqiy tajriba elementlaridan ayri holda bo’lishi mumkin emas.

Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bog’liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi.  Uning o’ziga xos jihati - tarbiya muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya samaradorligi inson o’zining ko’pqirrali tomonlari bilan unda qanchalik to’liq namoyon bo’lyapti, uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularni  kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga oliniyapti, degan savollarning echimiga bog’liq ekan. SHu jihatdan olganda texnologiya shaxsning rivojlanish bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash kabi imkoniyatlarga ham ega bo’ladi. Bu esa o’qituvchining texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog’liq.

O’qituvchining belgilangan ta`lim (tarbiya) vazifalarini me`yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan talablar asosida yo’l qo’yiladigan chegaraviy ko’rsatkichlar doirasida bajarish holati ishlash qobiliyati deb atalishi mumkin. Binobarin, u yoki bu fan o’qituvchisining mahoratini aniqlashda uning faoliyati davlat ta`lim standartlari talablariga va pedagogik shartlarga nechog’lik mos kelishi nazarda tutiladi.

Pedagogik nashrlarda o’qituvchi faoliyatini baholash uchun qator ko’rsatkichlar tavsiya etiladi, shu jumladan:

1) pedagogik natijaviylik - o’qituvchi o’qitgan guruhida fan bo’yicha o’zlashtirishininig o’rtacha qiymati;

2) o’qitishning ilmiylik darajasi - o’qituvchining  o’quv elementlarini  fan abstraktsiyasi pog’onalari bo’yicha tushuntirishi;

3) ta`lim mazmunini metodik tayyorlash - umumiyligi, izchilligi, harakatdaligi, ortiqcha emasligi kabi talablarni e`tiborga olinishi;

4) ta`limda u yoki bu natijani qo’lga kiritish yo’llaridan samarali foydalanish - ekstensiv yoki intensiv sharoitda va hakoza.

Aslida ijodkor o’qituvchi uchun asosiy kasbiy-me`yoriy ko’rsatgich - bu birinchi navbatda o’z holatini pedagogik jarayonda bunyodkor sifatida his etishi va anglab etishdir. O’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatiga xususiy kasbiy yaroqligini, pedagogik voqelikdagi o’z o’rnini baholay olmas ekan, undan hech qachon ijodkorlikni talab qilib bo’lmaydi. Pedagogik faoliyatga kirib kelayotgan har bir inson o’zining unga moslanuvchanligini, qolaversa "inson-inson" ko’rinishdagi kasblar tizimiga - pedagogik mehnat ana shunday tizim - layoqati, qiziqishi borligini to’liq tasavvur etishi kerak. Bu sifatni aniqlash yo’llari hilma-hil. Misol tariqasida quyidagi tayyor testni tavsiya etish mumkin (Klimov E.A.):

1. Boshqalar sizni muloqatda xafa qilib qo’yadigan, ozor beradigan shaxs deb hisoblaydimi?

2. Sizning dilingizda muloqat natijasida turli ehtiroslardan hosil bo’lgan xafgarchilik yoki xursandchiliklar uzoq saqlanib turadimi?

3. Kayfiyatingizda ko’tarilish va tushish hollari tez-tez bo’lib turadimi?

4. O’z nomingizga qilingan tanqiddan og’ir va uzoq aziyat chekasizmi?

5. Sizni shovqin, quvnoq kompaniya charchatadimi?

6. YAngi odamlar bilan tanishganingizda o’zingizda sezilarli darajada qiynalish, uyalish holatlari kechadimi?

7. U yoki bu haqda o’zga odamlardan so’ragandan ko’ra kitoblar yordamida bilib olishingiz engil va yoqimlimi?

8. O’zingizda yolg’iz dam olish, jimjitlikda bo’lish istagi tez-tez sezilib turadimi?

9. Siz gaplashish to’g’ri kelganda kerakli so’zlarni uzoq qidirasizmi?

10. Siz keng davrada yangi tanishuvdan ko’ra doimiy tanish bo’lgan kichik guruhni xohlaysizmi?

Agar javoblar ko’pchilik savollarga "ha" tarzda bo’lsa, ochig’i pedagogik faoliyat oson kechmaydi. O’qituvchi o’z-o’zini kasbiy-shaxsiy tarbiya ishlari sohasida ko’p mehnat qilishi kerak bo’ladi. eng muhimi, xususiy pedagogik faoliyat mohiyatini, ahamiyatini va maqsadini tushunib etish, doimiy ravishda joriy o’qitish vazifalarini istiqbollilari bilan birga olib borishni uddalashi kerak. Agar shu qobiliyat o’qituvchida yo’q bo’lsa, u yaxshigina "bajaruvchi" bo’lishi mumkin, lekin hech qachon ijodkorlik pog’onasiga ko’tarila olmaydi.

Pedagogik texnologiya esa har doim ta`lim maqsadini aniq o’rnatishdan boshlab to uning natijalarini baholashgacha bo’lgan bosqichlarning har biri uchun ijodiy faoliyatni talab etadi. Xo’sh, o’qituvchi faoliyatining texnologiyalanuvchanlik darajasi qanday mezonlar bilan o’lchanadi? Fikrimizcha, bunday mezonlar sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:

- tashxislanuvchan o’rnatilgan maqsad - o’quvchi(talaba) tomonidan didaktik jarayon mahsuli sifatida o’zlashtirilgan aniq o’lchamli tushunchalar, amallar, faoliyat turlari;

- ta`lim mazmunini o’quv elementlari yordamida bayon qilishda abstraktsiya pog’onalarining va axborotlarni o’zlashtirish darajasining hisobga olinishi;

- o’quv materiallarni o’zlashtirish bosqichlarining etarlicha mantiqiy qat`iyanligi - didaktik jarayon  tuzilmasiga mosligi;

- o’quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy etilishi;

- o’qituvchining qoidabop (algoritmli) va erkin, ijodiy faoliyatidagi mumkin bo’lgan chetga chiqish chegarasining ko’rsatilishi;

- o’quvchi(talaba) va o’qituvchi faoliyatida shaxsiy motivlashganlikning ta`minlanishi (erkinlik, ijodiyot, kurashuvchanlik, hayotiy va kasbiy mohiyat va boshqalar);

- o’qitish jarayonining har bir bosqichida kommunikativ munosabatlarning, axborot texnikalari bilan muomala qilishning maqsadga muvofiqligi.

O’ylaymizki, bu ko’rsatgichlar loyihalangan o’quv jarayonining texnologik darajasini to’liq ifodalaydi, amalda joriy etilishi esa o’qituvchini yuqori malakali mutaxassisga aylantiradi, o’quvchi (talaba)ning nufuzini ham birmuncha oshiradi va ijodiy faoliyatni  rivojlantirishning yangi qirralarini ochadi. SHu bilan birgalikda taklif etilganlar "haqiqatning oxirigi bekati" degan fikrdan uzoqmiz, chunki pedagogik texnologiyani loiyhalash shunchalik murakkab jarayonki, u har bir ta`lim turi, qolaversa, har bir fan uchun o’ziga hos ijodkorlikni talab etadi.     

  Innovatsiya (inglizcha “innovation”) – yangilik kiritish, yangilik degan ma`nolorni anglatadi. Bu termin hozirgi zamon faniga yangi kirib kelgan. Yangilikni joriy qilish esa birmuncha mushkul vazifa hisoblanadi. Bu borada bizga innovator o’qituvchilar, ya`ni yangilik kiritishga mas`ul o’qituvchilarimiz katta yordam beradi. Demak, innovator o’qituvchi deganda fanning turli sohalariga yangilik olib kiruvchi insonlarni tushunamiz. Bunday o’qituvchilirimiz ilm-fanning rivojlanishiga o’zlarining beqiyos hissalarini qo’shadilar. Ular joriy qilayotgan yangilik fanning shu sohasini rivojlanishida juda katta foyda beradi.

Innovator o’qituvchi zimmasiga hm bir necha mas`uliyatlar yuklanadi, ya`ni joriy qilinayotgan yangilik nechog’lik samara beradi yoki bu yangilikni olib kirib qanday yutuqqa erishish mumkin. SHu kabi savollarga yangilikdan olingan natija ijobiy javob berishi mumkin. SHundagina o’qituvchi o’zi ko’zlagan maqsadga erishadi. Bu esa innovator o’qituvchining ish faoliyatini rivojlanishigi kata yordam beradi.

Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o’qituvchining ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.

Innovatsion ochiqlik-boshqalar fikrini tan olinishini bildiradi.

O’qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to’qnashuvi va o’zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko’zda tutadi.

O’qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga o’qituvchining muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan beg’araz munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o’qituvchi o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta`minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo’ladi.

O’qituvchi faoliyatida o’z-o’zini faollashtirish, o’z ijodkorligi, o’z-o’zini bilishi va yaratuvchanligi mavzulari muhim ahamiyat kasb etadi.

YAngilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug’dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati-bu o’qituvchining o’z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik Fan, o’ziga bo’lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidar. O’qituvchi o’z nuqtai-nazarlariga o’ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning bosh shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatda o’qituvchining fikrlash usullari ham, aqliy madaniyati o’zgarib boradi, hissiy tuyg’ulari rivojlanadi.

Keyingi sharti bu o’qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. O’qituvchi va talaba o’rtasidagi muloqot namunasini o’zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.

YAngi munosabatlar an`analarida bo’lganidek, qistovlar, hukmga bo’ysunish kabi unsurlardan holi bo’lish lozim. Ular hamkorligi, o’zaro boshqarilishi, o’zaro yordam shaklida qurilgan bo’lishi darkor. Ular munosabatidagi eng muhim xususiyat bu o’qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.

Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:



  1. Kasbiy faoliyatning ongli tahlili.

  2. Ma`yorlarga eisbatan tanqidiy yondoshuv.

  3. Kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik.

  4. Dunyoga ijodiy yaratuvchanlik munosabatida bo’lish.

  5. O’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, o’z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.

Demak, o’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, kontseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tatqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ’ibotchisi sifatida namoyon bo’ladi.

Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta`lim taraqqiyoti sharoitida innovatsion faoliyatga bo’lgan zaruriyat quyidagilar Bilan o’lchanadi:



  1. Ijtimoiy – iqtisodiy yangilanish ta`lim tizimi, metodologiya va o’quv darayoni texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o’qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish,o’zlashtirish va foydalanishdan iborat bo’ladi.

  2. Ta`lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o’qitishning YAngi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo etadi.

  3. Pedagogik yangilikni o’zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o’qituvchining munosabatining xarakteriva o’zgarish.

O’qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me`yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me`yorlarga-yangilik, maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi.

YAngilik, pedagogik yangilik me`yori sifatida, o’zida taklif qilinadigan yangilikni, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilkning qo’llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko’ra farqlanadigan mutloq, chegaralangan mutloq, shartli, sub`ektiv darajalarini farqlaydilar.

Maqbullik me`yori o’qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflaydigan kuch va vositalarini bildiradi.

Natijalilik o’qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.

Pedagogik yangilik o’z mohiyatiga ko’ra ommaviy tajribalar mulki bo’lib qolishi lozim.

Hozirgi zamon o’qituvchisi deganda ko’z o’ngimizda salobatli, yuksak bilim va tajribaga ega, shu bilan birga komp’yuter texnologiyasidan bemalol foydalana oldaigan inson gavdalanadi. Haqiqatdan ham, zamonaviy o’qituvchi hozirgi zamon talablariga to’la javob berishi lozim. Buning uchun avvalo, oliy o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlashga katta e`tibor berilishi lozim. Fanga kirib kelayotgan har bir yangilik o’qituvchi e`tiboridan chetda qolmasligi lozim. Hozirgi zamon o’qituvchisining ma`naviy qiyofasi esa juda yuksak bo’lishi kerak.Buning uchun chuqur bilim va tafakkur talab qilinadi. Zamonaviy texnika bilan ishlash, darda ilg’or pedagogik usullardan foydalanish hozirgi davrning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek, zamonaviy qadrlar tayyorlashning eng muhim omili – bu zamonaviy o’qituvchini shakllantirishdiri.Darhaqiqat, har tomonlama etuk mutaxassis bo’lish uchun hozir imkoniyat va sharoit etarli. Gap faqat shu imkoniyatdan qanday foydalana bilishdagina, xolos. SHunday imkoniyatlardan unumli foydalanish esa bizning burchimiz hisoblanadi.

Innovatsiya – lotincha so’z bo’lib «yangilikni kiritaman, tadbiq etaman, o’zgartiraman » degan ma`nolarni bildiradi.

Innavitsion usullar:



  1. Modellashtirish. (treynirovka)

  2. Namoyish qilish.

  3. Kichik guruhlarda ishlash.

  4. Aqliy hujum.

  5. Tanqidiy tafakkur.

  6. Debatlar.

  7. Nuqtai nazaring bo’lsin.

  8. Har kim har kimga o’rgatadi.

  9. Roli o’yinlar.

  10. Muayyan holatni (vaziyatni)

  11. Modifikatsiyalangan ma`ruza.

  12. O’yinlar.

  13. Bingo.

  14. Axborot texnologiyalari (komp’yuter) yordamida.

  1. Modellashtirish.

O’qitishning bu usuli o’z ichiga real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama, asbob yoki vaziyatni o’z ichiga oladi.

Qo’llanilishi:

- Turli vaziyatlarda kerak bo’ladigan ko’nikmalarni qo’llashda;

- Oddiy va murakkab mexanik va elektrik asboblar yasashda,

operativ ko’nikmalar va qaror qabul qilishni amalga

oshirishda.

- Havfli va kechiktirib bo’lmaydigan vaziyatlarda, boshqarish

ko’nikmalarini mustahkamlashda;

- Ilgari o’rnatilgan printsiplarni real hayotiy vaziyatlarda

qo’llashda.

Afzalligi:

- O’quvchilar faolligi va jalb qilishning mustahkamlaydi;

-Eslab qolishni kuchaytiradi.

II. Namoyish qilish.

Demonstratsiya- «ko’rsataman, isbotlayman» degan ma`noni anglatadi.

Bu o’qitishning usulida o’qituvchi topshiriqni bajarib, o’quvchilarga bu topshiriqni qanday bajarish kerakligini ko’rsatadi. Bu o’qitishning usulidan sung o’quvchilarga topshiriqni bajarib ko’rish imkonini berish kerak.

Qo’llanilishi:

-Topshiriqni qanday bajarishni ko’rsatish uchun;

- Muammolarni hal qilishga urgatishda;

- Texnik vositalar va asboblar bilan ishlashni o’rgatishda.

Afzalligi:

-O’quvchi o’z ko’zi bilan ko’radi;

-Tushunish va eslab qolishga yordam beradi;

-Qiziqishni oshiradi;

-O’qitishning juda faol shakli ekanligi.

III. Rolli o’yinlar.

O’qitishning bu usulida o’quvchilar «real hayot» holatlarini qayta jonlantiradilar. Bu ularga o’z amaliy ish faoliyatlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab ko’rish va tekshirish imkonini beradi.

qo’llanilishi:

- Yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko’rsatishda;

- O’quvchilarni nazariyani amaliyotda qo’llab ko’rishga

o’rgatishda;

- O’quvchilar faolligini yanada oshirishda.

Afzalligi:

- «real hayot» ning qayta tiklanishi;

- o’quvchilarning mavzuga chuqurroq jalb qilinishi;

- O’quvchilarning muammoga boshqacha yondashuvini ko’rish

imkonini berish.

Guruh munozarasi:

O’qitishning bu usuli o’quvchilarning o’zaro muloqoti va fikr almashinuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayyan mavzu yoki muammo ishlab chiqiladi.

Qo’llanilishi.

-Qiziqishni kuchaytirish va o’ylash, fikr yuritishga chorlashda;

-Ma`ruza, o’qish va boshqa usullarni mustahkamlashda;

-Mashg’ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda;

-Muammoning ko’zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda;

-Yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda;

-Mavzu tushunarliligini baholashda;

-O’quvchilarni kelgusi darsga tayyorlashda.

Afzalligi:

-O’quvchilarda qiziqishni orttiradi va darsga jalb

qilinishini mustahkamlaydi;

-O’quvchilar fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega

bo’ladilar.

V. Modifikatsiyalangan shakli o’zgartirilgan ma`ruza.

Bu o’qitish usulida o’qituvchi mavzu mazmunini og’zaki nutq orqali o’quvchilarga etkazadi, formulalar chiqarishda o’quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo an`anaviy ma`ruzadan farqi o’qituvchi va o’quvchi orasida muloqot ketadi.

Qo’llanilishi:

-O’quvchilarga umumiy axborot berish uchun;

-Fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun;

-Qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin, namoyish

qilish, roli o’yin va boshqa turdagi usullarni qo’llashdan

oldin;


-Ta`rif, qoida, formulalarni masala yoki labaratoriya

ishlarida qo’llashni namoyish qilish uchun.

Afzalligi:

-Tezkorlik bilan amalga oshrilishi;

-Katta guruhlarda samaraliligi;

-Kam resurslarni talab qilishi;

-Boshka usullar bilan birgalikda qo’llash mumkinligi;

-Vaktni engil boshqara olishi;

Guruhni birgalikda ushlash imkonini beradi.

VI. Muayyan holatni (vaziyatni) o’rganish.


Bu o’qitish usuli real hayotdagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iboratdir. Bu usul kichik guruhlarda o’tkazilib, o’qish, o’rganish, tahlil qilish, muhokama va erkin fikr almashish hamda qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga etkazishni taqozo etadi.

Qo’llanilishi:

-Dars mazmuni haqida har tomonlama o’ylab so’zlashga

o’rgatishda;

-Muammoni hal qilish qobiliyatini, tanqidiy fikrlash va

fikr yuritishni shakllantirishda;

-Boshqaruv tamoyillarini namoyon qilishda.

Afzalligi:

-O’quvchilarning faolligi va jalb qilinishini

mustahkamlaydi.

- Ta`lim olish tugagandan so’ng taqozo kilinadigan ijroni

modellashtirishga imkon beradi;

-O’qitishni kuzatish mumkinligini.

VIII. Tanqidiy tafakkur.

Tanqidiy tafakkur uslubi o’qituvchi qo’ygan masala yoki muammoni o’quvchi o’z fikrini bayon qilish, o’zgalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o’z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish orqali echish yoki hal qilish imkoniyatiga ega bo’lishiga asoslangandir.

Qo’llanilishi:

-O’quvchiga o’z nuktai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun

imkoniyat va fursat berilishida;

-O’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda turli nuqtai nazarni

muhokama qilish jarayonida;

Afzalligi:

-O’quvchi o’z fikrini asoslaydi;

-Ta`lim oluvchilarga erkin so’zlash imkonini beradi.

VIII. Aqliy hujum.

Aqliy hujum – sinfdagi har bir o’quvchi oldiga o’qituvchi qo’ygan savol yoki muammo yuzasidan o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o’quv uslubidir. Uslub mohiyati «Bir kalla yaxshi, yigirma bittasi undan yaxshi» prinsipi bo’yicha o’qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantini bir erga jamlay olishda bo’lib, istisno tariqasida ta`lim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, aytarli to’g’ri bo’lmaganlari ham inobatga olinadi. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida o’quvchilarning qo’yilgan savol yoki muammoni to’g’ri tushunishlariga imkon beradi.

Qo’llanilishi:

- Savol, topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlarni

erkin aytishda;

- Muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda;

- Fanga kirish va asosiy mavzu mazmunini bilib olishda;

Afzalligi:

-Aytilgan fikrlar tanqid yoki muhokama qilinmasligi yoki

baholanmasligi o’quvchilarning mazmunining ilmiyligiga

chuqurroq jalb qilinishi;

-Belgilangan vakt doirasida barcha hohlovchilarga o’z

fikrlarini bayon etish imkoniyatining berilishi.

IX. Har kim har kimga o’rgatadi.

«Har kim har kimga o’rgatadi» uslubi o’quvchilarga o’rgatuvchiga aylanish, ma`lum bilimlarni o’zlashtirgich, o’rtoqlari bilan baxam ko’rish imkonini beruvchi o’qitish uslubidir. Bu uslubning maqsadi o’quvchilarga o’qitish jarayonida zarur bo’lgan axborot maksimumini berish, ayni paytda o’quvchida axborot olish va berishga qiziqish uyg’otishdir. Shuningdek, axborot xajmini olgan o’quvchi ma`lum vakt davomida uni iloji boricha ko’proq o’rtoqlariga etkazadi.

Qo’llanilishi:

-O’quvchilada axborot olish va berishga qiziqish uyg’otish

uchun;

- Axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolish uchun;

Sherigining axborotini tinglab, boshqa sherik axtarish uchun.

Afzalligi.

-O’z fikrini lo’nda bayon etishi;

-Tinglash va eslab qolish darajasini rivojlantirish;

-Fanga yoki mavzuga bo’lgan qiziqishni uyg’otish.

X. Debatlar.

Debatlar – o’z nuqtai nazarini asoslashda sinfdagi barcha o’quvchilarning bahslashuvda faol ishtirok etishini ta`minlovchi o’qitish uslubidir. Bu uslubdagi foydalanish tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. O’quvchi o’z nuqtai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois o’qituvchi sinfni ikki guruhga bo’lgan holda munozarani atayin avj oldiradi. (guruhlarga bir-biriga zid nuqtai-nazarlarni aytadi, bahsli topshiriqlar beradi). Bu usul yozma holda olib borilsa, yozma debatlar bo’ladi.

Qo’llanilishi.

-Bahsda o’quvchilarning faol ishtiroki ta`minlanganda;

-Muammoni hal qilishda mohirlikka o’rgatishda;

-Fikrni aniq va qisqa ifodalashga imkon berilganda.

Afzalligi:

-O’quvchilarni bahslashishga o’rgatadi;

-Munozara madaniyatiga o’rgatadi;

-Asoslab berish malakasini oshiradi.

Demak, yuqoridagilarni tajribada qo’llab, o’rganib, o’quvchilarning ko’nikma, malaka me`yorini quyidagicha belgilash mumkin:



  1. Nimani o’qidim? (o’qiganda) 10 %

  2. Nimani eshitdim? (eshitganda) 20 %

  3. Nimani ko’rdim? (ko’rganda) 30 %

  4. Nimani eshitdim va ko’rdim?50 %

  5. Muhokama, baxs-munozara. 70 %

  6. Shaxsan o’zim bajardim.80 %

  7. Ustoz bilan birga bajardim. 90 %



Download 8,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish