O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Download 8,02 Mb.
bet246/301
Sana07.08.2021
Hajmi8,02 Mb.
#141351
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   301
Bog'liq
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi

O’qituvchining faoliyati.  O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta`minlash, ta`lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma`naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog’liqdir.

SHaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning etuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.

O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma`naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. CHunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma`rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak»1.

YUqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi zarur?



Oqituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma`lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta`lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.

O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonunining 5-moddasi 3-bandiga muvofiq ta`lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugullanishlariga yo’l qo’yilmaydi.

Bizning nazarimizda, zamonaviy oqituvchi-bakalavr qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo’la olishi kerak (so’z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o’qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifa, burch va mas`uliyatlarini ifodalaydi):

1. O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi hamda bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma`lumotlarni bera olishi lozim.

2.Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi talab etiladi.

3.O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlanishi lozim.

4.O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta`lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.

5.O’qituvchi ta`lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.

6.O’qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi shart.

7.O’qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o’zlashtirib olishga erishishlari lozim.  

8.O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettira olishi kerak:

a) nutqning to’g’riligi;

b) nutqning aniqligi;

v) nutqning ifodaviyligi;

g) nutqning sofligi (uning turli sheva so’zlaridan holi bo’lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so’zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o’zga millatlarga xos so’zlarni noo’rin qo’llanilishi); vul’garizm (haqorat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda kontselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) so’zlardan holi bo’lishi, o’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi kerak;

d) nutqning ravonligi;

j) nutqning boyligi (hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli va samarali foydalana olish).

9.   O’qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta`lim-tarbiya jarayonida o’quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o’zlashtirishga erishishi.

10.        O’qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o’rnak bo’la olishi lozim.

O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o’zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. CHunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to’g’ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O’quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to’la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so’zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o’quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e`tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o’qituvchining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik, samimiylik, do’stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko’tarinki kayfiyatda bo’lishi zarur.

O’qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o’rtasida obro’-e`tibor qozonishini ta`minlaydi.

Pedagogik qobiliyatlar, deb ataladigan qobiliyatlar shaxsning aqliy tomonini ham, emotsional- irodaviy tomonini ham xarakterlab beradi. Bu sifatlarning hammasi biri- biri bilan hosil qiladi.

    Psixologiyada qobiliyatlarga shunday ta`rif beriladi:

Qobiliyatlar- shaxsning mazkur faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalarni egallash  dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individiual- psixologik xususiyatdir.

 

Pedagogik psixologiyada o’qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o’rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib boriladi.

Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta`kidlab o’tganidek, pedagogik jaroyon o’qituvchi- tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning o’quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishga yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog’liq. Bola shaxsning rivojlanishida o’qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta`lim va tarbiya jaroyoning tashkilotchisi vazifasini  bajaradi. SHu bois, hozirgi sharoitda o’qituvchining tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo’yiladi, shuning uchun ijtimoiy- tarixiy tajribalarning boyligi ehtiyojlar ko’lamini ortishiga bevosita bog’liq.

70-80 yillarda o’qituvchining xarakter xislatlari, pedagogik qobiliyatlari, unda tarbiyachilik mahoratini tarkib toptirish shartlari chuqur o’rganildi.

Jumladan, rus olimasi N.V.Kuz’mina o’qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning o’rni va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. U o’z tadqiqotlarida pedagogik qobiliyatlarni.

    Gnostik (bilishga oid)

    Proektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan)

Konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ turlarga ajratib ularning, har biriga chuqur psixologik tasnif bildiradi. N.V.Kuz’mina pedagogik qobiliyatning muhim alomatlari qatoriga kuzatuvchanlikni ham kiritadi, o’qituvchining bu hislari o’quvchining ichki kechinmalari, his- tuyg’ulari kabi omillarni aniqlashga xizmat qiladi.

 

O’qituvchida kuzatuvchanlikning paydo bo’lishi natijasida u diagnostik sifatni vujudga keltiradi.

Tadqiqotchi A.I. SHcherbakov fikriga ko’ra, pedagogik faoliyat- bu o’qituvchi oldiga jiddiy talablar qo’yadigan murakkab psixologik aktdir. Pedagogik faoliyat o’qituvchini chuqur va puxta bilimga, pedagogik qobiliyatiga, mustahkam xarakterga, yuksak ma`naviyatga ega bo’lishini taqazo qiladi. I.A.SHcherbakov o’qituvchi shaxsi 6 ta kasbiy- tarkibiy qismdan iborat ekanligini ta`kidlaydi:

1.YUksak saviyadagi bilim va madaniyat

2.Yo’nalishning aniq ifodalanganligi.

3.YUksak axloqiy hislarning mavjudligi.

4.YUqori darajada yuzaga keluvchi faollik va barqaror mustaqillik.

5.Qat`iy va silliq xarakter.

6.Pedagogik qobiliyatlar.

Yirik olim F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi:

 

1.Didaktik qobiliyatlar.



2.Akademik qobiliyatlar.

3.Pertseptiv qobiliyatlar.

4.Nutq qobiliyatlari.

5.Tashkilotchilik qobiliyati.

6.Avtoritar qobiliyatlar.

7.Kommunikativ qobiliyatlar.

8.Pedagogik xayolot.

9.Diqqatni taqsimlash qobiliyati.

F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni tarkib toptirish bosqchilari, xususiyatlari va xossalari to’g’risida mukammal ma`lumotlar beradi. Ta`lim va tarbiya jaroyonini takomillashtirishda pedagogik qobiliyatlarning roli tajriba materiallariga asoslanib sharhlab beriladi.

Yirik o’zbek olimi S.R. Rajabov va uning yuzlab shogirdlarning ishlari ham o’qituvchining pedagogik va psixologik xususiyatlarini o’rganishiga.

Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha, o’qituvchining pedagogik qobiliyatlarini qo’yidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.

    1. Didaktik qobiliyat- bu oson yo’l bilan murakkab bilimlarni o’quvchilarga tushuntira olishdir.. Bunda o’qituvchining o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, mavzu yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berishi, o’quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg’ota olishi ko’zda tutiladi. O’qituvchi zarurat tug’ilgan hollarda o’quv materialini o’zgartira, soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, tushunarsiz, noaniq narsani tushunarli qila oladi.



2.    Akademik qobiliyat- barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo’lishlik. Bunday qobiliyatlarga ega bo’lgan o’qituvchi o’z fanini o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chukurroq biladi, o’z fani sohasidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Fan- texnika, ijtimoiy- siyosiy hayotga doir qiziqishlari bilan ko’p narsalarni o’rganib boradi.

3.    Pertseptiv qobiliyat- qisqa daqiqalarda o’quvchilar holatini idrok qila olish fazilati, bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’liq bo’lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o’qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo’lmagan tashki belgilar asosida o’quvchi ruhiyatdagi ko’z ilg’amas o’zgarishlarni ham fahmlab oladi.

4.    Nutqiy qobiliyat- ixcham, ma`noli, oxangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo’lgan nutq; shuningdek, o’qituvchi nutqining jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg’uga rioya qilishi . Qobiliyatli o’qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma`qullayotgan yoki qoralayotgan bo’lsa ham uning nutqi hamisha o’zining ichki kuchi, ishonchi, o’zi gapirayotgan narsaga karatilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o’quvchi  uchun aniq, soda, tushunarli bo’ladi.

5.    Tashkilotchilik qobiliyati- sinf- guruhi yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish iste`dodi. Tashkilotchilik o’quvchilarni xilma- xil faoliyat turiga jalb qilish uchun asos hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan o’quvchilar jamoasini uyushtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish bo’lsa,ikkinchidan, o’z shaxsiy ishini to’g’ri uyushtirish qobiliyatidir.

6.      Obro’ga ega bo’lishlik qobiliyati- o’zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql- farosatli, mustahkam irodasi bilan obro’ orttirish uquvchanligi. Fanda bu qobiliyat turi- avtoritar qobiliyat, deb ham yuritiladi. Obro’ga ega bo’lish o’qituvchi shaxsiy sifatlarning butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga ( dadililigi, chidamliligi, qat`iyligi, talab talabchaligi va xakazo) shuningdek, o’quvchilarga ta`lim hamda tarbiya berish ma`suliyatini his etishga, bu ishonchni o’quvchilarga ham etkaza olishiga bog’liq bo’ladi.

       Qaysi o’qituvchi hurmatga sazovar?

1.  O’qituvchimizning zo’rlamas –        1. O’zi yaxshi odam-u lekin

  Juda yumshoq-da, uni

Dan va baqirmasdan talab kila  aldash xech gap emas.

Olishdek ajoyib xislati bor.

2.Biz uni qattiqo’l va talabchan 2. Uning qanday odam    

Bo’lganligi uchun juda yaxshi ko’ramiz, u    ekanligini tushunib bo’l

 maydi: bir qarasang qatti   qqo’l, bir qarasang hech Hamisha osoyishtalik   va muloyimlik    narsa talab qilmaydi. Bilan talab qiladi, biroq

3. Biz P.I ning ketganidan  Juda xursandmiz.U bizni Baqirib-chaqirib, buyruk  Berishlar bilan qo’lga olmoqchi   SHunday ta`sir etadiki, unga   edi, ammo unga majburan quloq solmay ilojing yo’q.   CHidayotganimizni bilmasdi.

3.Ximiya o’qituvchimiz hamisha

Xotirjam o’zini tutgan odam va

SHu xislati bilan butun sinfga

qattiq ta`sir ko’rsatadi.

4.Biologiya o’qituvchisining obro’yini

saqlamay ko’r-chi

Har qanday sharoitda ham u o’z

Obro’sining saqlanishiga

Erishadi.



7.        Kommunikativ qobiliyatlar- muomala va mulokot o’rnata olish, bolalarga arlashish qobiliyati, o’quvchilarga to’g’ri yondoshish yo’lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqati nazardan samarali o’zaro munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi.

8.        Psixologik tashxis (diagnoz) qobiliyati-  isnonning kelajagini oqilona  tasavvur qilishdan iborat bashorati. Bu o’z harakatlarning oqibatlarini oldindan ko’rishda, o’quvchining kelgusida qanday odam bo’lishi xakidagi tasavvur bilan bog’liq bo’lgan shaxsni tarbiyalab etishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarning taraqqiy etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizga tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bog’liq bo’ladi.

9.        Diqqatni taqsimlash qobiliyati- bir necha ob`ektlarga bir davrning o’zida o’z munosabatini bildirish. O’quvchi, o’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari- xajmi, uning kuchi, ko’chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga solinishning taraqqiy etgan bo’lishi muhimdir.

    Qobiliyatli, tajribali o’qituvchini materialni bayon qilish mazmunini va shaklini, o’z fikrini ( yoki o’quvchi fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o’quvchilarni o’z diqqat-e`tiborida tutadi, toliqish, e`tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buzilish hollarini e`tibordan qochirmaydi, nihoyat o’z shaxsiy xatti- xaraktlarini ( mimikasi, pantomimikasi, yurish- turishni) ham kuzatib boradi.

Tajribasiz o’qituvchi ko’pincha mavzuni bayon etilishga berilib ketib shu vaqt ichida o’quvchilarni e`tibordan chetda qoldiradi, nazorat qilmay qo’yadi, bordi-yu, o’quvchilarni diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, bayon qilish kalavasini yo’qotib qo’yadi.

10.       Konstruktiv qobiliyat- o’quv- tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o’quvchi shaxsning rivojini loyihalashga, o’quv- tarbiya mazmunini, shuningdek, o’quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon beradi.

11.       Gnostik qobiliyat- tadqiqotga layoqatlilik bo’lib, o’z faoliyatini, bu faoliyat jaroyonini va uning natijalarini tekshirish hamda o’rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir.

 

12.       iliyat o’quvchi shaxsning rivojini loyihalashga, o’quv- tarbiya mazmunini, shuningdek, o’quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon beradi.



13.       Gnostik qobiliyat- tadqiqotga layoqatlilik bo’lib, o’z faoliyatini, bu faoliyat jaroyonini va uning natijalarini tekshirish hamda o’rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir.

 


SHuningdek zamonaviy o’qituvchi o’zida aqli donishlik qobiliyati, iymon- e`tiqodga, faol hayotiy pozitsiyaga yo’naltirish qobiliyati va tashabbusga, ijodga ilhomlantirish kabi  qobiliyatlari bo’lishi zarurligi ko’zda tutilmoqda.

Pedagogik qobiliyatlarni har tomonlama o’rganish qobiliyatlar shaxsning aql-idroki, his- tuyg’usi va iroda sifatlarning namoyon bo’lishidan iborat ekanligini ko’rsatadi.

Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod qilish, loyihalash, qobiliyatlari bilan bog’langan. Ular o’qituvchi faoliyatining samaradorligini oshiradi. Bunday o’qituvchilar o’z o’quvchilarini (talabalarni)  ana shu faoliyatga jalb qila borib, ularga ta`lim va tarbiya berishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.

Pedagogik qobiliyatlar xarakter xislatlari bilan bog’langan. Uyushqoqlik, qat`iylik, haqqoniylik pedagogik faoliyat darajasining ortirishga olib keladi, aksincha, uyushmaganlik, ko’ngilchanlik, adolatsizlik pedagog faoliyati natiajalarini pasaytiradi.

Har bir o’qituvchi o’ziga xos individiual- psixologik xislatlarga ega bo’ladilar. Ulardan ba`zilari harakatchanroq, boshqalari sustkashroq,  ba`zilari qattiqo’lroq, boshqalari yumshoqroq bo’ladilar. Bu xususiyatlarning hammasi juda yaxshi xususiyatlar bo’lib, ulardan foydalanishning ahamiyati katta. Bundan o’qituvchiga his- tuyg’ular, emotsiyalar yot narsa bo’lishi kerak, degan ma`no kelib chiqmaydi, aksincha u quvonishni ham, g’azablanishi ham, qayg’uga tushishi ham, xafa bo’lishi ham mumkin va lozim. Bu erda gap o’qituvchining qandaydir bir anjozadagi (qolipdagi) shaxsga barovlashtirish zarurligi to’g’risida emas, balki uning o’z individual sifatlaridan ustalik bilan foydalanishi, o’zida shaxsning zarur xislatlarni tarkib toptirishi, o’z kamchiliklariga barham berishi to’g’risida boradi.

Pedagogik mahoratni egallash yo’llari. O’qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma`naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o’rnak bo’lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini namoyon eta olishi, etuk pedagog sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o’zining munosib hissasini qo’shishi zarur.

Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta`lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo’llay olish qobiliyati bo’lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo’lish, ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish asosida tarkib topadi. YOsh, shuningdek, ta`lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo’lgan o’qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo’lishlari o’zini kasbiy jihatdan takomillashtirish yo’lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga ta`minlanadi. Ular quyidagilardan iborat:

1.   Mustaqil o’qib-o’rganish (pedagogika fanida ro’y berayotgan yangiliklar haqida ma`lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma`lumotlar, shuningdek, ilg’or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g’oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash).

2.   Hamkasb tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish (ta`lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt, shuningdek, iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg’ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).

3.   Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurs (institut)larida kasbiy malakalarini oshirish.

4.   Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferentsiya hamda seminarlar, pedagogik o’qish hamda treninglar)da faol ishtirok etish.

5.   Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning etakchi ta`lim muassasalarida ularning ish tajribalarini o’rganish (stajirovka).

Ayni vaqtda respublikada «Ustoz» jamg’armasining homiyligida ta`lim muassasalarining o’qituvchilar rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bo’lib, ularning ta`lim tizimi va ish tajribalarni o’rganmoqdalar.

Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o’zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to’g’riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ularni barataraf etish yo’llarini topish imkoniyati mavjud.

Pedagogik mahoratga ega bo’lish ta`lim-tarbiya samaradorligini ta`minlash garovi bo’libgina qolmay, ayni vaqtda o’qituvchining jamoadagi obro’-e`tiborini ham oshiradi, o’quvchilarga unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.

Kasbiy mahoratni oshirish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo’l qo’yilgan yoki qo’yilayotgan xatolardan holi bo’lish, o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.

O’z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, YAn Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy va boshqalar o’z asarlarida o’qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o’qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo’lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish orqali o’zlari ham pedagogik madaniyatga ega ekanliklarini namoyon etganlar. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo’lmagan shaxs ta`lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta`minlovchi fikrga ega bo’lmaydi. Ularning pedagogik madaniyatlari negizini bolani tushuna olish, unga insbatan insonparvar munosabatda bo’lish, vaziyatni to’g’ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan ziddiyatlarni o’z vaqtida bartaraf etish, pedagogik faoliyatning haqligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda o’quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g’oyalarning hayot mavjudligini ta`minlashda qudratli omil (vosita) ekanligiga ishonch kabilar tashkil etadi.

Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida malakali (mahoratli) o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash, ularning tajribalarini ommalashtirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Mahoratli o’qituvchilarni aniqlash maqsadida turli ko’rik, tanlovlar tashkil etilmoqda. Xususan, «Yil o’qituvchisi» Respublika ko’rik-tanlovi ta`lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarga pedagogik mahoratlarini individaul ravishda namoyish etish imkoniyatini berayotgan bo’lsa, «Yil maktabi» Respublika ko’rik-tanlovi o’qituvchilarga jamoa asosida ta`lim muassasasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarni ommaga ko’rsata olishlari uchun sharoit yaratmoqda.

SHuningdek, respublika miqyosida pedagogik faoliyatda ulkan yutuqlarni qo’lga kirita olgan o’qituvchilar ta`lim sohasida nufuzli sanaluvchi davlat mukofoti – O’zbekiston Respublikasi Xalq o’qituvchisi ko’krak nishoniga sazovor bo’lmoqdalar.

Xulosa o’rnida shuni qayd etish joizki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O’zbekiston respublikasida  ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohalar mazmunini o’zida aks ettirgan muhim yuridik hujjat bo’lib, istiqbol uchun yo’llanmadir.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta`kidlangan milliy model O’zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg’or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va etuk mutaxassis qiyofasini o’zida to’laqonli aks ettiruvchi namunadir.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarining amaliyotga tadbiq etilishi O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayoti uchun muhim sanalgan bir qator holatlarning qaror topishiga olib keladi.

O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarini amalga oshirish jarayonida o’qituvchi kadrlar muhim rol o’ynaydilar. Komil inson va etuk malakali mutaxassis1 maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyalanar ekan, ushbu jarayonda o’qituvchilarning o’rni beqiyosdir. SHu bois ularning shaxsida bir qator ijobiy ma`naviy-axloqiy sifatlar namoyon bo’la olishi maqsadga muvofiqdir.

O’qituvchi va o’quvchilarning ta`lim jarayonidagi faoliyatlari. O’qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta`lim muassasasi (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta`lim muassasalari)da tashkil etiluvchi ta`lim jarayonida o’quvchining faoliyati o’qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O’qituvchi faoliyatining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.

Ta`lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:

1)      rejalashtirish;

2)      tashkil etish;

3)      boshqarish (rag’batlantirish);

4)      nazorat;

5)      natijalarni baholash va tahlil qilish.

O’qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o’quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o’rganib chiqishi, o’quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars  olib borish shakli va metodini o’ylab chiqishi kerak bo’ladi.

O’quvchilar faoliyatini tashkil etish o’quvchilar oldiga o’quv masalalarini qo’yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’ladi.

O’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabati xarakteriga ko’ra muammoli ta`limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin:

Muammoli ta`lim darajalari

O’qituvchi va o’quvchi faoliyati

Mustaqil bo’lmagan (odatdagi) faollik darajasi

O’qituvchi tushuntirganini o’quvchi tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat

YArim mustaqil faollik darajasi

Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llash va o’quvchilarning o’qituvchi tomonidan qo’yilgan o’quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish

Mustaqil faollik darajasi

Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan o’quvchining o’zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo’llanadi, konstruktsiyaaydi, o’rtacha murakkablikdagi masalalarni echadi, o’qituvchining ko’magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.

Ijodiy faollik darajasi

Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o’ylab topishni, o’quv muammolarini echishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiqarishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish

 

Didaktik jarayonni tashkil etishda o’qituvchi o’quv-bilish faoliyatining tashkiliy shakllarini (5-element) ham ta`lim mazmuniga mos holda tanlay olishi kerak. PTni loyihalash shartlaridan biri ham “tashkiliy shakllar“ni to’g’ri tashkil etish sanaladi. Pedagogikada o’qitishning tashkiliy shakli deganda o’quvchi(talaba)lar o’qitish jarayonida qo’yilgan tashqi shart-sharoitlar yig’indisi tushuniladi.

Ma`lumki, ta`lim tizimida bilish faoliyati auditoriyada (ma`ruza, semenar, laboratoriya, o’quv maslahati, sinov, imtihon) va auditoridan tashqarida (uyda, kutubxonada tayyorgarlik, loyihalash, tadqiqotchilik, to’garak  va boshqa) tashkil etiladi.

Pedagog o’quv faoliyati shakllarini tanlashda quyidagi savollarga javob topishi kerak: didaktik jarayon ishtirokchisi kim (o’quvchi, talaba, tinglovchi) va u qanday boshqarilishi kerak (o’quv faoliyatini o’qituvchi boshqaradi, avtomatlashgan sinf yordamida yoki boshqa texnik vositalar yordamida: kino-diafil’m, komp’yuter, modelli ta`lim va hakazo).  

Didaktik jarayon u yoki bu texnik vositalardan ta`lim mazmuniga mos holda uzluksiz qo’llashni taqoza etadi. Bu yo’nalish PTning mavjudlik shartlaridan biridir.

 


Download 8,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish